Узбекистон Республикаси кишлок ва сув хужалик вазирлиги



Download 7,91 Mb.
bet17/21
Sana21.05.2022
Hajmi7,91 Mb.
#606265
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Jalolova

EKOLOGIYA BO‘LIMI.
Avtomobil transporti hozirgi sharoitda katta shaxarlarda, ko‘plab qo‘llanilishi natijasida zaxarli gazlarni atrof muxitga chiqarilishi axoli salomatligiga sezilarli darajada zarar yetkazmoqda, yo‘l yoqalarida joylashgan o‘simliklarni zaxarlanishiga olib kelmoqda. Shu sababli yonish maxsulotlarini paydo bo‘lish manbaida zararsizlantirish yoki oz zaxarli maxsulotlar chiqaradigan tamoyillarni qo‘llash lozim. Bu soxada bitiruv-malakaviy ishimda taklif qilinayotgan benzindan dizel yonilg‘isiga o‘tish usulini qo‘llanish beqiyos katta axamiyat kasb etadi, chunki dizellar atmosferaga ancha kam zararli gazlar chiqaradi.
Dvigateldan atrof muxitga chikariluvchi ishlangan gazlarda to‘liq yonish mahsulotlari bilan bir qatorda chala oksidlanish va yonilg‘ini parchalanish mahsulotlari ham bo‘ladi. Bu mahsulotlarning aksariyat qismi toksik bo‘lib, atrof muxitni zaharlaydi.
Ishlangan gazlarning zaharlovchi qismini quyidagilar tashkil qiladi:
1. Chala yonish natijasida hosil bo‘ladigan uglerod oksidi. Benzinli dvigatellar o‘ta boy aralashmada ishlanganida SO miqdori umumiy yonish mahsulotlarining 10…15 foizgacha, yetib borishi mumkin;
2. Yonish mahsulotlarida oz miqdorida bo‘ladigan azot NO oksidi va azot ikki NO2 oksidi;
3. Dvigatelni oltingugurtli yonilg‘ida ishlashi natijasida hosil bo‘ladigan oltingugurtli SO2 gaz va vodorod N2Ssulfid miqdori 250 mg/m3 ga yetib borishi mumkin;
4.Yonish mahsulotlarida alohida modda sifatida bo‘ladigan ugleaodorodlar. Ular zaxarliligi bo‘yicha SO ga ekvivalent va ba’zida undan ham ortiqdir;
5. Kislorodli modda, asosan aldegidlar (1 l.da bir necha mg)
6. Etillangan yonilg‘ilarni qo‘llaganda hosil bo‘ladigan qo‘rg‘oshinli birikma. Ular ham zaxarlilik xususiyatiga ega.
Aholini ishlangan zaharli gazlar ta’siridan butunlay qo‘tqarish uchun transport vositallarida butunlay suvda ishlaydigan vodorodli, maxovik dvigatelli yoki eklektrodvigatelli motor qo‘llash eng maqsadga muvofiq bo‘lardi. Lekin buni texnik texnologik, iqtisodiy va boshqa bir qator sabablarga ko‘ra xozircha to‘la amalga oshirishning iloji yo‘q. Shu sababli quyida amaldagi dvigatellarda zaxarlilikni qanday qilib kamaytirish mumkinligini qarab chiqamiz.
Ishlangan gazlarning zaharliligini kamaytirish uchun ikki xil usuldan foydalanish mumkin: yonish jarayonini, kimyoviy reaksiyani tezlatish natijasida aralashmani to‘la yonishini ta’minlash yoki chiqarish tizimiga maxsus apparatlar – neytralizatorlar o‘rnatish bilan amalga oshirish mumkin.
Silindrda kambag‘al aralashma yonganida yonish to‘liq bo‘lib, ishlangan gazlarning zaharliligi kamayadi. Lekin dvigatelning ba’zi bir yuklanish rejimlarida (masalan yurgizish, salt yurish va to‘liq yuklanishida) aralashmani majburiy boyitishga to‘g‘ri keladi. Ancha kambag‘allashgan aralashmani ham ishonchli alangalanishini ta’minlash uchun esa forkameradan chiquvchi alanga bilan yoki katta energiyaga ega bo‘lgan elektr uchquni bilan yondiriladigan dvigatellar qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Salt yurish va tormozlash rejimlari ayniqsa noqulay rejimlar sanaladi, chunki bu paytda ishlangan gazlarning toksikligi juda ortib ketadi. Bu rejimlar shaxar sharoitida eng ko‘p qo‘llaniladigan rejimlar bo‘lganligi uchun, ishlangan gazlarning zaharligini kamaytirish, nixoyatda zarurdir.
Ichki yonuv dvigatellarining ishlangan gazlarini neytrallash uchun maxsus asboblar-neytralizatorlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Neytralizatorlar alangali, suyuqlikli va katlizatorli bo‘lib, ular glushitel o‘rniga qo‘yiladi va uning vazifasini ham bajaradi.
Alangali neytralizatorlarda chala yonish mahsulotlari yondiriladi.
Yuklanish o‘zgarishi bilan ishlash turg‘unligini buzilishi va azot oksidining alangali neytrallashga sezilarli bu neytralizatorlarning kamchiligi hisoblanadi. Bundan tashqari mash’ala doimo yonib turishi uchun qo‘shimcha yonilgi sarf qilishga to‘g‘ri keladi.
Suyuqlikli neytralizatorlarda gazlar kimyoviy reagentlar eritmasi orqali o‘tkaziladi va bunda aldegidlar va azot oksidi bir-biri bilan kimyoviy usulda bog‘lanadi, qurum esa mexanik yo‘l bilan ajratiladi. Kimyoviy reagentlardan N2 SO3, Fye SO3 va N SO3 larning 10 foizili suvdagi eritmasiga 0,5 foiz gidroxinon qo‘shish yaxshi natijalar beradi. Bu paytda dvigatelning hamma ishlash rejimlarida ishlangan gazlar qurumdan va aldegidlardan deyarli to‘la va azot oksididan 30…70 foiz tozalanadi. Suyuqlili neytralizatorlar, massasining hamda gabarit o‘lchamlarining kattaligi va ulardan noldan kichik haroratda foydalnib bo‘lmasligi, ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
Katlizatorli neytralizatorlarda uglevodorodli yonilg‘ining chala yonish mahsulotlarini alangasiz oksidlanishi katalizator ishtirokida jadal o‘tadi. Katalizator g‘ovak plastinkaga yupqa qatlam qilib surkaladi. Katalitik elementlar yaxlit yoki g‘ovak sterjenlar, shariklar va granula shaklida tayyorlanib, chiqarish tizimiga o‘rnatiladi.
Gabarit o‘lchamlarining kichikligi va xizmat ko‘rsatishning soddaligi bo‘yicha katalizatorli neytralizatorlar boshqalari orasida alohida o‘rin egallaydi. YEtarli darajada aktiv, arzon va kam’yob bo‘lmagan katalizatorlarning yo‘qligi, bu neytralizatorlarni dvigatellarda keng miqyosda qo‘llashga to‘sqinlik qilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dvigatellarning yonilg‘i tejamkorligini ortishi bilan ishlangan gazlar va zaharli moddalarning tashqariga chiqarilishi kamayib bormoqda. Masalan, 2010 yildagiga nisbatan 2016 yil normasida yengil avtomobillarningg ishlangan gazlaridagi uglerod oksidining miqdori 2, uglevodorod miqdori 1,6 azot oksidi 1,2 barobargacha kamaytirish ko‘zda tutilgan. Ishlab chiqarishga qo‘yilgan gazoballonli avtomobillarda ishlangan gazlarning zaharlilik darajasi 2…3 barobar kamdir.
Atmosferaga chiqariluvchi yonish mahsulotlarini zaharligini kamaytirishda dvigatel mexanizm va tizimlariga o‘tkazildigan texnik qarovning ham ahamiyati kattadir. Xususan ta’minlash tizimiga qarov o‘tkazish paytida yonilg‘i nasosi va filtrlarga o‘z vaqtida bilan tozalab turish va tuplanib qolgan axlatni tozalab tashlash kerak.
Ventilyator qayishi holatini va tarangligini har oyda bir tekshirib turish kerak. Qayish butun, ko‘chmagan va uzilmagan bo‘lishi zarur. Qayish salqi bo‘lsa shataksiraydi, natijada dvigatel qizib, qayish yeyilib ketadi. Agar u tarang tortilsa, ventilyator va generator podshipniklari juda tez yeyilib ketadi va tez ishdan chiqadi. DAMAS avtomobili dvigatelida tasma tarangligini generator vaziyatini o‘zgartirib sozlanadi. Yuritma qayishi biroz moy bo‘lib qolsa, benzinga bir ozgina ho‘llangan lattada artish lozim.
Shunday qilib, dvigatelning tizimlariga shu jumladan ta’minlash tizimiga o‘z vaqtida qilingan texnik qarov, atrof muxitni himoyalashda va ekologik vaziyatni yaxshilashda katta ahamiyatga egadir.



Download 7,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish