ISHNING ILMIY AHAMIYATI: Bitiruv malakaviy ishining ilmiy
ahamiyatini adabiyot nazariyasining tarkibiy qismlaridan birini tashkil etgan badiiy
til masalalari va nutq tiplarining badiiy asardagi o’rni, ro’li hamda ahamiyatini
tadqiq etishga ilmiy – estetik yondoshuv, tipologik tahlil, yangicha yondoshuvlar
asosida ish olib borish uchun yangicha talqin usullari tashkil etadi. Mazkur ishda
adib ijodidagi o’zbek nasrida badiiy nutq tiplari, shakllar rang – barangligi, bevosita
va bilvosita muallif nutqi, monologik hamda dialogik nutq shakllari, tiplari, tuzilishi
haqidagi qimmatli fikr – mulohazalari aks etgan. Ulardan foydalanishda ijodkor
mahoratini yoritib berish bo`yicha qilingan tahlillarning mavjud emasligi va
ularning ilmiy xulosalanmaganligi bitiruv malakaviy ishining ilmiy qimmatini
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |