Uyqu miqdori va sifatining xotiraga ta’siri



Download 21,79 Kb.
bet1/2
Sana16.03.2022
Hajmi21,79 Kb.
#499294
  1   2
Bog'liq
Ilmiy maqola G\'oyibnazarova.K, Anvarova.E


UYQU MIQDORI VA SIFATINING XOTIRAGA TA’SIRI

G’oyibnazarova Kumush Sherali qizi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 3-bosqich talabasi


Anvarova E’zoza Yanvar qizi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-bosqich talabasi

Annotatsiya: Uyqu eslab qolish konsolidatsiyasini optimallashtiradigan ya’ni xotirani mustahkamlovchi neyrofiziologik protsess bo’lib, uning yosh toifalari bo’yicha normal miqdori va sifat ko’rsatkichlari, intellektual salohiyat, mantiq va fikrlashga javob beradigan miya markazlarining faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Neyronlar orasida assotsatsiya hosil qilib, protsessual xotirani deklarativ xotiraga aylantirib beradi. Me’yordan ortiqcha uyqu esa aksincha oliy nerv faoliyatida tormozlanishni kuchaytirib, komfort zonadan chiqishda qiyinchiliklar tug’diradi, fikrni ifodalash, ijodiy yondashuvni sekinlashtirib, bora-bora sustlashtirib qo’yadi.
Kalit so’zlar: protsessual va deklarativ xotira, konsolidatsiya, “komfort zona”, neyronlar assotsatsiyasi, gippokamp, neokorteks, matritsa, elektrofiziologik, neyrokimyoviy va genetik mexanizmlar, mnemonika, fenomenal xotira, gallyutsinatsiya, paranoyya, irsiy faktorlar, kognitiv nuqsonlar.

Ma’lumki inson hayotining 1/3 qismi ya’ni 25 yilga yaqin umrini uyquda o’tkazadi. Mana shu uyquning kunlik miqdori o’z navbatida oliy nerv faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, jumladan, xotira va uning rivojlanishi uyqu bilan bevosita bog’liq. Hatto odam embrionning 20 haftalik paytida miyasida o’zi bilan sodir bo’layotgan voqealarni eslash qobiliyati ham miyaning tormozlanish holati ya’ni uyqu orqali yuzaga keladi. Ayrim tug’ma iste’dod sohiblariga xos nasliy fenomenal xotiraning(masalan, Motsart yoshligidanoq bir bor eshitgan musiqasini to’liq takrorlab berishi, uning notalarini qog’ozga tushirishi bu xotiraga misol bo’ladi)yuzaga chiqishida ham uyquning roli borligi isbotlangan. Bir sutkada 4 soatdan kam va 9 soatdan ko’p uxlovchilar kutilmaganda o’lishga moyil bo’lishi aniqlangan bo’lib, o’lim sababi infarkt, insult, kardiogen shok, ensefalopatiyalar deb tahmin qilinadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra tungi 00:00 va 03:00 orasida uyg’onib ketuvchi odamlar tez vazn to’plar ekan, buning mexanizmi quyidagicha: bu vaqt oralig’ida gormonlar sintezi, qabul qilingan ozuqa mahsulotlarining to’qimalarga singishi ro’y beradi, yuqoridagi uxlolmaydiganlar organizmida mazkur jarayonlar sust kechib,ayni moddalar yog’ qatlami hosil bo’lishiga sarflanib, semirish kelib chiqadi. Eng uzoq vaqt uyqusizlikning rekordi 18 kun, 21 soat, 40 daqiqa bo’lib, rekordchida gallyutsinatsiya, paranoyya, ko’rishning yomonlashishi, nutqning buzilishi, diqqatni to’play olmaslik, oddiy kundalik buyumlar nomi hatto yaqinlari ismini chalkashtirish, xotira pasayishi kuzatilgan. Tajribadan so’ng uxlashga ruhsat etilgach chuqur uyqu, koma holatiga tushib qolgan va bu holatda 2 haftadan ortiq yotgan. Uyg’ongach 1 sutka davomida hechnimani idrok eta olmagan, xotirasi ham qisqa muddatga yo’qolgan. Bundan anglashiladiki, xotira, diqqat, fikrlash samaradorligida normal miqdordagi sog’lom uyqu juda katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy hayotda yuz beradigan turli halokatlar oqibati ham ko’p hollarda uyquning me’yor va sifat qoidalariga amal qilmaslikdir. Jumladan, avtohalokatlarning 15% , nevrozning 7-8% etiologik omili ham aynan mana shudir.


O’rganilgan ma’lumotlarni arxivlash asosan tunda, xususan uyqu mahalida sodir bo’ladi, shuning uchun kechqurun eslab qolish kerak bo’lgan bilimlarni o’zlashtirish va ertalab uni takrorlash effektliroqdir. Bu ko’p uxlagan odamning xotirasi hammanikidan yaxshi bo’ladi degani emas albatta. Chunki eslab qolish jarayoni murakkab bosqichli tizim asosida amalga oshadi va bunda uyqudan boshqa ko’pgina faktorlar ham qatnashadi. Uyquning ahamiyati esa axborotlarning xotirada saqlanishida miyaning tormozlanishi ya’ni uyqudan so’ng aynan mana shu ma’lumotlarning xotirada qolish ko’rsatkichi yuqori bo’lishidadir. Ya’ni uxlashdan oldin qabul qilingan ma’lumotlar uyqu davomida maxsus neyronlar faoliyati natijasida qayta ishlanadi va bu jarayon uyg’onguncha takrorlanadi, ba’zan bu tushda ham namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, biz uyquda faoliyatdan to’xtagan bo’lsak-da, miyamiz axborotni o’rganish va o’zlashtirishda davom etadi, buni neyronlar uyg’ongunimizgacha avtomatik ravishda qayta va qayta amalga oshiraveradi. Natijada ko’p marotaba takrorlangan axborot uzoq muddatli xotiraga muhrlanadi. Bu yaqin yillargacha tasdig’ini topmagan ilmiy faraz edi, ammo qator ko’ngilli odamlar orasida neyrofiziolog va somnologlar tomonidan o’tkazilgan tajriba orqali o’z isbotini topdi. Bu quyidagi tajribada namoyon bo’ladi: tekshiruv uchun ko’ngillilardan ikkita guruh tuziladi, o’zlashtirish uchun raqamli va matnli axborotlardan iborat ma’lumot beriladi va 30 daqiqa davomida ma’lumotlarni o’rganib chiqishadi. 1-guruh 6-7 soat uxlashadi, 2-guruh esa uxlamay chiqadi. Ertalab ularning barchasi MRT(magnit-rezonans tomografiya) ga joylashtiriladi hamda berilgan ma’lumotlar bo’yicha sinov o’tkaziladi. Elektroensefalografiyada boshga ulangan elektrodlar 1-guruhda miyaning faol zonalaridagi assotsatsiya yuqoriligi, 2-guruhda esa miyaning aksariyat ko’p qismi tormozlanish holatida ekanligini ko’rsatadi. Xulosaga ko’ra uxlagamagan jamoa uxlaganlardan 40% kam natijaga erishadi, MRT da gippokamp(miyaning xotira uchun javob beradigan qismi) uxlaganlar orasida faol, uxlamaganlarda esa juda sust ishlashi qayd etilgan. Tajriba o’tkazilayotganlar guruhi 15 daqiqa davomida so’zlarni takrorlab, eslab qolganlarini aytib berishganda xotirada qolish ko’rsatkichi 60%ni tashkil etgan bo’lsa, aynan mana shu odamlar uxlab turganlaridan so’ng ertalab ma’lumotlar qayta so’ralganda mazkur ko’rsatkich 85%ga yetgani qayd qilingan.
Olimlar uchun galdagi muhokamali savol yuqoridagi protsess uyquning aynan qaysi bosqichida ro’y berishini aniqlash edi va navbatdagi tajriba shunga asoslandi. Unga ko’ra, talabalarga notanish so’zlar ro’yxatini yodlash vazifasi berildi. Ko’ngillilarning bir guruhi 22:15 dan boshlab 45 daqiqa davomida so’zlarni o’rganishdi va ertalab soat 2:00 gacha uxlashga yotishdi. Ikkinchi guruh esa so’zlar ro’yxatini birinchi guruhdan bir soat keyin 23:15 da kelib, 15 daqiqa so’zlarni o’qib, 2:00 gacha yotishdi va yana 45 daqiqa shug’ullangach 3:00 da yotib, tongda 6:00 da uyg’otildi. Bu guruhlar o’rtasidagi farq biz uchun uyquning qaysi fazasi muhimligini ko’rsatish edi: birinchi yarmida ya’ni dastlabki uch soatda uyquning katta qismini chuqur uyquda , ikkinchi uch soatni esa aksincha yuza uyquda o’tkazamiz. Tajriba davomida shu ma’lum bo’ldiki, bunday deklarativ xotira uchun uyquning ikkala bosqichi ham muhim. Va yana bir xulosaga kelindiki, nerv hujayralari dam olib, o’z faoliyatini to’liq tiklashi uchun 3 soat uyqu yetarli ekan. Biz uchun odatda norma deb qabul qilingan 7-8 soatlik uyqu miya bilan bir qatorda qolgan organ va to’qimalarimizning ish faoliyati qayta tiklanishi uchun zarur ekan. Uyquda gippokamp sohasi hujayralari tomonidan qabul qilingan ma’lumotlar maxsus kodlanadi, neokorteks esa ularni oldin mavjud bo’lgan xotira axborotlari bilan bog’laydi, bunda miyada 3 soniyagacha davom etadigan qisqa tutashuvlar ro’y beradi. Bu tutashuvlar individual xarakterga ega bo’lib, ularning miqdori hammada har xil bo’ladi, buni hozirgi zamon somnologlari ikkita omilga bog’laydi: irsiy omil(genom tarkibida nasllanishishi) va tashqi muhit omillari (kitob o’qish, xotira mashqlari bilan shug’ullanish-mnemonika usullari).
Bunda mantiq, logika(peshona bo’lagi, frontal lob) va hissiyotlar uchun mas’ul bo’lgan miya hududlari o’zaro ta’sir qiladi. Uyqu shu tarzda protsessual xotirani deklarativ xotiraga aylantirib beradi.
Xotira va uyqu haqidagi yana bir faraz ustida tajriba o’tkazilgan. Bu farazga ko’ra, xotira uyqu vaqtida ko’riladigan tushlarning miqdori va sifatiga ham bog’liq ekan. Bu tajribada xotirasi past, o’rtacha odamlar va eslab qolish qobiliyati kuchlilarning 1 hafta mobaynida uyqusi va bosh miya faoliyati nazorat qilinadi. Natijalarga ko’ra, xotirasi past odamlar deyarli tush ko’rmaydi, o’rtacha xotiraga ega odamlar tush ko’radi, ammo voqealarni eslolmaydi, kuchli xotira sohiblari esa ko’p tush ko’rishadi va tushlarida sodir bo’lgan hodisalarni aniq eslab tahlil qilib bera olishgan.
Yana bir qiziq faktga duch kelamiz, tug’ma ko’r va soqov odamlarning tushlari vizual tasvirlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. 5 yoshligidan boshlab bu tasvirlarni real hayotga ko’chirgan holda atrof-muhitdagi voqea-hodisalarni anglay boshlaydilar. Demak, bu toifadagi insonlar uchun uyqu va tushlar dunyoni anglashda muhim omil hisoblanar ekan. Shuningdek, tanish hid yoki ovozlar o’zi bilan bog’liq voqealarni uyqu paytida qaytadan jonlantirish va mustahkamlash xususiyatiga ega. Masalan,siz uxlab yotganingizda oyingiz yoqtirgan pirogingizni pishirsa va uning hidini sezsangiz, bu pirogni ilk marta yegan kuningizdagi barcha hodisalar ongingizda passiv xotiradan aktivga o’tadi. Bundan tashqari uyqu vaqtida miyamiz bizni kun davomida olingan stressslardan himoyalar ekan. Tasavvur qiling, kunduzi kim bilandir urushib qoldingiz va unga ichingizdagi gaplarni aytolmaganingiz uchun asabiylashib uxladingiz. Tushingizda real voqealarning davomi sifatida o’sha odamga so’zlaringizni aytasiz va ko’nlingiz taskin topib tinchlanasiz. Bu uyqu vaqtidagi miyaning ayni shu funksiyasi bilan bog’liq ekan.
Xotira va uyquning o’zaro bog’liqligi yoshga nisbatan turli ko’rinishga ega. Yosh va o’rta yoshli odamlarda sog’lom uyqu xotira va fikrlashni yaxshilaydi, 65-70 yoshdan boshlab bu assotsatsiya yo’qoladi. Olimlar ayni shu mavzu doirasida 200 dan ortiq klinik tadqiqotlarni tahlil qilishdi. 18-19 yoshli ishtirokchilar yoshlar, 30-50 yoshlilar o’rta yoshlilar, 60 yoshdan oshganlar esa keksalar toifasiga kiritilib, anketadan foydalanib, mutaxassislar ko’ngillilarning uyqu muddati va sifatini tahlil qilishdi. Olimlarning ta’kidlashicha, inson 85 yoshga kirganida, u umri davomida deyarli 250 ming soat uxlashi mumkin, bu 10 ming kundan ko’proqqa to’g’ri keladi. Va bu uyquning faqat yoshlik davridagigina xotira va fikrlashni rivojlanishiga xizmat qiladi. Ba’zi odamlar atigi 4 soatlik uyquda yetarlicha uxlab jismoniy imkoniyatlarini to’liq tiklashlari mumkin, bunday odamlar yer yuzida 5%ni tashkil etadi, qolganlar 95% esa kamida 8 soat uxlamasalar o’zlarini juda horg’in his etadilar, ya’ni ularda tiklanish uchun sarf etiladigan uyqu vaqti yillar davomida shunga moslashgan, biroq bu o’zgartirib bo’lmaydi degani emas, kuniga oz-ozdan kamaytirib borib kamroq uxlashga moslashish mumkin. Agar bunday odam 12 kun davomida 6 soat uxlasa, ya’ni bir kunda atigi 2 soatdan, uning tanasining holati spirtli ichimlik bilan zaharlangandagiga taqqoslanadi.
Xulosa qilib aytganda, inson bioritmlari tahlili shuni ko’rsatadiki, tungi uyqu kattalar uchun soat 22:00 dan 6:00 gacha 7-8 soat, kunduzgi uyqu soat 14:00 dan 16:00 gacha 2 soat tanani tezda tiklashga va ijodiy faollashtirishga yordam beradi. Kunduzgi uyqu istisno hollardagina tavsiya etiladi, ya’ni kun davomida ruhiy, aqliy mashg’ulot bilan ko’p shug’ullangan, har kungi me’yordan ziyod jismoniy faolikka uchragan vaqtlar bunga kiradi. Kuchli jismoniy yoki aqliy yuklamadan keyingi 30 daqiqalik uyqu organizmni qayta ishga tushirishga va yangi kuch bilan ishlashga yordam beradi. Xotirada zarur ma’lumotlarni saqlab qolish uchun uyqudan oldin o’qib yotish va uyg’ongach takrorlash amaliyoti eng samarali usuldir. 22:00 dan keyingi ortiqcha aqliy mashg’ulot neyron hujayralarini toliqtiradi va biz kutgan natijaning aksi ya’ni ma’lumotni o’zlashtirishdan ko’ra xotiraning pasayishi kuzatiladi. 6:00 dan keyingi uyqu esa lanjlik, holsizlik, fikrlashning pasayishi, hisoblashga javobgar miya markazining sezilarli sekinlashuvi, diqqatni jamlolmaslikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun yuqorida ta’kidlangan uyquning me’yor qoidalariga amal qilish nafaqat xotira uchun balki ko’pchilik somatik kasalliklarni profilaktikasida, kishilarning ijtimoiy faolligida ham muhim omildir.


Download 21,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish