Paxta, to’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari sifatini ta’minlashning zamonaviy konsepsiyalari
283
Ushbu qonunning 6-moddasida Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq
hamda imkoniyatlarni ta’minlash kafolatlari to’g’risida shunday ta’kidlanadi: Davlat
xotin-qizlar va erkaklarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni
amalga oshirish chog‘ida teng huquqlilikni kafolatlaydi [3].
Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda,
saylov jarayonida teng ishtirok etishni, sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat,
mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida, shuningdek davlat va jamiyat hayotining
boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlanishini kafolatlaydi.
Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat
hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha bevosita
va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat
tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik
maxsus choralar ko‘riladi [1].
Ayollar salomatligiga qaratilgan e’tiborda sportning o’rni ham naqadar
beqiyos. Shu qatorda Respublikamizda sport turlarini ham ommalashitirish va
ayollarimizning ham sport sohasidagi faolligini oshirishga qaratilgan chora
tadbirlarni kuchaytirishimiz muhim masalalardan biri.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- mart,
143- sonli “O’zbekiston Respublikasida Badminton sport turini rivojlantirish chora
tadbirlari to’g’risida”gi qarori birinchi bandida: aholining keng qatlamlari o‘rtasida
Badminton
bo‘yicha
ommaviy
sog‘lomlashtirish
ishlarini
rivojlantirish,
musobaqalarni o‘tkazish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va
maqsadli tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o’tilgan.
Bundan ko’rinib turibtiki ushbu qonun yuzasidan samarali chora tadbirlarni amalga
oshirishda Respublika ayollarining ham faol ishtirokini taminlash va yurtimizda
“Sog’lom ona va sog’lom bola” shiori ostida Badminton sport turining ayollarimiz
o’rtasida ham ommalashtirishga etibor qaratilish lozimligini inobatga olishimiz lozim
albatta [4].
Ushbu
qarorning
birinchi
bandida
Badminton
sport
turi
bilan
shug‘ullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu sport turining moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash,
ushbu yo‘nalishda davlat-xususiy sheriklik subyektlarining faoliyatini rivojlantirish
lozimligi ham keltirib o’tilgan. Zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash bilan bir
qatorda yurtimizda ushbu sport turi bilan erkin shug’ullanish uchun sifatli, qulay va
eng asosiysi yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsus sport kiyimlari bilan
taminlanishini alohida ta’kidlab o’tishimiz to’g’ri bo’ladi albatta.
Bilamizki yurtimizda Badmintonni yanada rivojlantirish, axoli o`rtasida
sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda sportimizning jaxondagi mavqeyini
oshirish maqsadida, 2011 yil 26- avgust kuni O’zbekiston Badminton federatsiyasi
tashkil etilgan. (1- rasm ) Federatsiya tashkil etilganidan so’ng yurtimizda qator
musobaqalar o’tkazilib kelinmoqda [5].
Do'stlaringiz bilan baham: |