Uyg’onish davri - Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar) va Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. „Renessans“ atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar.
- Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqdilar. Keyinchalik Michelangelo, Rafael, Shakespeare, Miguel de Cervantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar.
Uyg‘onish davrida italiya san’ati va madaniyati uzoq davom etgan, o‘z harakatlarini to‘liq namoyon etib, qator taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirdi. Bu quyidagi bosqichlardan iborat: - Uyg‘onish davrida italiya san’ati va madaniyati uzoq davom etgan, o‘z harakatlarini to‘liq namoyon etib, qator taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirdi. Bu quyidagi bosqichlardan iborat:
- 1. Uyg‘onish davri arafasi - protorensans (XIII-XIV asrlar)
- 2. Ilk uyg‘onish davri - (XV)
- 3. Yuqori Uyg‘onish davri - (XV asrning 90 yillari - XVI asrning 20-30 yillari)
- 4. So‘nggi uyg‘onish davri - (XVI asrning II yarmi)
- Uyg‘onish davri san’atkorlari ijodida insonlar hayoti, inson baxt-saodat yaratuvchisi va ozodlik uchun kurashchi ekanligi asosiy mavzu bo‘lib qoldi. Insonni o‘z asarlarida shunday kuylagan san’atkorlardan biri, ilk Uyg‘onish davrining yirik vakili Donatello bo‘ldi. Uning “David” deb nomlangan haykali Uyg‘onish davrida birinchi marta libossiz holda tasvirlangan haykal bo‘ldi.
“Otdagi Gattamellatti” haykali esa jamoatchilikka manzur bo‘lgan insonni ulug‘lash yo‘lidagi birinchi otliq haykal edi. Insonni kuylash, uning qahramonligi, aql-zakovatini ulug‘lash Uyg‘onish davrida portret san’atining qaytadan tug‘ilishiga olib keldi. - “Otdagi Gattamellatti” haykali esa jamoatchilikka manzur bo‘lgan insonni ulug‘lash yo‘lidagi birinchi otliq haykal edi. Insonni kuylash, uning qahramonligi, aql-zakovatini ulug‘lash Uyg‘onish davrida portret san’atining qaytadan tug‘ilishiga olib keldi.
- Portret san’atida ifodalanadigan insondagi nozik his-tuyg‘ular o‘zining butun borlig‘i bilan Uyg‘onish davrining buyuk san’atkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Titsian, Djordjone ijodida o‘z ifodasini topdi. Ona, onalik mehri ulug‘landi. Bu o‘rinda Leonardo da Vinchining “Madonna»si va mashhur “Mono Liza” portretini, Rafael Santining “Sikstin Madonnasi”, Mikelanjeloning haykallari va devoriy suratlarini, Titsiannnig inson jismoniy go‘zalligini tarannum etuvchi polotnolarini eslatmay o‘tish mumkin emas. Bu asarlar renessans davri kishilarining ideali o‘zining to‘liq obrazli talqinini topdi. Uyg‘onish davrida me’morlik va dekorativ amaliy san’at borasida ham katta yutuqlarga erishildi. Shu davrning yirik me’morlari F. Brunelleski, Leon Alberti ijodida o‘z ifodasini topdi. Ular yaratgan asarlar Yevropa me’morligi san’atining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular me’morlik san’atiga albatta katta hissa qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |