Tuzuvchilar: Sabirov B. – TATU Urganch filiali “Axborot xavfsizligi” kafedrasi assistent o’qituvchisi
Turdiyev T. – TATU Urganch filiali “Axborot xavfsizligi” kafedrasi assistent o’qituvchisi
Karimova l. – TATU Urganch filiali “Axborot xavfsizligi” kafedrasi assistent o’qituvchisi
Taqrizchi: Yusupov F. – TATU Urganch filiali “Dasturiy injiniring” kafedrasi dotsenti
Fanning ishchi o’quv dasturi “Axborot xavfsizligi” kafedrasining 2022 yil “____” ________ dagi “ ___” - son yig’ilishida muxokamadan o’tgan va fakultet kengashida muxokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: _____________
Fanning ishchi o’quv dasturi “Kompyuter injiniringi” fakulteti kengashida muxokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2022 yil _________ “ __” – sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: Raximboyev X.
Kelishildi: O’quv uslubiy bo`lim boshlig’i: Adinayev X.
Kirish
Ushbu o`quv dasturi hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya tizimlari va tarmoqlaridagi xavfsizlik, ularga bo`ladigan tahdidlar, ularning himoyasi, korxona va tashkilotlarda mavjud axborot-kommunikatsion tizimlarida tutgan o`rni, ularni hal etish usullari, kiberxavfsizlik asoslari tizimlarining axborot-kommunikatsion tizimlarda ishlash prinsipi, ularni qo`llanish afzalliklari, rivojlanish tamoyillari va respublikamizda kiberxavfsizlik asoslari bo`yicha olib borilayotgan izlanishlar va ishlab chiqilgan vositalari hamda ularning kelajakdagi o`rni masalalarini qamraydi.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o`qitishdan maqsad – kasbiy faoliyatda axborot tizimlari va axborot resurslarini axborot xavfsizlikni ta’minlash bo`yicha masalalarni echishda bilim, ko`nikma va malaka shakillantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga kiberxavfsizlikning asosiy tizimlari bilan tanishtirish va kriptografiya asoslari, foydalanishni nazoratlash, tarmoq va kompyuter xavfsizligini taminlashning xamda axbotot xavfsizligiga taxdidlar va ularga qarshi kurashishni samarali usul va vositalarni o`rgatishdan iborat.
“Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
axborot xavfsizlikni ta’minlash aspektlarini xuquqiy, tashkiliy va texnik satxlari;
axborot xavfsizligi tamoyillari xaqida tasavurga ega bo`lishi;
axborot xavfsizligining asosiy tushunchalarining tariflarni;
axborot xavfsizligining xuquqiy – meyoriy bazasini;
axborot xavfsizligisoxasida xalqaro, milliy va idoraviy meyoriy xuquqiy bazani;
axborotning konfidensalligi, butunligi va foydalanuvchanligi tushunchalarinibilish va ulardan foydalana olishi;
axborot xavfsizligiga taxdidlarning asosiy turlari xamda ularga qarshi kurashish metod va usullarini tushuntirib berish;
axbototning yoqolishi va buzulishi sabablari, turlari, kanallarini taxlil qilish;
axborotni ximoyalash usullari vositalarini qo`llash;
kriptografiya, foydalanishni boshqarish, tarmoq va kopyuter xavfsizligini ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.
Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Kiberxavfsizlik asoslari” fani umumkasbiy fan xisoblanib, bakalavr yunalishlarining 2-boskichida o’qitiladi va “Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi", “Oliy matematika”, “C++ da dasturlash’’, “Fizika”, “Tizimli modellashtirish va loyixalash asoslari”, “Algoritmga kirish” kabi fanlardan bilim va kunikmalarga ega bo`lishlik talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |