Uyg'onish davri adabiyoti reja



Download 24,03 Kb.
bet2/4
Sana20.02.2023
Hajmi24,03 Kb.
#913049
1   2   3   4
Bog'liq
UYG\'ONISH DAVRI ADABIYOTI

Dante Aligberi (1265-1321) Renessansning jarchisi, Florentsiyada eski dvoryan urug’iga mansub oilada tug’iladi. Dante ijodini she‘rlar yozishdan boshlagan. Arab faylasufi Ibn Rushdning ta‘limotidan ta‘sirlangan. XIII asr italyan lirikasiga lotin adabiyoti bilan bir qatorda arab she‘r tuzilishi ham ta‘sir etgan. Dante ijodida ham buni kuzatish mumkin. Uning eng yaxshi she‘rlari “Yangi hayot” to’plamidan joy olgan.
“Ilohiy komediya” – Dante ijodining cho’qqisi hisoblanadi. Adib o’z asarini “Komediya” deb atagan. Yozuvchi vafotidan keyin “Ilohiy” so’zi qo’shilgan, bu esa asarning badiiy jihatdan yuksak asar ekanini ifodalash uchun qo’yilgan.
Xristian dinida ko’rsatilganidek, yozuvchi “nargi dunyoni” uch qism – “Do’zax”, “A‘rof” va “Jannat” ga bo’lgan. Asarning har bir qismi 33 qo’shiqdan tuzilgan, kirish qismi esa bir qo’shiq, hammasi bo’lib 100 qo’shiqdan iboratdir.
Dante tasvirlagan “Do’zax” (asarning birinchi qismi) yer markaziga voronka shaklida uyib tushirilgan joy bo’lib, unda 9 pog’onali chuqurlik bor. Gunohkor jonlar shu pog’onali chuqurlikda azob chekadilar. Pastki pog’onaga tusha borgan sari jon qattiqroq azoblanadi. Muhimi shu yerdaki, Dante o’zining siyosiy muholiflarini do’zaxga tashlaydi, ayniqsa, xristian dini ruhoniylarini qattiq qoralaydi va ularni do’zaxning so’nggi pog’onalariga joylashtiradi.
Dantening tasviricha, “A‘rof” (poemaning ikkinchi qismi) yer kurrasiga qarama-qarshi joylashgan. Yer bilan uni katta okean ajratib turadi. Okean o’rtasidagi orolda baland tog’ bor. Tog’ yetti pog’onali bo’lib, ulardan o’tib borayotganda aybdorning bittadan gunohi yuviladi, yetti pog’onadan ko’tarilganda, yetti gunoh (mag’rurlik, ichi qoralik, g’azab, umidsizlanish, tamagirlik, mechkaylik, buzg’unchilik) yo’qoladi va u jannatga chiqadi. “Jannat” ham 9 qavatga bo’linadi, jon qancha yuqori pog’onaga ko’tarilsa, u go’yo xudoning shuncha ko’p marhamatiga muyassar bo’ladi.
Poemaning birinchi (“Do’zax”) qismi, uning ikkinchi va uchinchi qismlaridan badiiy tomondan yuqori turadi, chunki unda dunyoviy ehtiroslar bilan bog’liq bo’lgan voqealar aks etadi. Dantening kuchli realistik tasvirlashga mohirligi ham hammadan ko’ra birinchi qismda ravshan ko’rinadi. Kishi obrazlari va ularning ehtirosli his-tuyg’ulari juda qisqa iboralar orqali ochiladi. Ular yer yuzida qanday xarakterga ega bo’lsalar, do’zaxda ham shu xususiyatlari bilan gavdalanadi. Dante tabiat hodisalarini tasvirlashga alohida ahamiyat beradi. “Do’zax” dagi qayg’uni aks ettirgan bo’yoq va zulmat “A‘rof” da ochiq va moviy osmon bilan almashadi. Dante “Jannat” dagi bog’larni o’z vatanidagi yashnagan go’zal bog’lar bilan taqqoslaydi. Tabiatni yaqindan his qilish shoirning yangi tipdagi yozuvchi ekanligidan dalolat beradi. Dantening “Ilohiy komediya” poemasi, shubhasiz, dunyo adabiyotining nodir asarlari qatoridan o’rin olgan.
Dantening “Ilohiy komediya” sining kompozitsiyasi puxta ishlangan. Asar tuzilishida uchlik (poemaning uch qismdan tashkil topishi, uch yirtqich hayvon, iblisning uch yuzliligi, hatto she‘rlarning tertsina – uch misrali ekanligi) bunga misol bo’la oladi. Dantening “Ilohiy komediya” asari zamonasiga oid masalalarni ramziy – majoziy usullar orqali aks ettirdi, inson va voqelik haqida yangi so’zni aytadi, shu tariqa butun O’rta asr madaniyatiga falsafiy – adabiy yakun yasadi.

Download 24,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish