Jamg‘arish vositasi.
Pul shuningdek jamg‘arish vositasi sifatida xizmat qiladi; daromad olingan vaqtdan boshlab
xarajat qilingungacha bo‘lgan davrda xarid qobiliyatini saqlab turish vositasi xisoblanadi. Pulning ushbu
funksiyasi foydali hisoblanib, ko‘pchiligimiz saqlashni afzal ko‘rib, pullarni olishimiz bilan darhol
xarajat qilishni hoxlamaymiz. Pul – yagona jamg‘arish vositasi emas; har qanday aktivlar
– pullar, aksiyalar, obligatsiyalar, er, uy, san‘at asarlari yoki zargarlik mollari – jamg‘arish vositasi
hisoblanadi. Ushbu aktivlardan ko‘pchiligi pulga nisbatan o‘zining egalariga katta foyda (foiz) keltirib,
narxi kutariladi va qulayliklar yaratadi (masalan, boshimiz ustidagi tom). Agarda ushbu aktivlar
jamg‘arish vositasi sifatida pul bilan taqqoslaganda ancha foydali bo‘lsa, unda insonlar nega pullarni
jamg‘arishadi? Ushbu savolga javob muhim iqtisodiy tushuncha hisoblangan
likvidlilik
bilan bog‘liq
hisoblanib, aktiv oson va tezkorlik bilan ayirboshlash vositasiga aylanadi. Likvidlilik juda ham muhim
hisoblanadi. Pul ayirboshlash vositasi hisoblanganligi bois eng likvidli aktiv hisoblanadi; bir narsa sotib
olish uchun pul boshqa narsaga aylantirish shart emas. Boshqa aktivlar pulga aylantirilganda tranzaksion
xarajatlarni talab qiladi. Masalan, siz uyingizni sotsangiz, brokerlik komissiyasini to‘lashingiz shart
(odatda sotish narxining 4-6% ini tashkil qiladi). Agar siz kechiktirib bo‘lmaydigan hisobraqamlarni
tezda to‘lash uchun naqd pullarga muhtoj bo‘lsangiz, pulni tezda sotish uchun uyingizni ancha past
narxda sotishingizga to‘g‘ri keladi. Pul eng likvidli aktiv bo‘lmasin va yuqori darajadagi jamg‘arish
vositasi hisoblanmasada odamlar bajonidil pulni saqlaydi. Jamg‘arish vositasi sifatida pulning
ishonchliligi narxlar darajasiga bog‘liq hisoblanadi. Masalan, barcha narxlarning ikki barobar oshishi,
pulning qiymatini ikki barobarga kamayganligini anglatadi. Teskari holatda narxlarning ikki barobarga
kamayishi pulning qiymatini ikki barobarga oshganligini ko‘rsatadi. Inflyasiya sharoitida narxlar
darajasining tezlik bilan o‘sishi kuzatilsa, pul tezda o‘zining qiymatini yo‘qotadi. Natijada odamlar istar-
istamas o‘zlarining boyliklarini pul shaklida saqlashadi. Bu holat oylik inflyasiya surati 50% dan oshishi
natijasida yuzaga keladigan giperinflyasiyaga hos bo‘lgan bo‘lgan yuqori inflyasiya sharoitiga ko‘proq
mos tushadi. Birinchi jahon urushidan so‘ng Germaniyada xuddi shunday inflyasiya sodir bo‘lib,
inflyasiya surati ba‘zan oyiga 1000% dan oshib ketdi. 1923 yilda giperinflyasiya tugagungacha narxlar
darajasi ikki yil oldingiga nisbatan 30 milliard marotaba o‘sishi kuzatildi. Aytishlaricha, giperinflyasiya
tugash davrida buxanka non sotib olish uchun bir zambil naqd pul talab qilingan ekan. Pul o‘zining
qiymatini shunchalik darajada tez yo‘qotgan ediki, ish kuni davomida ishchilarga bir necha marotaba
ish haqi to‘langan va pullar o‘zining qiymatini yo‘qotib qo‘yishidan oldin ertaroq pullarni sarflashlari
maqsadida tanaffuslar e‘lon qilingan. Hech kim pulni jamg‘arishni xohlamagan, chunki ularning
almashuv vositasi sifatida o‘rni yo‘qolgan va barter tizimi yanada rivojlanishiga olib kelgan. Operatsion
xarajatlar yuqori darajada o‘sib, kutganimizdek, yalpi ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |