Uverenitet



Download 24,6 Kb.
bet4/8
Sana21.02.2022
Hajmi24,6 Kb.
#26837
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-4-top

Davlat bayrogʻi — davlatning asosiy ramzlaridan biri: rasmiy, boshqa davlatlardan farqlovchi belgisi, emblemasi. D.b.ning tasviri maxsus qonun yoki konstitutsiya bilan belgilanadi. Davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi. U gerb yoki boshqa emblema tasvirlangan bir yoki koʻp rangli alvondan iborat boʻladi (jahondagi davlatlar bayroqlari tasviri haqida tegishli maqolalarga q.). D.b. davlat mu-assasalari, elchixonalar, konsulliklar, vakolatxonalar, bojxonalar va h.k. binolarida koʻtariladi. Milliy bay-ramlar kunlari elchixonalar, vakolatxonalar, konsulliklar oʻz mamlakati bayrogʻini koʻtaradi. D.b., shuningdek, marosimlar paytida, xalqaro sport so-vrinlari topshirilayotganda va b. xrllarda ham koʻtariladi.
Oʻzbekistan Respublikasi D.b.ning sxematik va rangli tasviri "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogi toʻgʻrisida"gi qonun (1991 y. 18 noyabr)da tasdiklangan. Oʻzbekistan Respublikasi D.b. bayroqning butun uzunligi boʻylab toʻq moviy rang , oq rang va toʻq yashil rangli uchta endan tashkil topgan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning yuqori qismida yarim oy va 12 yulduz tasviri tushirilgan. Bayroqning uz. 250 sm, kengligi 125 sm ga teng (155-b.dagi tasvirga q.). Oʻzbekistan Respublikasining D.b. xalqaro maydonda; OʻzR rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chogʻida, xalqaro tashkilotlarda, anjumanlarda, jahon koʻrgazmalarida, sport musobaqalarida OʻzRning timsoli boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi D.b. va uni koʻtarish bilan bogʻliq tartib-qoidalar yuqoridagi qonunda belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi D.b. doimiy suratda, jumladan, mamlakat Prezidenta, Oliy Majlis, Oʻzbekiston huku-mati, xalq deputatlari mahalliy kengashlari, hokimliklar ish olib borayotgan binolarda, Oʻzbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda, bayram kunlari — vazirliklar, davlat qumitalari va muassasalari, korxonalar va tashki-lotlar binolari, shuningdek, uy-joy binolarida koʻtariladi.
Davlat gerbi — davlat ramzlaridan biri. Unda davlatning milliysiyosiy, iqtisodiy xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, geografik va b. belgilari oʻz ifodasini topadi. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blanklarda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida, baʼzi binolarda tasvirlanadi. D. g .ning maz-muni konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilanadi (jahondagi davlatlar gerblari tasviri haqida tegishli maqolalarga q.).
Oʻzbekiston Respublikasi D.g .ning rangli va oq-qora tasviri "Oʻzbekistan Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida"gi qonun (1992 y. 2 iyul)da tasdiklangan.
Oʻzbekiston Respublikasining D.g . quyidagi koʻrinishga ega: togʻlar, daryolar va soʻl tomoni bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan boʻlib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi koʻrinadi. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "Oʻzbekiston" deb yozib qoʻyilgan. Oʻzbekiston Respublikasi D.g . va uning tasvirini aks ettirish lozim boʻlgan hollar, shu bilan bogʻliq tartib-qoidalar yuqoridagi qonunda belgilangan.

Download 24,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish