Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/254
Sana09.07.2022
Hajmi6,02 Mb.
#765905
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   254
Bog'liq
pul va banklar majmua Музаффарова

 
 
MAVZU: MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI 
REJA: 
1.
 
Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar 
2.
 
Markaziy bankning mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar 
3.
 
O‘tish iqtisodiyotida markaziy banklar 
 
Markaziy bank mustaqilligining mezonlari va zarurligi 
Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati hamda uni mamlakat hududida bo‘layotgan iqtisodiy 
jarayonlami tartibga solish-dagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o‘ziningn rivojlanish yo‘nalishlarini 
o‘zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyot-dagi bank tizimining birinchi pog‘onasida real o‘zgarishlar bo‘lishiga sabab 
bo‘ldi. Bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv organlariga bo‘Igan munosabatlarda namoyon bo‘ldi. Mazkur 
muammoni tahlil etishda asosiy e’tibor-mamlakat Markaziy bank siyosatining davlat iqtisodiy siyosati yo‘nalishiga 
qaramligi, ya’ni aniqrog‘i bu tobelikning darajasiga bog‘liq. Markaziy bankning pul-kredit siyosati milliy iqtisodiyotni 


tartibga solish siyosati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, bunday bog‘liqlikni samarali deb hisoblash mumkin. Lekin, shu 
narsa katta ahamiyatga egaki, bu bog‘liqlik Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u kimga 
hisobdor va bank tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi metodlami va yo‘na-lishlami tanlashda hamda qonun 
bo‘yicha Markaziy bank mustaqilligi darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim. 
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solish-dagi o‘rni ko'p hollarda milliy urf-odatlardan va 
bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo‘nalishlami ham asosiy iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarga taqqoslagan holda ko‘rib chiqish mumkin. Shundan kelib chiqib, Markaziy bankning tartibga solish mexa-
nizmini xarakterli xususiyatlari bilan xuddi shu davrda amal qilayotgan iqtisodiy nazariyalar yo‘nalishlari o‘rtasida etarli 
darajada o‘xshashlik-larni tnisol qilib keltirish mumkin. Davlat aralashuvi kuchaygan davrda (keynschilar tarafdorlari 
nazariyasi bo‘yicha) Markaziy banklarning o'rni kuchayadi, tartibga solishning ma’muriy metodlarini qo'llash kengayadi, 
va aksincha, monetaristlar nazariyasining ta’siri kuchayishi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvining kamayishi 
oqibatida marka-ziy banklarning iqtisodiyotni tartibga solishda bozor mexanizmlaridan foydalanishga o‘tishiga majbur 
bo‘ladilar. Markaziy bank shunday vaziyatlarda o‘zining vakolatining bir qismini ichki pul-kredit va valyuta siyosatidagi 
muammolarni echish uchun Moliya Vazirligiga beradi. 
Biroq, g‘arb iqtisodchilari nuqtai-nazarlarining tahlili shuni ko‘r-satadiki, Markaziy bankning iqtisodiyotdagi 
o‘mini o‘zgarishiga subyektiv omillar ham katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin, shu jumladan, hatto bank rahbarining shaxsiy 
sifatlarini ajratib ko‘rsatish muinkin. 
Misol qilib, G‘arbiy Yevropadagi mamlakatlar Markaziy bank-larining rolini o‘zgarishini o‘rganishga 
bag‘ishlangan tadqiqotlarda bir qator iqtisodchilar 70-yillarda Markaziy banklarning kuchayishini shu milliy bank 
tizimining boshqamvida ko‘zga ko‘ringan hukuinat va halqaro doiralarda obro‘-e’tibori yuqori bo‘lgan moliya arboblari 
boshqarganligini ta'kidlaydilar. Buning oqibatida o‘sha davrdagi milliy valyuta raqobatbardoshligiga xavf soluvchi 
hukumatning iqtisodiy chora-tadbirlariga qarama-qarshi “qattiq siyosat” qo‘llash mumkin bo‘lgan edi. U yoki bu 
Markaziy bankning o‘z faoliyatidagi mustaqillik dara-jasini aniqlash uchun ularning mustaqillik mezoni (belgisi) ga xolis 
baho berish kerak. Xorijiy adabiyotlarda markaziy banklarning musta-qilligini aniqlashning bir necha usullari qayd 
etilgan. Asosan markaziy banklaming iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi ajralib (farqlanib) turadi. 
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini aniqlashda uning pul-kredit siyosatini tanlash va o‘tkazishda davlat 


boshqaruv organlariga ko‘proq yoki kamroq qaramligiga e’tibor beriladi. 
Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi-bu uning o‘z instrumentlaridan o‘zi xohlagan yo'nalishda va 
chegaralanmagan miqdorda foydalana olishiga aytiladi. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning markaziy banklarini turkumlanishi pul-kredit siyosati masalalarini hal 
etishdagi mustaqilIigi xorijiy adabiyotlarda turli mezonlarga qarab amalga oshiriladi. 
Umuman olganda markaziy banklarning mustaqilligini ustun-ligini o‘rganish tadqiqotlarida subyektiv yoki 
obyektiv faktorlarga baho berib ajratish mumkin. Masalan, subyektiv faktorlar sifatiga mamlakat Markaziy banki bilan 
hukumat o‘rtasidagi o‘zaro rasmiy munosabatlami hamda Markaziy bank rahbarlarining hukumat doirasi bilan bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan norasmiy aloqalarni tanlab ko‘rsatishgan. 
Chet el mualliflarining tadqiqotlarida mustaqilikning 4 baliik tizimi tanlangan: 1-ballga-markaziy banklaming 
davlat boshqamvidan past darajada mustaqiliigi, ya’ni to‘la qaramligi; 4-ballga-mustaqillik darajasi juda yuqori bo‘lgan 
markaziy banklar kiradi.
7j
Sanoati rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklarining mustaqilligini obyektiv faktorlariga baho berishda, 
masalan, quyidagi inezonlarni kiritish mumkin: 
>
Markaziy bankning kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning ishtiroki; 
>
bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ulaming l'aoliyat ko'rsatishi muddati hamda davlat tomonidan 
milliy bankning faoliyatini nazorat qilish shakli; 
>
Markaziy bank vazifalarini aniqlashni qonunchilikda yoritilish darajasi; 
>
Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari o‘matilgan qonun bilan to'xtatishini yoki davlatning 
umumiqtisodiy yo‘nalishi bilan Markaziy bankning pul-kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga solishning mavjudligi; 
>
mamlakat Markaziy bankining davlat harajatlarini to‘g‘ri va egri moliyalashtirishni tartibga soluvchi qoidaning 
mavjudligi va shakllari. 
Markaziy bankning monetar siyosatni amalga oshirish va faoliyatini tashkil etishda mustaqilligining ta’minlanishi 
mamlakatda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi va milliy valyutaning barqarorligini tahninlash, 
shuningdek aholi va mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlashda muhim hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunda “Markaziy bank o'z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish 


borasida mustaqildir. Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari 
yuzasidan javobgar boMmaydi, basharti, ular o‘z zimmalariga bunday majbu-riyatlarni olmagan bo‘lsalar yoki 
qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa”
74
, deya belgilab qo‘yilgan. 
Xalqaro amaliyotda Markaziy banklaming mustaqilligi quyidagi mezonlar asosida aniqladi: 
>
pul siyosatining ochiq e’lon qilingan maqsadlari mavjudligi; 
>
hukumat Markaziy bank bashorat qilgan inflyatsiya ko‘rsatkichlarini qabul qilish tartibi; 
>
Markaziy bankning qaror qabul qilish jarayonida hukumat yoki boshqa organlar tomonidan aralashuv darajasi; 
>
Markaziy bankka mansabdor shaxslarni tayinlash tartibi. 
Maqsadlami belgilashda mustaqillik, agar asosiy maqsad yokipul-kredit siyosatining maqsadlari mamlakat 
qonunchiligida aniq ko‘rsatiImagan bo‘lsa, markaziy bank o‘z faoliyatini mustaqil ravishda belgilashi mumkin. 
Operatsion mustaqillik, markaziy bank o‘z-o‘zidan amalga oshi-radigan oraliq va monetar siyosatning asosiy 
yo‘nalishlarini belgilaydi, bu esa pul-kredit siyosatining yakuniy maqsadlariga erishish orqali milliy valyutaning 
barqarorligiga yo‘naltiriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlarini mustaqil ravishda belgilash va 
operativ mustaqillikka erishish huquqi sifatida joylashtirilishi, moyil hukumatning pul-kredit siyosatiga ta’sir ko‘rsatish 
qobiliyatini kamaytirishga yordam beradi deb taxmin qilish mumkin. Monetar siyosat vositalarining mustaqil bo‘lishi, 
o‘z maqsad-lariga erishish uchun siyosat vositalarini tanlashda Markaziy bankning to‘liq mustaqilligini nazarda tutadi. 
Bu pul-kredit siyosati sohasida tezkor qarorlar qabul qilish vakolatini pul hokimiyatiga topshirish uchun hukumat (asosiy) 
va markaziy bank (agent) o‘rtasida bir xil kelishuvni tuzish deganidir. 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish