Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. O’quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni, yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish. O’quvchilarning faolligini oshirish, olingan bilimlarini hayot bilan bog’lash.
F.K: kasr sonlar ustida qo‘shish va ayirish amallarini bajara oladi.
Kutilayotgan natija: Dars yakunida o’quvchilar mavzuga oid bilimlarga ega bo’ladilar.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Metodi: O’quvchilarni faollashtiruvchi metodlardan foydalanish. “Plickers” dasturi, tarmoqlash.
Shakli: Jamoa, guruh va har bir o’quvchi bilan ishlash.
Jihozlari: 3-sinf matematika darsligi, mavzu asosida tayyorlangan slayd, “Kasr cho’ti”, vatman, marker, ko’rgazma va tarqatma materiallar.
Nazorat usuli: Og’zaki va yozma, savol-javob, kuzatish, amaliyot va o’zini o’zi nazorat qilish.
Baholash: O’quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |