ҲУҚУҚ принциплари ва функциялари


Huquq funksiyalari tushunchasi va turlari



Download 67 Kb.
bet4/5
Sana14.07.2021
Hajmi67 Kb.
#118474
1   2   3   4   5
Bog'liq
1350301507 15057

3. Huquq funksiyalari tushunchasi va turlari

Huquqning mohiyati va ijtimoiy vazifasi uning funksiyalarida namoyon bo`ladi. Xuquq funksiyalari - ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta`sir etishning asosiy yo`nalishlari bo`lib, ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgalanadi. Xuquq, avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalariga - iqtisodiyotga, siyosatga, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma`naviy munosabatlarga ta`sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi.

Huquq funksiyalari quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi:

birinchidan, huquq funksiyalari huquqning mohiyatidan kelib chiqadi va uning jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi. Funksiya - huquq mohiyatining ijtimoiy munosabatlar mazmunida ifodalanishi (yoritilishi)dir;

ikkinchidan, huquq funksiyalari - ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etishning shunday yo`nalishlariki, ularni amalga oshirish ehtiyoji huquqning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi zaruriyatidan kelib chiqadi;
uchinchidan, funksiyalar huquqning eng muhim, jiddiy sifatlarini ifoda etadi va jamiyat rivojining hozirgi bosqichida huquq oldida turgan tub vazifalarni bajarishga yo`naltiriladi;

to`rtinchidan, huquq funksiyalari uning ijtimoiy munosabatlar muayyan turini tartibga soluvchi faol harakatining yo`nalishini aks ettiradi. Shu bois huquq funksiyalarining muhim belgilaridan biri uning dinamizmi, hara-katlanishi, ta`sir etishidir;

beshinchidan, huquq funksiyalari doimiylik xususiyatiga ega, bu ularning uzluksizligi, uzoq muddat harakatlanishini anglatadi.

Sof yuridik nuqtai nazardan huquq funksiyalarini ikki turga ajratish mumkin: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qo`rikdovchi) funksiyalar.

Huquqning regulyativ funksiyasi jamiyat a`zolari yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini o`rnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni yuridik tashkillashtirishdan, insonlar o`rtasidagi ijtimoiy alo-qalarni uyg`unlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Bu funksiya doirasida huquqiy ta`sirning yana ikki yo`na-lishi haqida gapirish mumkin: regulyativ-statik va regulyativ-dinamik huquqiy funksiyalar.

Xukuqning regulyativ-statik, ya`ni tartibga soluvchi - statik funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga, ular mavjud holatini, erishilgan darajasini mustahkamyaashga, barqarorlashtirishga qaratilgan ta`sir etishi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu huquqiy institutlar shaklida mustaxkamlanishi huquqiy tartibga solish maqsadlaridan biridir. Ushbu funkdiya turli subyektlarning huquqiy maqomini belgilashda, masalan inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarini mustahkamlash-da, davlat idoralari va mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgalavdda, jismoniy va yuridik shaxslarning hukukdorligani belgalashda namoyon bo`ladi. Huquqning mazkur funksiyasida uning tabiati nihoyatda yaqqol aks etadi. Zero fuqarolar va tashkilotlarga huquqiy vakolatlar beriladi ular shu vakolatlar doirasvda erkin, o`zlari istagancha faoliyat yuritadilar. Bu chegara qanchalik kengaysa, insonlar shunchalik erkin harakat qiladilar.


Tartibga soluvchi - statik funksiya vakolat beruvchi va man etuvchi normalar orqali amalga oshadi, shu bois ular asosida tarkib topadigan munosabatlar passiv huquqiy munosabatlar toifasini tashkil etadi. Bunday holatlarda huquq subyektlari o`zlari tashabbus ko`rsatib huquqiy faolik qilishlari mumkin.

Huquqning regulyativ-dinamik, ya`ni tartibga soluvchi - dinamik funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etib, ularning kelgusidagi rivojlani-shini, o`zgarish hamda takomillashuvini belgilab berishi tushuniladi. Bu yerda huquq ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotini, harakatlanishi (dinamikasi)ni rasmiylashti-radi. Mazkur funksiya majburiyat yuklovchi normalar vositasida amalga oshiriladi. Masalan, qonunchilikda fuqaro-lar zimmasiga qator majburiyatlar yuklatiladi: solyumarni to`lash, harbiy burchni ado etish, mehnat intizomyga rioya qilish, shartnoma bo`yicha majburiyatlarni bajarish va hokazolar. Tartibga soluvchi-dinamik funksiya faol toifadaga hukukiy munosabatlar shaklida ro`yobga chiqadi. Bular fukarolik, mehnat, ma`muriy, moliya va boshqa huquq sohalari institutlarvda o`z aksini topadi.


Xukukling regulyativ funksiyasini amalga oshirivda keng tarqalgan usullar kuyidagilardir:

- huquq normalari vositasida fuqarolarning huquqiy-muomala layoqatini belgilash;

- fuqarolarning huquqiy maqomini belgalash (mustahkamlash) va o`zgartirish;

- davlat idoralarining huquq va majburiyatlarini hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilash;

- yuridik shaxslarning huquqiy holatini mustahkamlash;

- huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o`zgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik faktlarni belgilash;

- huquq subyektlari o`rtasida konkret huquqiy aloqani o`rnatish (tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar);

- konkret ijtimoiy munosabatlarga tatbiqan huquqiy tartibga solishning oqilona tipini belgalash.

Yuqorida sanab o`tilgan xususiyatlardan kelib chiqib, huquqning regulyativ funksiyasini shunday ta`riflash mum-kin. Huquqning regupyativ (tartibga soluvchi) funksiyasi - huquqning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan bo`lib, u xulq-atvorning ijobiy qoidasini o`rnatishda, jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga oid munosabatlarni mustaxkamlash va rivojlantirishga ko`maklashish maqsadida huquq sohiblariga subyektiv huquqpar berish va yuridik majburi-yatlarni yuklashda namoyon bo`ladi.

Ijtimoiy munosabatlarni qo`riqlash zaruriyati har doim mavjud bo`lgan va bundan keyin ham bo`ladi. Huquq hamisha ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etish vositasi bo`lib kelgan. Huquqiy ta`sirning bu yo`nalishi huquqning qo`riqlovchi funksiyasini tashkil etadi.

Huquqning qo`riqlovchi funksiyasi - uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy ta`sir etish yo`nalishi bo`lib, u umumiy ahamiyatga molik, o`ta muhim iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini ta`minlashga yo`naltiriladi va shu bilan birga, jami-yatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qara-tiladi.

Qo`riqlovchi funksiyaning xususiyatlari quyidagalardan iborat:

birinchidan, u huquqni kishilar xulq-atvoriga ta`sir etishning alohida vositasi sifatida ta`riflaydi. Huquq bu vazifani jazo qo`llash, taqiqlar o`rnatish va yuridik javobgarlikni amalga oshirish bilan qo`rqitib, insonlar irodasiga ta`sir o`tkazish orqali bajaradi;

ikkinchidan, unda davlat huquqiy qoidalar vositasida qanday ijtimoiy qadriyatlarni o`z himoyasiga olganligi to`g`risida ijtimoiy munosabat subyektlariga axborot yetkaziladi;

uchinchidan, u jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasining, huquqdagi insonparvarlik asoslarining ko`rsatkichidir.

Huquqning qo`rikdovchi funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyosla ganda aniqroq namoyon bo`ladi. Tegashli davlat idoralapi huquq sohiblari tomonidan qonun talablari so`zsiz qat`i bajarilishini ta`minlaydi, jamiyatda qonuniylik muxitini vujudga keltiradilar. Bu huquq buzilishi faktini aniqlash, ularni tergov qilish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan ta`minlanadi.



Shunday qilib, huquqning qo`riqlovchi funksiyasi huquqning bevosita harakatlanishi bo`lsa, davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati huquq talablariga rioya qilishning moddiy kasrolatidir. Bunda maxsus idoralar (IIV organlari, prokuratura, sud)ning huquqni Qo`riqpashga qaratilgan faoliyati maydonga chiqadi. Bundan tashqari, qo`rik lovchi funksiya ijtimoiy munosabatlarni himoyalashga yo`nal tirilgandir.


Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish