123
Geodeziya-kartografiya davlat kadastrini yuritish quyidagilar bilan ta’minlanadi:
15.
aerokosmik
suratga
olishlarni,
topografiya-geodeziya,
kartografiya,
tuproqshunoslik, agrokimyo, geobotanika, geologiya, gidrogeologiyaga oid va
boshqa izlanishlar va tadqiqotlarni o‘tkazish, geodeziya punktlarini, geodeziya
va kartografiyaga oid bojarilayotgan ishlarni hisobga olish va boholash, turli
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan geodeziya-kartografiyaga oid
bajarilgan ishlarni ro‘yxatga olish;
16.
geodeziya-kartografiyaga oid ishlar, turli geodeziya punktlarning mavjudligi va
ulardan foydalanish to‘g‘risidagi xisobotlarni tuzish;
17.
joriy tadqiqotlar, suratga olishlar va xaritalar tayyorlash hamda boqa
materiallardan foydalangan holda geodeziya-kartografiyaga oid ma’lumotla
majmuini yaratish va tartibga solib turish.
Geodeziya-kartografiya davlat kadastrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar maxkamasi xuzuridagi geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari Bosh
boshqarmasi hamda uning maxsus korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Geodeziya-kartografiya davlat kadastrini yuritish sohasida Bosh boshqarmaga
quyidagi vakolatlar berilgan:
18.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etiladigan geodeziya-kartografiyaga
oid ishlar bo‘yicha axborotlarning tarkibi, hajmlari va ularga qo‘yiladigan
texnik talablarni belgilash;
19.
Respublikaning butun xududi bo‘yicha geodeziya-kartografiya davlat kadastrini
yuritilishini tashkil etish;
20.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi va boshqa manfaatdor
idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda turli kadastrlarni tashkil etish hamda
yuritish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy ishlarni bajarilishida qatnashish;
21.
Qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasini mustaqil davlat sifatida dunyo hamjamiyatida
o‘zining munosib o‘rnini taniyotganligini, mamlakatda esa bozor iqtisodiyotini qaror
topayotganligi o‘z navbatida geodeziya – kartografiyaga oid ishlarga bo‘lgan talabni
keskin oshirmoqda. Negaki yaratilayotgan davlat kadastrlari yagona tizimlagi barcha
kadastrlar birini navbatda geodeziya – kartografiya materiallari (ma’lumotlari) bilan
ta’minlanishi zarur. Bundan tashqari, davlat chegaralarini aniqlash, ularni
demokratsiya qilish hamda dahlsizligini ta’minlash, xalq xujaligi maqsadlari uchun
turli tuman yuqori sifatli plan – kartografik materiallar tayyorlash ham aynan
geodeziya – kartografiyaga oid ishlarni keng qo‘lamda olib borish zaruriyatini
tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: