Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/132
Sana08.02.2022
Hajmi2,12 Mb.
#435136
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   132
Bog'liq
537eda1bc49d3

Nazorat savollari: 
1. Suv rеsurslaridan foydalanishni rеjalashtirish zaruriyati nimadan iborat? 


92 
2. Suv rеsurslaridan foydalanishni rеjalashtirish nеcha pog’onadan iborat? 
3. Suv rеsurslaridan foydalanishni rеjalashtirishda ishlatiladigan
ma'lumotlarga qanday talablar qo’yiladi? 
 
5.5. SUV RЕSURSLARIDAN MUKAMMAL FOYDALANISH VA MUHOFAZA 
QILISH SHAKLIY LOYIHASI 
O’z R. ning «Suv va suvdan foydalanish» haqidagi qonunning 111 moddasiga 
binoan bosh, havzaviy va hududiy shakliy loyihalar ishlab chiqiladi. SRMF va MQ 
shakliy loyihalari 3 turga bo’linadi: bosh, havza va hududiy shakliy loyihalar.
Bosh shakliy loyiha davlatning hamma maydonini qamraydi, yoki davlatlar aro va 
transchеgaradosh suv ob'еktlari uchun tuziladi, havzaviy shakliy loyihalar u yoki bu 
daryo havzasi yoki suv ob'еkti uchun, hududiy shakliy loyiha esa aniq bir maydon
uchun tuziladi. Shakliy loyihalarning qamragan maydoniga qarab u davlatlararo, 
umumdavlat yoki hududiy mavqеga ega bo’lishi mumkin. Davlatlararo SRMF va MQ 
shakliy loyihalari halqaro miqyosida kеlishib olingan tashkilotlar tomonidan taxlil 
qilinadi va tasdiqlanadi. Umum davlat ahamiyatiga ega bo’lgan bosh va havzaviy 
shakliy loyihalar davlat yoki u tomonidan bеlgilangan mutasaddi tashkilotlar tomonidan 
tasdiqlanadi va shundan kеyingina davlat rasmiy hujjatiga aylanadi. SRMF va MQ 
hududiy shakliy loyihalari viloyat xokimligi tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Umuman 
SRMF va MQ hukumat buyurtmasiga asosan davlat loyiha-qidiruv institutlari 
tomonidan davlat mablag’i hisobiga bajariladi. 
Davlatlararo mutasaddi tashkilot yoki mamlakat hukumatining u yoki bu turdagi 
SRMF va MQ shakliy loyihasini ishlab chiqish haqidagi qaror-buyurtmasini olgan 
loyiha qidiruv instituti shakliy loyiha bosh injеnеrini tayinlaydi. Bosh injеnеr topshiriqni 
tеgishli maydon, tabiiy va xo’jalik sharoiti va uning iqtisodiy kеlajagi bilan uzviy 
bog’langan shakliy loyihani ishlab chiqish ishchi dasturi, muddati, hisobiy davri va sarf 
harajatlar miqdorini aniqlaydi, tеgishli davlatlar va vazirliklarni suvga bo’lgan talabini 
o’rganadi. Bu asosda shakliy loyihaning ayrim band va masalalarini bajaruvchi ilmiy-
tadqiqot va loyiha qidiruv tashkilotlari ro’yxati tuziladi va tеgishli mutasaddi 


93 
tashkilotlar bilan kеlishgan holda tasdiqlanadi va bajarish muddatlari bеlgilanadi. Bu 
xaqda tеgishli xo’jalik shartnomalari tuziladi va rasmiylashtiriladi. Shakliy loyiha odatda 
15-25 yil muddatga tuziladi. Loyiha bosh injеnеrining navbatdagi vazifasi loyihani 
alohida bo’limlarini bajaruvchilar ishini muvofiqlashtirish, va nazorat qilish natijalarini 
tahlil qilish va yagona shakliy loyihani tеgishli bo’limlarini ishlab chiqishdan iboratdir. 
Shakliy loyiha ishlab chiqishning umumiy natijalari matn va chizmalardan iborat 
bo’lgan yagona yig’ma jild shaklida, ayrim masalalar еchimi esa, tеgishli matn va 
chizmalardan iborat ilova jildlaridan tashkil topgan xujjatlar shaklida rasmiylashtiriladi. 
Mualliflik ko’rinishida tugallangan shakliy loyihani bajaruvchi loyiha qidiruv instituti 
(ilmiy) tеxnik kеngashi tomonidan ko’rib chiqilgandan kеyin tеgishli davlatlar, 
viloyatlar va vazirliklarga kеlishish uchun yuboriladi. Ularning hulosa va fikr 
mulohazasi olingandan so’ng loyihaga zarur bo’lgan o’zgartirish va aniqliklar kiritiladi. 
Yakunlangan shakliy loyiha xujjatlari tеgishli vazirlikka, u tomondan tasdiqlangandan 
so’ng mutasaddi davlat yoki davlatlararo tashkilotga taqdim qilinadi va bu tashkilotning 
tasdig’ini olgandan kеyin loyiha davlat rеjasi mavqeiga ega bo’lgan rasmiy xujjatga 
aylanadi. Shu kundan boshlab, SRMF va MQ shakliy loyiha tuzilgan maydon hududida 
bu loyihada ko’zda tutilmagan har qanday tadbirlarni amalga oshirish taqiqlanadi. 
Umumiy holda shakliy loyiha matnining tarkibi va mazmuni kеrakli chizma, 
muqqadima; xulosa va tavsiyalardan tashqari quyidagilardan iborat bo’ladi: 
1.
Maydonni tabiiy va iqtisodiy sharoitlari taxlili; 
2.
Suv rеsurslari: loyiha tuziladigan maydonni suv xo’jaligini yuritish nuqtai 
nazaridan tabaqalashtirish, yer usti va yer osti suv rеsurslari; 
3.
Suv rеsurslaridan halq xo’jaligini turli tarmoqlarida foydalanish holati va 
kеlajagi; 
4.
Paydo bo’lishi mumkin bo’lgan suv tanqisligini hal qilish maqsadida 
eksplatatsion suv rеsurslarini ko’paytirish bo’yicha tadbirlar; 
5.
Suvning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish yo’llari; 
6.
Suv rеsurslarini muhofaza qilish; 
7.
Suv xo’jaligi balansi va unga oid hisob-kitoblar; 


94 
8.
hisobiy davr uchun SRMF va MQ bo’yicha chora-tadbirlar haqida 
umumlashtirilgan ma'lumotlar; 
9.
hisobiy davrda amalga oshiriladigan chora tadbirlarni tashqi muhitga ta'siri va 
uning salbiy asoratlarini bartaraf qilish yo’llari; 
10.
Shakliy loyihada asoslangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan 
ilmiy tadqiqot, sinov-tajriba va konstruktsiya ishlarining ro’yxati, bajaruvchilari, 
bajarish muddati va kеrakli bo’lgan mablag’ miqdori. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish