У́ЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ
МОДУЛЬ – КОНСТИТУЦИЯВИЙ ҲУҚУҚ (ўқитувчи Раимов Элбек Баходир у́гли)
7-МАВЗУ: ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ МАЪМУРИЙ-ҲУДУДИЙ ВА ДАВЛАТ ТУЗИЛИШИ
Топшириқлар:
1. Ўзбекистоннинг Республикасининг маъмурий-ҳудудий тузилиши ҳал этишда қайси давлат органлари иштирок этади? Фикрингизни қонун ҳужжатлари асосидида ёритиб беринг?
2. Ўзбекистон Республикаси ва Қорақалпоғистон Республикаси ўртасидаги муносабатлар нималарга асосланади? Ўзбекистон Республикаси ва Қорақалпоғистон Республикаси ўртасида зиддиятли вазият вужудга келса мазкур вазият қай тартибда ҳал этилади? Фикрингизни қонун ҳужжатлари ёрдамида асослаб, ёритиб беринг?
3. 2011 йилнинг сентябрь ойида бўлиб ўтган Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг бўлиб ўтган навбатдаги сессиясида Андижон вилоятининг Асака шаҳрини Асака туманига бирлаштириш ҳақида қарор қабул қилди.
Мазкур қабул қилинган қарор Асака шаҳрини Асака туманига бирлаштирилиши кейинчалик мазкур ҳудудни маъмурий жиҳатдан бошқаришда муайян бир қийинчиликларни келтириб чиқира бошлади. Туман ҳокими томонидан шаҳарнинг инфратузилмаси, аҳоли сони ва ер майдони шаҳар ташкил этишга етарли эканини асос сифатида олиб, шаҳарни қайтадан ташкил этишни сўраб, Вазирлар Маҳкамасига илтимоснома билан мурожаат қилиш лозим эканлигини айтиб туман маҳаллий кенгаши қарорини чиқарган ҳолда, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасига мурожаат қилади. Мазкур хоким томонидан қилинган мурожаати Вазирлар Маҳкамаси томонидан рад этилди.
Савол:
1. Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
2. Ҳудудий тегишли ўзгартириш қайси давлат ҳокимияти органига ваколатига тегишли масала эканлигини муҳокама қилинг.
Javoblar:
O‘zbekistonning hududi viloyatlarga, 1 shahar (Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lingan. Toshkent shahri o‘z
hududi bilan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z hududi bilan eng yirik ma’muriy tuzilish hisoblanadi.
Viloyatlar hududi tuman va shahar hududidan iborat. Tuman
hududlari shaharcha va qishloqlardan iborat. Qoraqalpog‘iston
Respublikasidagi tumanlar ovullarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining to‘rtinchi bo‘limi
va uning ikki bobi (XVI, XVII boblar) ma’muriy-hududiy va
davlat tuzilishi masalalariga bag‘ishlangan. Uning alohida-alohida
moddalarida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari huquqiy tartibga
solingan.
Konstitutsiyaning 68-moddasi «O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar,
tumanlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan
iborat», deb belgilash bilan mamlakat hududi qanday bo‘laklarga
bo‘linishi va ularning nomlanishini mustahkamlab qo‘ygan.
O‘zbekistonning ma’muriy bo‘linishi shu ma’muriy tuzilishlardan iborat.
O'zbekiston mamuriy hududiy tuzilishini hal etuvchi vakolatli davlat organi kostitutsiyamizda belgilab qoyilgan.
Konstitutsiyaning 69-moddasida «Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar, Òoshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish,
shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni
tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan
amalga oshiriladi», deb mustahkamlangan. Bu modda qoidalari,
birinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning,
shaharlarning chegarasini o‘zgartirish masalasini, ikkinchidan,
viloyatlar, shaharlar, tumanlarni tashkil qilish, uchinchidan, ularni
tugatish (qo‘shib yuborish) masalalarini qanday hal qilishni
belgilagan.
