Pul tizimi va uning mazmuni.
Pul tizimi
pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va qonun bilan
mustahkamlab qo’yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul muomalasining aniq bir
mamlakatda muayyan vaqt ichida qo’llaniladigan qoidalari va normalari majmuidir.
Milliy valyuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul mablag’lari
iqtisodiyotda amal qiladigan shaklga qarab pul mablag’larining ikki turi: metall pullar
muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi farqlanadi.
Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush)
bevosita
muomalada bo’lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha
funktsiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan.
Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va monometallizm
davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda ikkita asl metallarning
bir vaqtda foydalanishi bilan tavsiflanadi, monometallizm esa umumiy ekvivalent sifatida
bir metallga o’tishni anglatadi. Bunda bimetallizm holatida
quyidagicha xillar ajratib
ko’rsatiladi:
1) parallel valyuta tizimi – oltin bilan kumush o’rtasidagi o’zaro nisbat bozorda
stixiyali ravishda belgilanadi;
2) qo’shaloq valyuta tizimi – ikki metall o’rtasidagi o’zaro nisbat davlat tomonidan
ushbu metallarga bo’lgan talabga, shuningdek, ushbu davlatdagi
iqtisodiy va siyosiy
vaziyatga qarab belgilanadi;
3) nuqsonli valyuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo’ladiyu, lekin teng
huquqlarga ega bo’lmaydi. Odatda, davlat kumush valyutaning zarb qilinishi va
foydalanishiga cheklashlar kiritadi.
Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmda ham ayrim
o’zgarishlar yuz berdi:
1) oltin tangali standart – to’laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda tovarlarning
qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi;
2) oltin yombili standart –
oltin muomalada bulmaydi, lekin unga katta
miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi;
3) oltin valyutali (oltin devizli) standart – pullarning almashinishi faqat oltin yombili
standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga oshiriladi.
Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlarini
tashkil etish
shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, xo’jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan
shakllangan, valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
Valyuta
tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy
tizimi bilan belgilanadi.
Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni
amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ktlarning
ushbu faoliyati amalga
oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko’rinishi farqlanadi, ya’ni milliy,
jahon va hududiy valyuta tizimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: