2-masala.
Bu topshiriqni o’qituvchi o’quvchilarni guruhlab, har bir guruh berilgan shakllardan bittadan tanlab (amaliy tarzda), aylanalar qirqib uning tegishli qismini bo’yab, bo’yalgan qismini kasr orqali ifodalaydilar.
3-masala.
Uzunligi 8 sm. bo’lgan to’rtta kesma chizing va har birini 4 ta teng qismlarga ajrating. Birinchi kesmaning to’rtdan to’rt, ikkinchi kesmaning to’rtdan uch, uchinchi kesmaning to’rtdan ikki va to’rtinchi kesmaning to’rtdan bir qismini bo’yang.
Masalaning shartini o’qib, uning qisqa yozuvini tuziladi:
Kesmaning uzunligi - 12 sm
8 sm ni qismi - ? sm 8 sm ni qismi - ? sm
8 sm ni qismi - ? sm 8 sm ni qismi - ? sm
8 : 4*4= 8 qismi ya’ni 8 sm ga teng qismi bo’yaladi .
-
8 : 4*3= 6 qismi ya’ni 6 sm ga teng qismi bo’yaladi .
-
8 : 4*2= 4 qismi ya’ni 4 sm ga teng qismi bo’yaladi.
-
8 : 4*1= 2 qismi ya’ni 2 sm ga qismi bo’yaladi .
-
O’quvchilar ushbu topshiriqni guruhlar bilan hamkorlikda bajaradilar.
O’quvchilarga rasmlar asosida mavzuga oid savollar berib boriladi.
Mevalarning necha qismini olmalar tashkil etadi?
Mevalarning necha qismini noklar tashkil etadi?
Olmalar noklarning necha qismiga teng?
O’quvchilar mevalarni sanab, olma va noklarni ham sanab, ularni taqqoslaydilar.
4-masala.
Perimetri 64 sm bo‘lgan kvadratning tomoni necha santimetr bo‘ladi? 64 sm ning to‘rtdan bir qismi necha sm ga teng?
O’quvchilar bilan kvadrat va to’g’ri to’rtburchakning xossalariga oid savol-javob o’tkaziladi.
P= 4*a
P= 64 sm
a=?
P=(a+b)*2
Yechish: P= 4*a 64 sm : 4 = 16 sm
Javob: Kvadratning tomoni 16 sm ga teng. 64 sm ning to‘rtdan bir qismi 16 sm ga teng bo’ladi.
5-boshqotirma
Har bir harf o‘rniga son yashiringan. Ularni toping.
x + x = 120 k – x = d
d + d + d = x k + d = 100
O’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollar orqali murojaat etib harflar ortida yashiringan sonni topadilar:
1. Qaysi 2 ta bir hil sonning yig’indisi 120 ga teng bo’ladi?
2. Demak x ning qiymati 60 ga teng bo’lsa, d ning qiymatlari ya’ni qaysi 3 ta sonning yig’indisi 60 ga teng bo’ladi?
3. 3 pog’onada ham harflarning qiymatini ham topgan bo’lsangiz noma’lum kamayuvchi qanday topiladi?
Demak 80 va 20 ning qiymati 100 ga teng bo’ladi.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1-guruh: O’quvchilar berilgan kasrlardan foydalanib shakllarning qismlarini bo’yaydilar.
2-guruh: “Mosini top” o’yini orqali berilgan shakllarning bo’yalgan qismini kasrlar orqali ifodalanishini topishlari kerakligi tushuntiriladi.
3-guruh: “Kasrlar”
O’quvchilarga berilgan shakllarning qanday qismi bo’yalganligini kasrlar orqali ifoda etib yozishlari tushuntiriladi.
Masalan: ... kabi
VI. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa: Darsda faol qatnashgan, doskada misol masala bajargan va birinch bo`lib bajargan o`quvchilarni baholayman.
O’quvchilar matematika qanday fan ekan?
MATEMATIKA
Har bir fanning o’rni bor,
O’rgansang dil to’ladi,
Lekin fanlar ahlosi
Matematika bo’ladi.
Qiyin emas aslida,
O’rganishga qilsang ahd,
Hamma uchun,har joyda,
Kerak bo’lar hamma vaqt,
Bilmasang gar bu fanni,
Dunyoni ham anglama,
Bilsang asli bu hayot,
Matematik tenglama.
O’qiganlar har doim,
Tafakkurga to’lishgan,
Dunyoda zo’r daholar,
Matematik bo’lishgan.
Beruniy, al-Farg’oniy,
Jahon suygan alloma,
Horazmiy bobomdan,
Qolgan buyuk dilnoma.
Qo’shish ayrish,kesmasi,
Har joyda kor bo’ladi,
Fanlarning eng keksasi,
Matematika bo’ladi.
Uyga vazifani e`lon qilaman.
Uyga vazifa: 6-7-misol. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
6. 8 ta yashikdagi xurmo jami 96 kg. Bitta yashikda qancha xurmo bor? 96 ning sakkizdan bir qismi nechaga teng?
96 kg:8=12kg
Javob: 1 ta Yashikga 12 kg xurmo joylashtirilgan.
96 ning 8dan 1qismi 12 ga teng bo’ladi..!
7. Uzunligi 8 cm bo‘lgan uchta kesma chizing. Ularni 8 ta teng bo‘lakka bo‘ling. Kesmalarning sakkizdan ikki, sakkizdan besh va sakkizdan yetti bo‘laklarining uzunligini toping va bo‘yang.
A 8 sm B
Do'stlaringiz bilan baham: |