TST Agro Cluster” MCHJ direktori Matlubjon Noʻmonov. — Eng asosiysi, jamoamiz har bir agrotexnika tadbiriga ilmiy asosda yondashgani moʻl hosilga mustahkam poydevor boʻldi. Masalan, biz ekinni ham oʻstiruvchi, ham rivojlantiruvchi oʻgʻitlardan foydalandik. Shira, oʻrgimchakkana, koʻsak qurti kabi zararkunanda va kasalliklarga qarshi, asosan, biologik usulda profilaktika tadbirlarini olib bordik. Bularning barchasi amalda kutilgan samarani berdi. Ekspertlar hisob-kitoblariga koʻra, bugungi kunda dunyodagi ilgʻor davlatlar iqtisodiyotining qariyb 50 foizi klaster usuliga oʻtgan. Masalan, Yevropa Ittifoqida 2 mingdan ziyod klasterlar mavjud boʻlib, ularda ishchi kuchining 38 foizi qamrab olingan. Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya sanoatida toʻliq klaster usuli tatbiq qilingan. AQSHda esa mamlakatdagi mavjud korxonalarning yarmidan ziyodi shu tizimda ishlab, ular tomonidan tayyorlanayotgan tovarlar yalpi ichki mahsulotning 60 foizini tashkil qiladi.
Ularning eng mashhuri sizu bizga tanish boʻlgan “Silikon vodiysi”dir. 87 mingta kompaniya, 40 ta tadqiqot markazi va oʻnlab universitetlar faoliyat yuritadigan mazkur innovatsion klaster infratuzilmasiga 180 ta venchur firmasi, 47 ta investitsiya va 700 ta tijorat banki xizmat koʻrsatib keladi. Germaniyalik mutaxassislar fikricha, aynan klaster kelajakdagi kuchli, murosasiz raqobat muhitida yutib chiqishning eng oqilona yoʻlidir. Zero, bunday mexanizm har qanday sharoitga moslasha oladi, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy muammolarni izchillik bilan samarali yechib beradi, nafaqat muayyan hudud, balki davlatning xalqaro maydondagi raqobatdoshligini mustahkamlaydi, nufuzini oshiradi. Qolaversa, innovatsion iqtisodiyotga oʻtishning muhim bosqichi hisoblangan ushbu tizim ilm-fan, taʼlim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etishga xizmat qiladi.
23
Xulosa
Ushbu bir haftalik o’quv amaliyotida 5-ta joyga borib o’zgacha bir texnikalar,zavodlar va bir qator inovatsion tehnikalarni ko’rdim va bu tehnikalar bo’yicha bir qator ma’lumotlarga ega bo’ldim va bu sohaga bo’lgan qiziqishim ortdi va kelajakda men fermer,dehqon va shular kabi qishloq xo’jaligi tehnikalari kerak bo’ladiganlarga inovatsion yondashib ularning qulayliklari uchun tehnikalar yarataman.Ushbu brogan joylarimiz orasida asosan mening qiziqib ko’rgan va ma’lumotlarga ega bo’lgan joyim bu- “UZ CLAS Agro” MCHJ va Quyi chirchiq tuman “TCT Klaster” Xorijiy MCHJ bu joylarda yangidan yangi tehnika va uskunalarni ko’rdim bu joylarda yangi yig’ilayotgan tractor,kombaynlarni ko’rdim va ishlash jarayonini o’z ko’zim bilan ko’rib kuzatdim,klasterda bir qator inovatsiyon sug’orish tizimlarini ko’rdim va bu orqali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sifatli va kam harajat bilan yetishtirib aholiga yetkazib berish asosiy maqsadi hisoblanadi.
25
Foydalanilgan adabiyotlar
1. www.class.uz………………….
2. TCT.uz ………………………..
3. uzagroservers.uz ………………
4.yellowpages.uz…………………
Do'stlaringiz bilan baham: |