Har uch holatda ham (chegarani o‘zgartirish, yangidan tashkil
qilish, tugatish) masala Oliy Majlisning roziligi bilan hal qilinishi
belgilangan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 78-moddasi 10-bandiga ko‘ra,
«O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini
qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish»
Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan.
Bundan tashqari,malum bir qonun hujjatlar ham mavjud.1996-yil 30-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal qilish tartibi to‘g‘risida»gi Qonundir.
Unga asosan, viloyatlarni tuzish, tugatish Vazirlar Mahkamasining
taklifiga muvofiq, Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
O'zbekiston respublikasi mamuriy hududiy tuzilish masalalarini hal etish togrisidagi qonunda ham malumotlar berib otilgan.Masalan
1-modda: Viloyatlarni tuzish va tugatish Ozbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Huddi shunday 2-3 moddalarda shahar,tuman,ovullar bolinishi,tugatilishi,tuzish belgilab qoyilgan.
4 modda da: Qoraqalpogiston respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Jo'qorgi kengesh qaroriga asosan Oliy majlis tomonidan ozgartirish mumkin.
Ko'rganingizdek O'zbekiston respublikasi mamuriy hududiy bolinishini Vazirlar mahkamasining taklifiga binoan Oliy Majlis ozgartirish kiritishi mumkin ekan.Qoraqalpogiston respublikasi mamuriy hududiy bolinishini Jo'qorgi kenges qaroriga asoslangan holda Oliy Majlis amalga oshiradi ekan.
2.O'zbekiston respublikasi va Qoraqalpoq republikasi o'zaro munosabatlari ular o'rtasida tuzilgan bitimlar bilan tartibga solinadi.Bitimlar konstitutsiyaga muvofiq kelishiladi.Bu haqida O'zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 75 moddasida belgilab qoyilgan.
75 modda:O'zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpogiston Respublikasining o'zaro munosabatlari O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpogiston Respublikasi o'rtasida O'zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi.
O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpogiston Respublikasi ortasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal qilinadi deya takidlangan.
Nizolar turli masalalarda bo‘lishi, qonunlarning bir-biriga
muvofiq kelmasligi xususida bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda
nizoni hal qilishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
ishtirok etadi. Konstitutsiyaning 109-moddasi 2-bandiga binoan,
Konstitutsiyaviy sud «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘
iston Respublikasining qonunlari O‘zbekiston Respublikasining
qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi». Uning
xulosasi esa nizoni hal qilishga olib keladi..
3.Birinchidan, tuman hokimi tog'ridan tog'ri Vazirlar Mahkamasiga murojaat bilan chiqa olmaydi.Tuman hokimi avval viloyat hokimiga murojaat bilan chiqishi lozim.Songra viloyat hokimi Vazirlar Mahkamasiga bu muammo bilan murojaat qilishi kerak.Vazirlar mahkamasi taklif bilan Oliy Majlisga murojat qiladi.Bu haqida O'bekiston Respublikasi mamuriy hududiy tuzilish asalalarini hal etish tartibi togrisidagi qonunning V bob 13 moddasida :
Shaharlarni chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat,Toshkent shahri hokimlarining iltimos nomasiga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. deya takidlangan.
Bundan tashqari malum bir talablarga javob berishi kerak:
11 modda
Tuman boysinuvidagi shaharlar turkumiga ,qoida tariqasida , kamida 7 ming aholisi bolgan ,sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud shaharchalar ,aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Shaharchalarni , aholi punktlarini tuman boysinuvidagi shaharlar turkumiga kiritish ,ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taklifiga muvofiq Oliy majlis tomonidan ,Qoraqalpogiston respublikasi esa tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpogiston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo'qorgi Kenges tomonidan amalga oshiriladi,deya belgilab berilgan.
Agarda shu talablarga javob bermasa taklif rad etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |