3.2. Don massasining uz-uzidan saralanishi.
Don massasini bir joydan ikkinchi joyga kuchirishda uning uz-uzidan
saralanish holati, ya`ni hosil bo`ladigan uyumning aloxida uchastkalari buylab don
massasi komponentlarning notekis tarkalish holati kuzatiladi. Bu don massasida
kungilsiz xodisalar (uz-uzidan kizish, jipslashish va boshqalar)ning paydo bulishiga
olib keladi.
Uz-uzidan saralanish holati don massasiga kiruvchi kattik qismlarning zichligi
bo`yicha har turli ekanligining oqibatidir. Don massasi bilan saqlagichni tuldirishda
yoki donni uzi okizar kuvur orkali undan chiqarishda, konveyer bilan kuchirishda,
vagon va avtomobillarga ortishda, albatta uz-uzidan saralanish holati yuzaga keladi.
Don massasi konveyer lentasida silkitilganda, avtomobil yoki vagonlarga ortish
paytida turkilar natijasida har kichik zichlikka ega bo`lgan qismlar (yengil
aralashmalar, gul kobigidagi urug`lar, puchak donlar va boshqalar) uyumning yuqori
katlami va yuzasiga chikib kolishadi.
Don massasi kattik qismlarining erkin tushishida, masalan siloslarni
tuldirishda, har kaysi zarraning harakatlanib uz-uzidan saralanishiga xavoning
qarshiligi imkon beradi. Bu qarshilik har kaysi donning shakli, ulchami, zichligi va
massasidan va harakatlanish tezligidan, shuningdek barcha don massasi qismlarining
xavo fazosidagi joylashuvidan boglik bo`ladi.
Ko`prok don massasining uz-uzidan saralanish holati uni elevator siloslariga
solishda va undan chiqarish paytida kuzatiladi.
Yirik to`liq ogir don va aralashmalar katta zichlik va massaga ega bo`lganligi
uchun silosning tubiga tez tushib uyumni tashkil kila boshlaydi. Katta bulmagan
massa va zichlikka ega bo`lgan puchak, mayda don va aralashmalar esa ancha sekin
tushadi; ular xavoning kuyunsimon harakati tufayli silos devorlari tomon uchirib
tashlanadi.
Elevator silosidan chikayotgan don massasining uz-uzidan saralanish tabiati
silos shakli, uning balandligining kundalang kesimiga bo`lgan nisbati va chiqarish
teshigining joylashishidan boglik bo`ladi. elevatorning turli siloslariga joylashtirilgan
kuruk bugdoy doni bilan utkazilgan tajribalarga asosan S. G. Gerasimov uziga xos
uch xil okib tushish holatini urnatdi. Bular normal, asimmetrik va simmetrik okib
tushish holatlaridir.
Normal okib tushish jarayoni yuklash va chiqarish teshiklari devorga nisbatan
simmetrik ravishda joylashgan siloslarda yuzaga keladi. Teshik diametrlari silos
balandligiga nisbatan olganda kattarok. Normal okib tushish jarayonida birinchi
navbatda chiqarish teshigining ustida joylashgan donning markaziy vertikal katlami
harakatlanadi. Sungra asta-sekin bu katlamga yuqori yon tomonda joylashgan
katlamlar tortila boshlaydilar.
Asimmetrik okib tushish jarayoni yuklash va chiqarish teshiklar nosimmetrik
joylashgan katta diametrli siloslarda yuzaga keladi. Bu holda don massasi markaziy
ustun buylab okib chikadi, shu bilan birga unga yon kavatda joylashgan don massasi
har qushilib tusha boshlaydi.
Simmetrik okib tushish jarayoni kichik diametrli siloslarda yuzaga keladi.
Bunda O`RTA ustunning tez harakatlanishi va bir vaktning uzida butun don
massasining kavatma-kavat harakatlanishi kuzatiladi. Silosda taxminan don
17
massasining yarmi kolganda, okib tushish asta-sekin normal tabiatni namoyon kila
boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |