KIRISH
Bizni o‘rab turgan atrof-muhitda mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar to‘g‘risida so‘z
yuritilganda yer, suv, o‘rmonlar haqida alohida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi, negaki ular
ushbu tabiiy resurslarning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ba’zi rasmiy
ma’lumotlarga murojaat qilamiz. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat
qo‘mitasining ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonning umumiy yer maydoni
44410,3 ming gani tashkil etgan holda uning 90 foizga yaqini davlat tomonidan turli
huquqlar asosida korxona, muassasa, tashkilotlarga, shu jumladan fuqarolarga
biriktirilgan. Xalq xo‘jaligining turli sohalari, o‘simliklar, qishloq xo‘jalik ekinlari va
umuman insoniyat uchun zarur bo‘lgan chuchuk suvning miqdori cheklangan bo‘lib,
olimlarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, dunyo bo‘yicha 84 mln. 827,2 ming
km
3
ni tashkil qiladi. Bu butun gidrosferadagi umumiy suv miqdorining 6,0 foizini
tashkil etadi, xalos. Ushbu chuchuk suvning 60,0 mln. km
3
yer osti suvlariga, 24,0
mln. km
3
muz va qorlarga, 750,0 ming km
3
ko‘llarga, 75,0 ming km
3
tuproqdagi
suvlarga, faqatgina 1,2 ming km
3
daryo suvlariga to‘gri keladi. Respublikamiz
hududida 2370,0 ming ga o‘rmon bilan qoplangan maydon bo‘lib, shuning 284,2 ming
gasi tog‘larda joylashgan.
Qayd qilish joizki, yer, suv, o‘rmonlar davlat mulki – O‘zbekiston
Respublikasining umummilliy boyligidir. Ushbu tabiiy resurslardan oqilona va
samarali foydalanish, birinchi navbatda, ularning eng muhim xossalari, xususiyatlari,
turli hududlarda taqsimlanishi qanchalik chuqur va har tomonlama o‘rganilganligiga
bog‘liqdir. Bu qoida aynan eng avvalo yuqoridagi resurslarga tegishli bo‘lib, ularni
doimiy ravishda hisobini to‘g‘ri yuritib borish, ulardan foydalanish nuqtai nazardan
baholash, sifat holatlarini aniqlab turish hamda ushbu ma’lumotlarni bir tizimga
keltirish, saqlash, yangilab turish hamda foydalanuvchilarga yetkazib berish muhim
amaliy ahamiyatga egadir.
Yuqoridagi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashda, xalq
xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblangan transport alohida o‘rin tutadi.
4
Mamlakatimiz iqtisodiyotida faoliyat ko‘rsatayotgan transport turlari ichida avtomobil
transportining rivojanishiga muhim ahamiyat berilmoqda. Bugungi kunda qishloq
xo‘jaligida vujudga kelgan yuklarning 85,0-90,0 foizi, aholining 60,0-70,0 foizi
avtomobil transportida tashilmoqda. Shu bilan bir qatorda avtomobil yo‘llari – bu
xo‘jaliklararo, tumanlararo hamda viloyatlararo aloqalarni rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadilar. Shuning uchun ham yuqoridagi tabiiy resurslar singari
avtomobil yo‘llari tarmoqlarini doimiy ravishda hisobga olib borish, ular holatlarini
baholash hamda shu ma’lumotlar asosida bugungi kun talab darajasida rivojlantirish
muhimdir.
Bularning barchasi, o‘z navbatida, yer, suv, o‘rmon va avtomobil yo‘llari davlat
kadastrlarini yuritish zaruriyatini to‘g‘diradi.
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yilda qabul qilingan “Davlat kadastrlari
to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17
iyuldagi 255-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Davlat kadastrlarining yagona tizimini
yaratish bo‘yicha Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qator qonun
hamda me’yoriy xujjatlarga binoan mamlakatimizda yer, suv, o‘rmon va avtomobil
yo‘llari kadastrlarini yuritishga bo‘lgan munosabat har tomonlama o‘zgardi. Davlat
yer, suv, o‘rmon va avtomobil yo‘llari davlat kadastrlari Davlat kadastrlarining yagona
tizimi tarkibiga kiritildi, ularda bajariladigan ishlar hajmi kengaytirildi, ahamiyati
oshirildi. Shuning uchun ham yer, suv, o‘rmon va avtomobil yo‘llari davlat kadastrlari,
ularning mazmuni va mohoyati, tarkibiy qismlari, yuritish tamoyillari to‘g‘risida
qisqacha to‘xtalib o‘tish joizdir.
Shuni alohida e’tirof etish zarurki, respublikamiz hududida mavjud tabiiy
resurslar, inshootlar va hududlarni majmuali tarzda o‘rganish, yagona uslubiyat asosida
ularning huquqiy holatlari, miqdorlari va xususiyatlari to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlar
to‘plash, ularni yagona tizimga keltirish davlatimiz uchun muhim siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy ahamiyatga egadir. Shu bilan birga bu – mamlakatimiz mavjud salohiyatini
aniqlashga imkon beradi. Shu jihatdan ham boshqa qator rivojlangan mamlakatlar
5
singari respublikamizda davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish muhim ahamiyat
kasb qiladi. Shu nuqtai nazardan ham davlat kadastrlari yagona tizimida yer, suv,
o‘rmon va avtomolbil yullari kadastrlarini o‘rganish, uni xalq xo‘jaligida ahamiyatini
yoritib berish ham nazariy jihatdan ham amaliy nuqtai nazardan muhimdir.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |