Uy-joy kommunal


 Maishiy iste’molchilar (aholi) bilan foydalanilgan elektr energiyasi



Download 5,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/160
Sana30.03.2022
Hajmi5,87 Mb.
#518125
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160
Bog'liq
uy-joy kommunal xojaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi

8.4. Maishiy iste’molchilar (aholi) bilan foydalanilgan elektr energiyasi 
uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi 
 
Maishiy iste’molchilar (aholi) xonadonlarda, yordamchi xo’jaliklar, shaxsiy 
foydalaniladigan tomorqa bog’ ob’ektlarida maishiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan 
elektr energiyasi uchun, turmushda qo’llaniladigan tok qabul qilgichlarning quvvati 
va vazifasidan hamda hisobga olish priborlarining o’rnatilgan joyidan qat’i nazar, 
aholi uchun belgilangan yagona bir stavkali tarif bo’yicha haq to’laydilar.
Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning 
avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi 
yetkazib berish elektr ta’minoti shartnomasi asosida va oldindan to’langan to’lov 
miqyosida amalga oshiriladi. 
Maishiy iste’molchilardan elektr energiyasi uchun belgilangan tarif 
qiymatidan ortiqcha biror-bir qo’shimcha mablag’ undirish taqiqlanadi. 
Elektr tarmoqlariga yangidan ulanadigan uy-joylar va xonadonlarda Elektr 
energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga 
ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish priborlari uy-joy egasi tomonidan sotib 
olinadi, uning hisobiga davlat qiyoslashidan o’tkaziladi va ro’yxatdan o’tkazish 
uchun elektr tarmoqlari korxonasiga topshiriladi. 


226 
Hisobga olish pribori uy-joy yoki xonadon egasining buyurtmanomasiga 
binoan bir hafta muddatda, uning ishtirokida hududiy elektr tarmoqlari korxonasining 
vakili tomonidan o’rnatiladi.
Maishiy iste’molchilarda mavjud bo’lgan hisobga olish priborlarini 
almashtirish hamda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning 
avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan elektr energiyasini elektron hisobga olish 
priborlarini o’rnatish (yangidan ulanadigan iste’molchilardagidan tashqari) hududiy 
elektr tarmoqlari korxonasining mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. 
Hisobga olish priboriga ega bo’lmagan va biror-bir sababga ko’ra mazkur 
turar joyda vaqtinchalik yashamayotgan maishiy iste’molchi hududiy elektr 
tarmoqlari korxonasini bu to’g’rida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Xonadonlar, xususiy uylar, bog’ uchastkalari, garajlarda yakka tartibda 
tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi maishiy iste’molchilar foydalanilgan elektr 
energiyasi uchun tadbirkorlik faoliyatining (savdo, xizmatlar ko’rsatish, tovarlar 
ishlab chiqarish va boshqa) turi bo’yicha elektr energiyasi iste’molchilarining tarif 
guruhiga muvofiq haq to’laydilar. 
Bunda tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan elektr energiyasi 
bo’yicha hisob-kitoblar uchun alohida hisobga olish pribori o’rnatilishi zarur.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi har bir maishiy iste’molchi bilan elektr 
ta’minoti shartnomasini tuzadi va unga belgilangan namunadagi hisob-kitob 
daftarchasini beradi, u bo’yicha elektr energiyasi uchun haq to’lanadi. Hisob-kitob 
daftarchasining har bir varag’i kvitantsiya va bildirishnomadan iborat bo’lib, ularda 
maishiy iste’molchining shaxsiy hisob raqami muhr bilan tushirilgan bo’lishi kerak.
To’lov hujjatining har ikkala qismi (bildirishnoma va kvitantsiya) bir xilda, 
aniq, o’chirib yozishlarsiz to’ldirilishi kerak. To’lov hujjatlarida familiya, manzil, 
to’lovning joriy va oldingi sanasi hamda hisobga olish priborining ularga muvofiq 
bo’lgan ko’rsatkichlari, ko’rsatkichlar tafovuti va to’lov summasi ko’rsatilishi kerak. 
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi iste’molining 
shartnomadagi miqdori bo’yicha yoki oldingi davr uchun amaldagi elektr energiyasi 
iste’molining hajmi to’g’risidagi ma’lumotlarga asosan to’lov schyotini yozish 


227 
huquqiga egadir, maishiy iste’molchining hisob raqamida bu haqda tegishli ravishda 
qayd qilinadi. Bunda hisobga olish priborlaridan ko’rsatkichlar yozib olingandan 
keyin amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilinadi. 
Ovqat tayyorlash uchun markazlashtirilgan tartibda elektr plitalari bilan 
jihozlangan uylarda yashovchi maishiy iste’molchilar elektr energiyasi uchun tegishli 
tarif bo’yicha haq to’laydilar. 
Maishiy iste’molchi tomonidan hisob-kitob davrida amalda iste’mol qilingan 
elektr energiyasi miqdori iste’molchilardagi hisobga olish priborining ko’rsatkichlari 
bo’yicha aniqlanadi. 
Hisobga olish priborlaridan ko’rsatkichlarni yozib olish va to’lov hujjatlarini 
amaldagi tarif bo’ycha yozib berish hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili 
yoki iste’molchining o’zi tomonidan amalga oshiriladi. 
Agar to’lov hujjati (bildirishnoma) hududiy elektr tarmoqlari korxonasining 
vakili tomonidan to’ldirilsa, u maishiy iste’molchiga topshiriladi, u bo’lmagan 
taqdirda esa - u bilan birga bir xonadonda (xususiy uyda) yashovchi voyaga yetgan 
istalgan shaxsga topshiriladi yoki bildirishnoma bilan birga buyurtma xat orqali 
jo’natiladi. 
Agar navbatdagi aylanib chiqishda hisobga olish pribori o’rnatilgan xona 
yopiq bo’lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili to’lov hujjatini oldingi 
davr uchun amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi to’g’risidagi 
ma’lumotlar asosida yozadi, bu haqda maishiy iste’molchining shaxsiy hisob 
raqamida tegishli belgi qayd etiladi. 
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili, u tegishli amal qilish muddati 
ko’rsatilgan, ismi-sharifi yozilgan guvohnomaga ega bo’lgan taqdirda, xonadondagi 
hisobga olish priborlarini soat 8.00 dan boshlab soat 20.00 gacha to’sqinliksiz 
tekshirib ko’rish huquqiga egadir. 
Elektr energiyasi uchun haq to’lash maishiy iste’molchi tomonidan aholidan 
to’lovlarni qabul qiluvchi punktlar va tashkilotlar orqali har oyning 10-kunigacha 
amalga oshiriladi. 


228 
Elektr energiyasi uchun oldindan haq to’lash qurilmasiga ega bo’lgan hisobga 
olish priborlari o’rnatilgan maishiy iste’molchilar elektr energiyasi uchun haq 
to’lashni oldindan haq to’lash asosida amalga oshiradilar.
To’lov hujjatlarini yozish va haq to’lash paytida yo’l qo’yilgan xatolar, 
ularning aniqlanishiga ko’ra, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan da’vo 
muddati mobaynida hisobga olinadi. 
Bank hujjatida ko’rsatilgan sana to’lov amalga oshirilgan vaqt bo’lib deb 
hisoblanadi. 
Agar to’lov hujjatlarida ko’rsatilgan summalar o’rtasida nomuvofiqlik mavjud 
bo’lsa, u holda bank hujjatida ko’rsatilgan (bank shtampi qo’yilgan) summa qabul 
qilinadi. 
Aholidan to’lovlarni qabul qiladigan tashkilot (tijorat banklarining bo’limlari, 
"O’zbekiston pochtasi" davlat-aksiyadorlik jamiyatining bo’limlari va aholidan 
to’lovni naqd mablag’lar bilan qabul qilib olish punktlari) to’lov hujjatlarini o’ram, 
banderollar va elektron reestrlarga jamlaydilar. 
Har qaysi banderolda (bank bo’limi tomonidan ma’lum davrda qabul qilib 
olingan maishiy iste’molchilarning to’lov hujjatlari to’plamida) hududiy elektr 
tarmoqlari korxonasiga berish vaqtida yorliq bo’lishi lozim, yorliqda quyidagilar 
ko’rsatilgan bo’lishi kerak: 
banderolni shakllantirish boshlangan va tugallangan sana; 
banderoldagi hujjatlar soni;
qabul qilib olingan to’lovlarning umumiy summasi; 
kassa xizmati ko’rsatilganligi uchun to’lov sifatida ushlab qolingan summa; 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisob raqamiga o’tkaziladigan summa. 
Bunda aholidan to’lovni qabul qilib oluvchi tashkilotlar, shartnomada 
belgilangan muddatlarda, elektr energiyasi uchun to’lov sifatida kelib tushgan pul 
mablag’larini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga o’tkazilishini ta’minlashi shart. 
Maishiy iste’molchilar to’lov bo’yicha qarzdor bo’lishganda, to’lov muddati 
o’tgan har bir kun uchun to’lov muddati o’tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin 


