asosiy fondlarni tiklash, kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan amortizatsiya sifatidagi pul mablag’lari;
tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan
bo’sh pul mablag’lari;
tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini to’lash vaqtlari orasida vaqtincha bo’sh turib qolgan pul
mablag’lari;
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig’iladigan va kapitallashtirish uchun mo’ljallangan qo’shimcha
mablag’lar;
shaxsiy sektor daromadlari, jamg’armalari va boshqa bo’sh pul mablag’lari
Aholining kreditga bo’lgan talabining paydo bo’lishi. Davlatning kredit resurslariga bo’lgan talabining paydo
bo’lishi. Kreditning shakllari.
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar bo’lishi zarur. Shu masala bo’yicha ba’zi
iktisodiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni taxlil qilib, iqtisodchilar tomonidan kreditning yuzaga kelishining quyidagi
shartlariga kuprok etibor berilganini ko’rsatib o’tish mumkin. Kredit munosabat bo’lishi uchun:
birinchidan,
kredit munosabat ishtirokchilari - qarz beruvchi va qarz oluvchi - xuquqiy jixatdan mustaqil subekt bo’lishi
kerak Mustakil subekt sifatida xar ikkala tomon bir-biri bilan o’za’ro aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni
bajarishini moddiy jixatdan kafolatlay olishi kerak Majburiyatlarni bajara olish qobiliyatini xisobga olgan xolda mustaqil
xukukiy sub’ekt sifatida tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak
ikkinchidan,
qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi.
Bu manfaatlar avvalambor, ob’ektiv jarayonlar, o’za’ro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog’liq.
Kreditor (qarz beruvchi) tomonidan pul mablag’larini qarzga berish bo’yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu
mablag’larni olish bo’yicha kizikish tug’ilgan takdirdagina kredit yuunosabatlari vujudga keladi.
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining yo’nalishiga bog’lik tomonlar
manfaatlarning mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin, kredit munosabatlari ishtirokchilari
manfaati nafaqat vakt va fazo jixatdan, shuningdek sifat jixatdan xam mos tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka
aylanadi. Shu bilan birga kreditning bu muxim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo’lishining asosiy sababi
bo’laolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yukorida aytilgandek anik bir kktisodiy asos -fondlarning doiraviy aylanishi
va shunta uxshash boshka aniq sharoitlar bo’lishi
zarur. Fakatgina ana shu ta’sir etuvchi omillar bo’lgan taqdirdagina
kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi.
Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa fikrlar xam uchraydi. Masalan, kredit
korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur deb ta’kidlanadi. Agar bu fikr to’g’ri deb qaraydigan
bo’lsak kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo’ladi, chunki u qarz berish orqali qarz oluvchi faoliyatini
nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Nakd pulsiz shaklidagi hisob kitoblarning bank orkali o’tishida ishlatiladigan mablag’lar ham ssuda kapitali
shakllanishining yangi manbai bo’lib, bu mablag’lar aylanma mablag’larning doiraviy aylanish jarayokida yuzaga keladi.
Korxonalarda moliyaviy resurslarning vaktincha bush bo’lib qolishining quyidagi asosiy sabablarini ko’rsatib o’utish
mumkin:
-ishlab chiqarilgan maxsulotlarni sotish vaqti bilan olingan xom ashyo, materiallar, ishchilarga ish xaqi va boshka
to’lovlarni amalga oshirish vaqtining mos kelmasligi;
-asosiy fondlarning eskirishini qoplash uchun mo’ljallangan pul ajratmasi, ya’ni amartizatsiya fondining
shakllantirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |