3.25-rasm. Bitta shinaga va umumiy xotiraga ega bo‘lgan multiprotsessor (a); har bir protsessorida ham lokal xotira bo‘lgan multiprotsessor (b).
3-bob bo‘yicha nazorat savollari.
1. Kompyuterning markaziy protsessori qanday qismlardan iborat va u
qanday vazifani bajaradi?
2. Kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning qanday xillari bilasiz va ularning qaysinisi nima uchun ishlatiladi?
3. Kompyuterning markaziy protsessori tarkibiga kirgan qurilmalar ba- jaradigan vazifalari haqida tushuntirish bering.
4. K580BM80 protsessorining ko‘rsatgichlari va ichki tuzilishi qanday ekanligi xaqida tushuntirish bering.
5. K580BM80 protsessorining ichki xotirasi tarkibiga kirgan registrlar qaysilar va ular nima uchun mo‘ljallangan?
6
. Belgilar registri deganda qanday registr tushuniladi va u nima vazi- fani bajaradi?
7. Protsessorning boshqarish sxemasi orqali unga kiruvchi qanday boshqarish signallarini bilasiz va ular nima vazifalarni bajaradilar?
8. Protsessorning boshqarish sxemasi orqali undan chiquvchi qanday boshqarish signallarini bilasiz va ular nima uchun mo‘ljallangan?
9. Mashina takti va mashina sikli deganda nimalar tushuniladi?
10. K580BM80 protsessorida necha xil mashina sikllari mavjud? Ular yordamida nimalar amalga oshiriladi?
11. K580BM80 protsessorining buyruqlar to‘plami
nechta buyruqdan
iborat va ular qanday guruhlarga ajratilgan?
12. Protsessorda xotira yoki registrlarni adreslashning qanday xillarini
bilasiz? Ularga tushuntirishlar bering.
13. Intel 8088 protsessori tarkibidagi registrlar to‘plamlari nomlarini keltiring va ular haqida tushuntirishlar bering.
14. Protsessor sikli deganda nima tushuniladi? Protsessor sikli bos- qichlarini keltiring va ularga tushunchalar bering.
15. Kodlar va ma’lumotlar yoziladigan segmentlar deganda nimalar tushuniladi va ular nima uchun ishlatiladi?
16. PC (IP), CS va DS registrlari deganda qanday registrlar tushuniladi va ular nima uchun ishlatiladi?
17. Ma’lumotlarni parallel ishlashning qanday shakllarini bilasiz? Ular- ga tushuntirishlar bering.
18. Protsessorlarda buyruqlarni konveyer asosida ishlash deganda nima tushuniladi va u qanday amalga oshiriladi?
19. Dastlabki Pentium protsessorida qanday konveyerdan foydalanil- gan?
20. Superskalyar arxitektura deganda qanday arxitektura tushuniladi?
104
21. Pentium 4 protsessorining ichki xotirasi tarkibiga kirgan registrlar qaysilar va ular nima uchun mo‘ljallangan?
22. Pentium 4 protsessorining mikroarxitekturasi qanday nomlanadi va u avvalgi Pentium protsessorlari mikroarxitekturasidan nimasi bilan farq qiladi?
23. Pentium 4 protsessorining mikrosxemasi qanday tuzilgan? Uning tarkibiga kirgan
tranzistorlar soni nechta, qatorining kengligi va taktli gene- ratorining chastotasi nechaga teng?
24. Intel Core i7 protsessorining asosiy ko‘rsatgichlari va uning muhim jihatlari haqida tushuntirishlar bering.
25. UltraSPARC III protsessorining asosiy ko‘rsatgichlari va uning mu- him jihatlari haqida tushuntirishlar bering.
26. OMAP4430 protsessorining asosiy ko‘rsatgichlari va uning muhim jihatlari haqida tushuntirishlar bering.
27. ATmega168 mikrokontrollerining asosiy ko‘rsatgichlari va uning muhim jihatlari haqida tushuntirishlar bering.
28. Katta-katta ilmiy dasturlarni bajarilishini tezlashtirishning qanday sxemalarini bilasiz? Misollar bilan tushuntiring.
29. Matritsali va vektorli protsessorlar deganda qanday protsessorlar tushuniladi?
30. Multiprotsessorli kompyuterlar va multikompyuterlar deganda qanday kompyuterlar tushuniladi?
105