229 
muddati o’tgan to’lov summasining 50 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda penya 
to’laydilar. 
Arifmetik xatoliklar, tariflarni noto’g’ri qo’llash tufayli paydo bo’ladigan kam 
va ortiqcha to’lovlar tegishli tarif bo’yicha kVt.soatlarda qayta hisoblab chiqiladi va 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, ularning aniqlanishiga qarab, da’vo 
muddati doirasida, ortib boruvchi yakun bo’yicha, ko’rsatkichlardagi tafovut yoki 
qo’shimchalar bilan hisobga olinadi. 
Tarif o’zgarganda tarif o’zgargan sanagacha iste’mol qilingan elektr 
energiyasi hajmi oldingi to’lov vaqtidan boshlab o’rtacha sutkalik iste’mol bo’yicha 
aniqlanadi va unga eski tarif bo’yicha haq to’lanadi. Hisobga olish priborlarining 
ko’rsatkichlari to’lov kunida yozib olingan deb hisoblanadi. 
Maishiy iste’molchi, o’z xohishiga ko’ra, 12 oydan ko’p bo’lmagan muddat 
uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to’lab qo’yishi mumkin, bu 
holda tarif o’zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi. 
Maishiy iste’molchida amaldagi elektr energiyasi iste’moli ko’rsatkichlarini 
kamaytirish maqsadida hisobga olish priborini ulash sxemasi o’zgartirilgani, uning 
(iste’molchi aybi) bilan buzilgani yoki yo’qligi, plombalar ko’chirilgani, elektr qabul 
qilgichlar hisobga olish priboridan tashqari ulangani va boshqa qoida buzilishlari 
aniqlangan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oxirgi tekshirish kunidan 
boshlab o’tgan (lekin da’vo muddatidan ko’p bo’lmagan) davr uchun maishiy 
iste’molchi tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi haqini qayta hisob-kitob 
qilishi shart. 
Bunda qayta hisob-kitob qilinishi iste’molchini elektr energiyasidan 
foydalanish qoidalarini buzganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi 
javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Qayta hisob-kitoblar: yorituvchi tok qabul qilgichlarning quvvati va ularni 
ishlatish soatlari soni bo’yicha; iste’molchida shtepsel rozetkalari bo’lganda (tok 
qabul qilgichlar va rozetkalar sonidan qat’i nazar) - har sutkada 24 soat davomida 
soatiga 600 Vt.quvvat foydalanilishi hisobidan; quvvati 600 Vt dan ortiq bo’lgan 
isitish priborlari yoki boshqa elektr uskunalaridan foydalanish hollarida - iste’molchi 


230 
foydalanayotgan uskunalarning amaldagi quvvati bo’yicha, ularning har sutkada 24 
soat ishlatilishi hisobidan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasidan foydalanishda iste’molchi tomonidan yo’l qo’yilgan 
qoidabuzishlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari va maishiy 
iste’molchi tomonidan imzolangan ikki nusxadagi qo’shma dalolatnoma bilan 
rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi maishiy iste’molchiga beriladi va ayni bir vaqtda 
ushbu Qoidalarni buzgan iste’molchining elektr qurilmalari tarmoqdan uzib qo’yiladi. 
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisobga olinmagan elektr energiyasi 
miqdorini dalolatnoma asosida aniqlaydi va to’lash uchun maishiy iste’molchiga 
qo’shimcha to’lov hujjati yozib beradi. 
Qoida buzilishi yuzasidan to’lov hujjatini yozishda, da’vo muddatini hisobga 
olgan holda, amaldagi tarif qo’llanadi. 
Maishiy iste’molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori yuzasidan 
norozilik arizasi berish huquqiga ega, biroq bu iste’molchini qoida buzish 
dalolatnomasi bo’yicha yozilgan qo’shimcha to’lov hujjatidagi summani belgilangan 
muddatda to’lashdan ozod qilmaydi. 
Qo’shimcha to’lov hujjati bo’yicha haq 10 kun muddatda to’lanmaganda 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi maishiy iste’molchidan ko’rsatilgan summani 
majburiy tartibda undirish to’g’risida sudga da’vo arizasi beradi. 
Maishiy iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o’rtasida paydo 
bo’ladigan nizoli masalalar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

Download 5,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish