F. Boxodirova, X. Abdurazzaqova, H. Usmanova, D. Karimova, N. Abdullayev, K. Tursunboyev, A.Zokirjonov
Uslub birlashma raisi: F. Boxodirova
Kotib: Karimova D
KO’RILADIGAN MASALALAR.
Xorijiy tillar metodbirlashma a’zolarining yangi axborot texnologiyalardan foydalana olish ahvoli
Fan o’qituvchilari tomonidan o’tkaziladigan ochiq darslar muhokamasi
Fan o’qituvchilari tomonidan jurnallarni yuritilishni nazorat qilish
Sentabr oyida o’quvchilarni dars bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar muhokamasi
Fan to’garaklar bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar
ESHITILDI:
Birinchi masala yuzasidan maktabning ingliz tili fani uslub birlashma raisi F. Boxodirova har bir ingliz tili o’qituvchisi kompyuterdan to’liq foydalana olishi kerakligini uqtirdi. Ikkinchi masala yuzasidan har bir o’qituvchi ochiq dars rejasi o’zi tomonidan berilishi zarurligi muhokamaga qo’yildi. Yangi ish boshlagan oqituvchilarga umumiy “ustoz-shogird” an’analariga muvofiq o’quv masalalarni ko’rib chiqilishi va ish reja, dars ishlanma va jurnal yuritishdagi muammolarda ko’makchi vazifasi uslub birlashma raisi zimmasiga yuklatildi. O’quvchilarni darsdan so’ng bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun har bir fan o’qituvchisiga yosh darajasiga ko’ra to’garak darslari taqsimlab berildi.
QAROR QILADI;
Har bir fan o’qituvchisi dars mobaynida AKTdan foydalanib ta’lim bersin
Har bir fan o’qituvchisi ochiq darslar sanasi va mavzusini yozma shaklda metodbirlashma raisiga taqdim etsin
Jurnallardan to’g’ri va o’z vaqtida foydalanilsin
To’garak rahbarlari o’z o’quvchilar soni, to’garak nomi va ularda o’qitilyapgan mavzular bilan ozi hoxlagan shaklda metod birlashma raisiga hisobot bersin
Uslub birlashma raisi: F. Boxodirova
Kotib: Karimova D
Uychi tumani tumani XTBga qarashli 21-umum ta’lim maktabining ingliz tili fani uslub birlashma yig’ilish
10.10. 2018-yil BAYONI №3 Churtuk
21-umum ta’lim maktabining Ingliz tili fani uslub birlashma yig’ilish
Uslub birlashma yig’ilishiga 7-nafar fan o’qituvchilari qatnashishi bilan:
F. Boxodirova, X. Abdurazzaqova, H. Usmanova, D. Karimova, N. Abdullayev, K. Tursunboyev, A.Zokirjonov
KO’RILADIGAN MASALALAR.
Xorijiy tillar metodbirlashma a’zolarining yangi axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish ahvoli
Oktabr oyida o’quvchilarni darsdan tashqari bo’sh o’rinlarini mazmunli o’tkazish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokamasi
Birinchi chorakda o’quvchilarning o’zlashtirish monitoringi muhokamasi va bo’shliqlarni to’ldirish yo’llari, 1, 2, 3, 4-sinflarda ingliz tili fanidan o’quvchilarni o’zlashtirish monitoringi
ESHITILDI:
Yuqoridagi masala yuzasidan maktabning ingliz tili fani uslub birlashma raisi F. Boxodirova har bir ingliz tili o’qituvchisi kompyuterdan to’liq foydalana olishi kerakligini uqtirib, har bir darsda kompyuterdan unumli foydalanishlari zarurligini tushuntirib o’tsi. Bu bolalarning ingliz tiliga qiziqishini uyg’otishda hamda darsda maqsadga to’laqonli erishishda katta ko’makchi ekanligini ta’kidlab o’tdi. O’quvchilarni darsdan so’ng bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun har bir fan o’qituvchisiga taqsimlangan yosh darajasiga ko’ra to’garak darslarini tahlil qilishni har bir o’qituvchiga yuklatilishi, hamda o’quvchilarning o’zlashtirish bo’yicha 1, 2, 3, 4-sinflar monitoringi ustida ishlanilishi borasida Karimova Dilshoda rahbarligida muhokama qilindi.
QAROR QILADI;
Har bir fan o’qituvchisi dars mobaynida AKTdan unumli foydalanib ta’lim bersin
Har bir fan o’qituvchisi to’garak mashg’ulotlari mobaynida o’rganilgan mavzular yuzasidan monitoring ishlanmasin taqdim etsin
Birinchi chorakdao’quvchilarning o’zlashtirish monitoringi muhokamasi va bo’shliqlarni to’ldirish yo’llari, 1, 2, 3, 4-sinflarda ingliz tili fanidan o’quvchilarni o’zlashtirish monitoringi ishlab chiqilsin.
Uslub birlashma raisi: F. Boxodirova
Kotib: Karimova D
Do'stlaringiz bilan baham: |