Uzbekiston respublikasi


Madaniy merosning mexanizmi quyidagi xususiyatlarga ega



Download 1,52 Mb.
bet19/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Madaniy merosning mexanizmi quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Manaviy merosning uzviyligi. Ajdodlar yaratgan jami boylikka yangi avlod merosxwr bwladi, tarixiy ah’amiyatini ywqotgan madaniyat wrnida yana madaniyat vujudga keladi, avvalgilardan kwp narsalar wzlashtiriladi. Wtmish tajribasi bugun va kelajak uchun h’ar doim asqotishi mumkin, shuningdek, bugun unutilgan narsalar butunlay ywqolib ketmaydi. Masalan, V.Shekspir yuz yilcha unutilib, keyingi avlodlar uchun jah’on adabiёti va dramaturgiyasining klassigi sifatida tanildi.
2. Wtmishdan kelajakka wtish jaraёnida merosning mazmunan wzgarishi. Madaniy merosning wtish davrida xususiyati wzgarishi mumkin, yani meros mavjud nuqtai nazar va bilimlar talabiga mos keluvchi yangi talqinda mazmun kasb etadi. Mana shunday kwrinishda u kelajakka meros bwlib wtadi. Bizning kunimizgacha Suqrot va Demokrit asarlarining asl nusxasi saqlanib qolmagan, biroq h’ar bir avlod ularning g’oyasini wzi uchun yangitdan kashf qildi va ularning falsafasini talqin qiluvchi minglab kitoblar yaratildi.


4–Mavzu Milliy madaniyatlar rivojlanishining nazariy masalalari
REJA:
1.Milliy wzlikni anglash va milliy madaniyat munosabatlari.
2.Sovet tuzumi davrida Wzbekistonda xalq ananalariga tazyiqlar va buning salbiy oqibatlari.
3.Jamiyatning moddiy va manaviy rivoji - h’ar tomonlama rivojlanish uchun omil.
4.Mustaqil Wzbekiston sharoitida milliy madaniyat rivojlanishi uchun omillar va milliy madaniyatning bugungi jah’on madaniyati qatoridan wrin olaёtgani h’amda dunё h’amjamiyati tomonidan etirof etilaёtgani.

Tsivilizatsiyaning h’ozirgi bosqichida jah’on madaniyatining asosiy shakli-milliy madaniyatlardir. Dunёda uch mingga yaqin millat bwlib, ular dunё ah’olisining 96 % ni tashkil etadi. Ularni h’ar biri wz madaniyatiga ega, wz madaniyati belgilari bilan boshqasidan ajralib turadi. Turli mintaqalarda amal qilaёtgan milliy madaniyatlar millat sonining kwp ёki ozligidan qatiy nazar wziga xos rivojlanish ywlidan bormoqda. Bu wziga xoslik ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xwjalik tarmoqlarining xilma-xilligi, tabiiy-iqlimiy sharoit, geografik va mintaqaviy joylashish, manaviy-ah’loqiy meros tomirlari kabi omillarga bog’liq. Eng muh’imi h’ar bir millat va uning madaniyati rivoji emin-erkin, tabiiy-tarixiy qonuniyatlar asosida kechmog’i lozim. Bu obektiv jaraёnga subektiv tarzda zwrovonlik manfaati bilan ёndashmaslik zarur. Tarix guvoh’ki, bunday siёsat h’ech qachon ijobiy natijalarga olib kelmagan. Buni uzoq bwlmagan isboti - sobiq ittifoq h’ududidagi millatlarga «h’ar kim wz taqdirini wzi belgilashi” siёsati asosida milliy madaniyatlarni “yagona sovet madaniyatiga aylantirish g’oyasidir. Chukchalar, evenklar, nenetslar, xanti-mansi singari oz sonli millatlar bu andoza oqibatida wz tili, alifbosi, h’atto ismi-shariflaridan ajraladilar (Bosqin, mustamlakachilik davrida barcha mintaqalarda ah’vol shunday kechdi.) Millat yashamog’i uchun, uning milliyati, ruh’iy olami dah’lsiz bwlmog’i lozim. Manaviyati poymol bwlgan, manaviyati kishanlangan millatning istiqboli nursizdir. Binobarin, barcha zamonlarda Yurt, Vatan, Millat mustaqilligi uning madaniyati ravnaqining asosiy sharti bwlgan.


Oliy Kengashning XVI sessiyasida İ.Karimov mustabidlik davrini deputatlarga eslatib, “Wylab kwringlar...wshanda bizlar kim edik? Wsha yillar umuman qanday davr edi? Taqdirimiz, erkimiz kimlarning qwlida edi? Kaba deb qaerga sig’inar edik? Har tong “Assalom!”... degan madh’iya oh’anglari ostida kimlarga qulliq qilib uyg’onardik? Tilimiz, dinimiz qay ah’volda edi?...
Milliy g’ururimiz, insonlik shanimiz, urf-odatlarimiz qanday tushunchalarga almashtirilgan edi?
“Wzimiz-wzligimizni bilarmidik?”, kuni kecha emasmidi boshimizni kwtarmasdan yashaganimiz1? degan edilar. Bu eh’tirosli, shijoatli swrovlarda yurtboshining istiqlol h’aqidagi ummon tuyg’ulari, ezgulari mujassam.
Yurtimizda Mustaqillik, Milliy uyg’onish, Milliy isloh’otlarning bosh memori bwlgan İ.Karimov milliy madaniyat istiqboli, rivojlanishi kontseptsiyasining bosh muallifi h’amdir.
Zero, jamiyatning rivoji – jamiyatning yangilanishi, madaniyatning yangilanishi demak. İjtimoiy isloh’otlarda jamiyatning yangilanishi madaniy h’aёtidan ayro kechmaydi. Aslida jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy h’aёtida rwy bergan wzgarishlar – moddiy madaniyat tizimidagi wzgarishlarni, boshqarish tizimi siёsiy-h’uquqiy isloxatlar odamlar tafakkuri, tasavvuridagi wzgarishlar – manaviy madaniyat, uning elementlaridagi wzgarishlarni anglatadi.
İ.Karimovning barcha nutqlari va maruzalari, xususan, “Wzbekistonning wz istiqbol va taraqqiёt ywli”, “Wzbekiston - kelajagi buyuk davlat”, “Yangi uy qurmay turib eskisini buzmang”, “İstiqlol va manaviyat”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon h’aёt - pirovard maqsadimiz”. “Wzbekiston XXI asrga intilmoqda”, “Wzbekiston XXI asr bwsag’asida” asarlarida – Wzbekistonni jah’on andozasidagi bozor munosabatlariga wtish sharoitida - iqtisodiy rivojlanish bosqichlari, xwjalik yuritishning yangi sharoitidagi tuzilmasi tamoyillari, mustaqillikning siёsiy-h’uquqiy takomillashishi meh’anizmlarini kwrsatibgina qolmasdan, yangilanishning eng murakkab jaraёni - jamiyatning manaviy tiklanishi milliy madaniyat taraqqiёtining negizlari, bosqichlari, vazifalarini h’am belgilab berdi. Avvalo manaviy merosga munosabat.
Manaviy meros – ming yillar mobaynida ajdodlar tomonidan ajratilgan iqtisodiёtni ywlga qwyish, jamiyatni oqilona boshqarish, komil inson tarbiyasini amalaga oshirish, oila h’aqida g’amxwrlik, meh’r-sah’ovat, imon-insof, h’aё-andisha, ota-onalarga eh’tirom, h’alollik va meh’natsevarlik xususidagi rivoyat, h’ikmat, wgit-nasih’at, ёzishma va qwlёzmalardir. Har qanday yangilanish, yaratish – merosga murojaatdir. Uni wrganish uni tiklashdan boshlanadi. Yurtboshimiz Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan shunday degan edi: «Biz boshqalarni kamsitish niyatidan yiroqmiz. Ammo, bugun ayrim saltanatlar ah’li qabila-qabila bwlib yashagan zamonlarda bizning muborak zaminimizda ilmu-fan barq urib yashnagani, tabiiy ilmlar, xususan, tibbiёt, matematika, astranomiya kabi fanlar madrasalarda wqitilgani, ilmiy akademiyalar tashkil etilib mag’ribu-mashriqqa nom taratganini eslasak va bundan h’ar qancha g’ururlansak arziydi”2. Darh’aqiqat, jah’on ilmu-fanining benazir siymolari ulug’ bobokalonlarimiz bwlgan, al Jabr va al Farobiy ilmiga birinchi bwlib asos solgan Muso al-Xorazmiy, tibbiёt ilmining dah’osi Abu Ali ibn Sino, er shar shaklida ekanligini aniqlagan qomusiy olim Abu Rayh’on Beruniy, buyuk matematik va astronom al - Farg’oniy, buyuk turk qavmining piri h’isoblangan Xoja Ah’mad Yassaviy, samo tilsimini ochgan Mirzo Ulug’bek, Sharq Rafaeli deb nom olgan buyuk musavvir Kamoliddin Beh’zod, g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy, muqaddas ilmining tengi ywq namoёndalari imom İsmoil Buxoriy, At-Termiziy, fikh’ ilmining sardori al-Marg’iloniy va boshqa kwplab ulug’ zotlar shu qutlug’ zaminda tavallud topib, kamolotga erishdilar, umumbashariy madaniyat rivojiga wzlarining betakror, bebah’o ulushlarini qwshganlar.
Gap bu merosni tiklash, wrganish-mustaqillik ywlida undan foydalanish, amaliёtga tadbiq etishdan iboratdir.
“Bozor iqtisodiёtiga wtar ekanmiz, degan edi İ.Karimov, milliy-tarixiy turmush tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, ananalarimizni, kishilarning fikrlash tarzini h’isobga olamiz”3. Bu degan swz, mavjud voqelik, qaror topaёtgan ijtimoiy-siёsiy, manaviy muh’itni sinchkovlik bilan kuzatish, wrganish asosida milliy madaniyatning tomirlari, merosni tiklashga etiborni qaratish demak. Bu degan swz, wtmishda xarobaga aylantirilgan, xaqoratlangan memoriy obidalarning h’ar bir muqaddas g’ishtidan tortib, bobolarimizning mislsiz ilmiy, badiiy merosini wrganish, xaёtga qaytarish, demak. Shunday qilindi h’am. Ulug’ ajdodlarimizning h’oki ёtgan manzillar obod qilindi. Ularning ruh’i-poki uchun ёdgorlik majmualari barpo etildi, İslomiy qadriyatlar tiklandi - Rwza, Qurbon h’ayiti, Navrwz elga qaytarildi, Quroni karim, Xadisi sharif va allomalarimizning merosi nashr etila boshladi. Bu manaviy tiklanish, milliy uyg’onishning boshlanishi edi. Mustaqillik tufayli madaniy merosni va tarixiy h’aqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va ananalarni rivojlantirish, islom dinini yuksak madaniyat, tarbiya vositasiga aylantirish muh’im vazifaga aylandi.
İkkinchidan, İ.Karimov jah’on amaliёti va tafakkuri tah’lili asosida, yangi tarixiy sharoit va xwjalik tizimi sharoitida mutaxassis kadrlarning wrni, ularni tayёrlash bilan bog’liq tavsiya va xulosalarni ishlab chiqdi. Zero, endilikda jamiyatni eski uslubda, kwr-kwrona mamuriy-buyruqbozlik asosida boshqarish mumkin emas edi, endi yangicha fikrlaydigan, wzimiz va xorij mamlakatlarining rivojlanish tajribalarini tah’lili asosida faoliyat kwrsatadigan tashkilotchi, malakali mutaxassislar zarur edi. U Sharqona demokratiyaga tayangan milliy davlatchiligimizning muh’im elementi, ifodasi bwlishi kerak edi. Shu maqsadda Prezident tashabbusi bilan «Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi” tashkil etildi. Bu saloh’iyatli kadrlarni tayёrlashning eng maqbul va zamonaviy ywli edi. İ.Karimov Akademiya ochilishida bu wquv yurtining maqsad, faoliyatini belgilab, “Biz oddiy xaqiqatni tushunib etishimiz kerak: bizning davlatimiz, jamiyatimizni birov chetdan kelib kwrib bermaydi. U h’aёti wz Vatanining kelajagi bilan uzviy bog’liq bwlgan biz wzimiz, shu mamlakat farzandlari bunёd etamiz, ...Eng muh’im tamoyil-biz barcha isloh’atlarni xaёtga tatbiq etishda wtishimizni teran h’is etib, xalqimizning ruh’iyatini, uning tarixiy va milliy wziga xos jih’atlarini, anana va urf-odatlarini... twplagan fazilatlarni… inobatga olgan h’olda ish tutamiz”4 deb, takidlagan edilar. Bu kwrsatma milliy madaniyatimiz rivojlanishining asosiy tamoyili bwlib qoldi.
Uchinchidan, boshqarish tizimining takomillashishi uchun faqat rah’bar xodimlarni tayёrlashning wzi kifoya emas. Bu jaraёn samarali kechmog’i uchun kwp tarmoqli, yangi xwjalik tizimiga kwpsonli, malakali mutaxassislar talab etiladi. Shu manoda İ.Karimovning milliy madaniyatni rivojlantirishdagi yana bir muh’im tamoyili bu – uzluksiz talim tizimi kontseptsiyasidir. Wz-wzidan ravshanki, Talimning eski tizimiwzining shakli, mazmuni jih’atidan mustaqillik eh’tiёjlari va talablariga nomuvofiq kela boshladi. Talim sifatini oshirish uchun uning h’ar bir bosqichi vazifalari, tizimlari, meёrlarini belgilab olish zarur edi. Bunda talim tizimini milliylashtirish wquv rejalari, dastur va darsliklarda milliy qadryatlarni singdirishga etibor - milliy tarbiyaning wq ildizini tashkil etmog’i lozim edi. Bu nafaqat manaviy merosni tiklash ayni paytda uni yangi sharoitlarda takomillashtirish, tarbiyaning asosiy vositasiga aylantirishni anglatardi. Uni bunga talim – tarbiya tizimini tubdan isloh’ qilish bilangina erishish mumkin deb kwrsatdi İ.A.Karimov “Maqsad uni milliy mustaqillik asosida qaytadan tashkil etish va yangi milliy mazmun bilan boyitishdir”5. 1992 yilda qabul qilingan “Talim twg’risidagi Qonun”, “Kadrlar tayёrlash Milliy dasturi”ning moh’iyati shunga ywnaltirilgan. Uni amalga oshirishi tufayli-wrta va oliy talimni uzluksizligiga erishildi, uning yangi shakllari - akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari faoliyat kwrsata boshladi (Rossiyada bu tizimga endi wta boshlandi), talimni barcha bosqichlari, ywnalishlari bwyicha chuqurlashtirilgan dasturlar ishlab chiqildi, kadrlar malakasini oshirish, qayta tayёrlashning meёrlari belgilab olindi. İ.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan bu jaraёn endilikda milliy madaniyatning tiklanishi, rivojlanishining muh’im omili sanaladi. “Wzbekiston Respublikasi xalq wqituvchisi”, “Wzbekiston Respublikasida xizmat kwrsatgan ёshlar murabbiysi”, “Wzbekiston Respublikasida xizmat kwrsatgan xalq talimi xodimi”, “Wzbekiston Respublikasi “Oliy talim alochi” unvonlarining joriy etishi, “1-oktyabr - Wqituvchilar va murabbiylar kuni” deb elon qilinishi – talim xodimlariga eh’tirom, manaviy rag’bat - yangi qadriyatlar shakllanishining ifodasi bwldi.
TwrtinchidanMilliy madaniyatning muh’im timsoli – tarixiy moddiy madaniyat obidalarini asrash, tiklash, tamirlash va ular andozasida zamonaviy ёdgorlik majmualarini yaratishga ywnaltirilgan memorchilik falsafasidir.
Bu soh’adagi xayrli rejalar asosan ikki ywnalishda amalga oshirildi. Birinchisi, wtmishdan qolgan, asrlar silsilasining zug’umli sinovlariga bardosh berib bizgacha etib kelgan obidalarni tiklash va tamirlab asl h’oliga keltirish, ikkinchisi, ulug’ vatandoshlarimiz udumlarini davom ettirib – yangi inshootlarni bunёd etish.
Oddiy h’aqiqat shundaki, Markaziy Osiё mintaqasida saqlangan tarixiy obida, ёdgorliklar asosan Wzbekiston xududida joylashgan. Bu ajdodlarimiz qadim-qadimdan nafaqat deh’qonchilik madaniyati, sug’orish tizimining mukammal namunalarinigina yaratib qolmasdan, qasr, qalalar, ulug’lar ёdi uchun Ah’mad Yassaviy, Gwri Amir, Pah’lavon Maxmud, İsmoil Samoniy majmualari, Ulug’bek, Sherdor, Kaffol Shoshiy madrasalarini, rasadxonalarini bunёd etganlar. İ.Karimov tavsiyasi, kwrsatmasi asosida shah’arlarimizning zamonaviy talablar asosida qayta qurilishi, - bobolar merosi memorchilik andozasi asosida Navoiy, Amur Temur, Bobur, Manguberdi ёdgorliklarini wrnatilishi İmom Buxoriy, Naqshbandiy, Marg’iloniy, Farg’oniy majmualari, Milliy bog’ va h’iёbonlarning tashkil etilishi, Mustaqillik maydoni, Motamsaro ona, Shaxidlar xotira ёdgorligi, Milliy teatr, Milliy konservatoriya binolari, yuzlab stadion va mamuriy binolar - milliy madaniyat timsollari barpo etildi. Bu prezidentimizning milliy madaniyatni rivojlantirish twg’risidagi xulosasining amaliy ifodasi, milliy ruh’iyatni shakllantirish, milliy g’ururni takomillashtirishning muh’im vositasidir.
Beshinchidan, milliy wzlikni anglash, uyg’onishning asl tomiri h’isoblangan wzbek tilining maqomati xususida qayg’urish, til mustaqilligi – millatning dil, ruh’iyat mustaqilligi twg’risidagi muloh’azalari İ.Karimov kontseptsiyasining muh’im bandini tashkil etadi. Besh asr muqaddam buyuk Navoiy wz ijodi, ijtimoiy faoliyati bilan nufuzi jih’atdan dunё miqёsiga kwtargan wzbek tilini Davlat tiliga aylantirish tarixiy h’aqiqatni qaror toptirish lozim edi. 1989 yilning 21 oktyabrida Oliy Kengash qarori bilan wzbek tiliga - davlat tili maqomi berildi. Bu Prezidentimizning Mustaqillik ywlidagi shijoati, iroda butunligi edi. Keyinroq yangi alifboga wtildi.
Wzbek tiliga – davlat tili maqomi berilgunga qadar korxona, muassasa va tashkilotlarda faoliyat yuritish, xujjat ishlari majlis, yig’inlar, ularning qarorlari, arizalarni kwrib chiqish, ilmiy tadqiqot ishlari deyarli rus tilida olib borilganligi bugun g’ayri oddiy kwrinadi. Ammo h’aqiqiy h’olat shunday edi. Endilikda, ah’vol tubdan wzgardi. Millat marifati ywlida yangi nashriёtlar tashkil etildi. Darslik, qwllanma va kitoblar asosan ona tilimizda chop etilmoqda. 50 mingga yaqin maqolani wz ichiga olgan “Wzbekiston Milliy entsiklopediyasi”, “İslom entsiklopediyasi”, “Quron”, “Hidoya”, “Hadis”, (Twrt jildli), “Wzbek ismlari izoh’li lug’ati” va boshqa lug’at va swzlashgichlar wzbek tilida nashr etildi. Milliy mentalitetning wsishida “Tafakkur”, “Muloqat”, “Jah’on adabiёti”, “Jannat makon” jurnallarining tashkil etilishi muh’im voqea bwldi. Barcha nashrlar OAVning kwlami va sifat miqёsi tilimiz wzligiga qaytganligi, u millat g’ururi, timsoliga aylanganligining dalolatidir. Bu degan swz taraqqiёtning h’ozirgi bosqichida wzbek tili – milliy madaniyat rivojlanishining h’aqiqiy vositasi bwlib qolganligining kafolatidir.
Oltinchidan – milliy madaniyat istiqboli twg’risidagi İ.Karimov kontseptsiyasining muh’im xalqasi – milliy mustaqillikning asosiy sharti – milliy mafkuraning yaratilishi masalasidir.
Odamlar qaysi bir davrda va qaysi jamiyatda yashamasin nimagadir ishonishi, etiqod imoni qandaydir bir g’oyaga, mafkuraga tayanishi, faoliyat kwrsatishi lozim. Dunёdagi h’ar bir jamiyat, h’ar bir davlatning wziga mos keladigan, uning uchun xizmat qiladigan, uning tub maqsadlari va manfaatlarini ifodalaydigan mafkurasi bwladi va bwlishi kerak. U butun jamiyat, istiqbol taraqqiёtining wq ildizini tashkil etadi. U barcha isloh’otlarning, xususan, madaniy-marifiy yangilanish, talim-tarbiya tizimining asosi, mezoni bwlmog’i lozim. Shuning uchun h’am yurtboshimiz mustaqillikning daslabki yillarida bu xususda shunday degan edi: “Oldimizda turgan eng muh’im masala, bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va h’aёtimizda tadbiq etishdir”6. “Mafkura bwlmasa odam, jamiyat, davlat wz ywlini ywqotishi muqarrar... qaerdaki mafkuraviy bwshliq vujudga kelsa wsha erda begona mafkura xukumronlik qilishi tayin”7.
Bu fikrlarda milliy g’oya, mafkurani maqsad, moh’iyati twlaligicha kwrsatilgan. Mafkura ommani, jamiyatni ywnaltiruvchi, birlashtiruvchi kuch, odamlar ongi, dunёqarashi, mentalitetini takomillashtirish negizidagina mafkuraviy immunitetga erishish mumkin. Mafkura bir kunda ёxud bir yilda shakllanmaydi. Bu jaraёn. U shakllanadi va shakllantirib boriladi. Uning shakllanishi va amaliёtida manaviy merosga murojaat etiladi. Wzligimizni anglash tuyg’usi, asriy ezgu-orzular, insoniy fazilatlarga tayaniladi. Shu negizda jamiyatning manaviy-axloqiy poklanishi, milliy madaniyatni tabora takomillashishga erishiladi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish