Uyalib, boshini chaqaloqning bagʼrigʼa tiqib oldi



Download 218 Kb.
bet13/20
Sana06.02.2022
Hajmi218 Kb.
#433333
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
mehrobdan chayon tarqatma

Аnvar kulib qoʼydi.
— Siz menim doʼstimga qattigʼ tikildingiz...
(Mehrobdan chayon, 96-bet)

— Bu pul oʼzimga, deb oʼylamang, — dedi Аnvar Toyir akaning qoʼlini itarib, — siz bu
pulga oʼtun, magiz, ortib qolsa choy olasiz. Sultonali akam bilan kelganimizda gulxanni
bundan ham katta qilib berasiz.
— Sizlar kelsalaring hammasiyam oʼzimizdan topiladi.
Аnvar pulni olmadi. Toyir aka maslahat soʼragʼandek Sultonaliga qaradi. Sultonali duo
qilib oling, degan kabi ishorat qildi. Toyir akaning duosidan keyin chiqdilar.
(Mehrobdan chayon, 96-bet)

. Kecha Samad boʼqoqni koʼchada uchratib, piching otdi: "Mirzaboshimning tegiga
suv kelipti-ya, gapingni toʼgʼri chiqishigʼa qara, Samad?" — dedi. Chunki Аnvarga borib aytkan
xabarni shu Samad boʼqoqdan eshitkan edi. Samad boʼqoq uning bu pichingidan qizardi:
"Qulogʼimgʼa yanglish kirgan ekan-da, ablah!" deb gapni kulgulikka burdi. Safar boʼzchi ham "payrav" qildi. "Bir qoʼchqorning boshi ketkuncha, minglab qoʼyning boshi kesilar emish, deb ayt domlanggʼa!" dedi. (Mehrobdan chayon, 96-bet)

— Men itdan qoʼrqaman-da.
— Bizning koʼchada it yoʼq-ku, tentak, qoʼrqsang eta-metan bor. Аgar imom pochchang endi
ketavur desa-chi, Mamatqul, xoʼb, deb hujradan chiq-da, hech kimga bildirmay, darchaning tegidan
gapni eshit, haymi?,-dedi Sultonali
Mamatqul nima uchundir iljayib qoʼydi va maʼqul degan kabi bosh irgʼatdi.
(Mehrobdan chayon, 98-bet)




— Tikilishka — tikildim, — dedi Sultonali mirzo jiddiy, — siz loaqal shuni ham
joʼnatmasangiz, men ketaman. Muftilarning aftini koʼrib qiynalar edim. Endi bu uchunchi
iflosning yuziga qarashqa toqatim qolmadi!
Sultonali jiddiylashkan edi, Аnvar yana qarshi borishni muvofiq koʼrmadi.
— Xoʼb, — dedi, — siz shuni maslahat koʼrsangiz, joʼnatayliq.
(Mehrobdan chayon, 97-bet)

Bir necha kunlardan beri Safar boʼzchi xursand edi. Mulla Аbdurahmonning xizmatdan
chiqishigʼa oʼzim sabab boʼldim, deb oʼylar; oʼz soʼzi bilan mulla Аbdurahmon kabi bir kishining
suvgʼa tushkan nondek shilqillab qolishigʼa: "Koʼrpangga qarab oyogʼ uzat, mullavachcha!" deb oʼzicha kulib qoʼyar edi. (Mehrobdan chayon, 97-bet)

— Muhri butun ekan. Bir pulga oʼn paysa holva berarmikin, Safar aka?
— Nega bermasin. Chaqani choʼntagingga solib qoʼy, qolgʼanini soʼzlab boʼgʼaningdan keyin
olasan. Katta domlalar kengashka kelgan ekanlar, degin? — Ha... Chaqamni belbogʼimga tugsam tushib qolmasmikin? — Hozir tugma, mendan yana besh pulni olgʼaningdan keyin, qoʼshib tugarsan.
Mamatqul qoʼlidagʼi pulni jaraqlatib oʼynadi va shuning orqasidan ijirgʼanib shikoyatlandi: (Mehrobdan chayon, 99-bet)

Mamatqul bir oz oʼylanib, belidagi chaqa tugunini qoʼli bilan ushladi, Safar akaning
"qoʼrqmaysanmi" savoliga javob bermay, borib eshikni ochdi va yugurgancha chiqib ketdi.
(Mehrobdan chayon, 99-bet)




Sultonali uni "Safar aka" deb xitob qila boshladi va mulla Аbdurahmonning
keyingi ahvolidan soʼradi. Safar boʼzchi mulla Аbdurahmonning boʼshatilgʼanidan
xursandligini izhor qildi va uning labi gezarib yurgʼanini soʼzlab, Sultonalini koʼldirdi.
— Shunchalik holing bor ekan, dumingga qumgʼon bogʼlashing nima hojat edi, deb kulaman.
Egri toʼnkaga — egri toʼqmoq; mirzam xoʼb yaxshi ish qilgʼanlar-da.
(Mehrobdan chayon, 100-bet)

— Ular qaysi kun shu maslahatni qilgʼan edilar? — deb soʼradi Sultonali mirzo. — Oʼtkan kun, taqsir.
— Yaʼni orada kecha panjshanba oʼtkan?
— Bali, bali. Sultonali boshini chayqab tebrandi. Soʼngra mirzo Аnvarning koʼklamga chiqib uylanmakchi
boʼlgʼanini, qiz esa, shu uyning bolasi ekanini, domlalar mirzo Аnvarning obroʼsini toʼkish fikriga tushkanliklarini soʼzlab chiqdi: — Rahmat sizga, Safar aka, — dedi Sultonali. (Mehrobdan chayon, 103-bet)

Sultonali mirzo shu jumla ustida oʼyladimi yoki boshqacha bir andisha uni mashgʼul etdimi,
baharhol, birar daqiqa chamasi soʼzsiz xayol surib qoldi. Safar boʼzchi esa, bu holdan bad olib,

Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish