Ustozni yod etib…



Download 17,76 Kb.
Sana28.03.2022
Hajmi17,76 Kb.
#515186
Bog'liq
Документ Microsoft Word


USTOZNI YOD ETIB…

O‘tgan asrning 70, 80- yillarida otaxon universitetning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan talabalarni omadli avlod deyish mumkin. Shu vaqtlarda bu ilm dargohi gurkiragan, tilshunoslik va adabiyotshunosligimizning chinorlari, darg‘alari faoliyat yuritishgan edi. Ayyub G‘ulomov, Yoqub G‘ulomov, Ozod Sharafiddinov, Muhammadnodir Saidov, Umarali Normatov, Sanjar Sodiqov, Miraziz Mirtojiyev, Yormat Tojiyev, Omonulla Madayev, Laziz Qayumov … Bu ro‘yxatni ancha davom ettirish mumkin. Bu ustozlarning har biri o‘ziga xos uslubi bilan talabalar hurmatiga sazovor bo‘lgan edi.


…1982- yil. Talabalikning dastabki kunlari. Hali bir-birimizni to‘liq tanib olishga ulgurmay, paxta terimiga jo‘naydigan bo‘ldik. Avtobuslar karvoni Sirdaryoga yetib borgach, biz uchun o‘zgacha davr boshlandi. Birinchi kurs bo‘lganimiz uchun bizni yuqori kurslar bilan birga markaziy barakka joylashtirishdi. Mas’ul domlalar bilan tanishtirishdi. Boshlarida beretka, egnilarida ishchi kiyim bo‘lgan Yormat aka Tojiyevni shtab boshlig‘i deb tanishtirishganda “Juda qattiqqo‘l bo‘lsalar kerak”, deb o‘yladik. Yuqori kursdagilar esa domla talabalar bilan juda yaqin va yaxshi munosabatda ekanligini aytishdi.
Paxta dalasiga chiqa boshladik. Umrida paxta terish tugul, uning qanday o‘sishini bilmaydigan biz, shaharlik talabalar uchun haqiqiy front kunlari boshlandi. Ertalabdan terishga tushamiz, tushlikkacha umuman o‘tirish yo‘q, peshindan keyin ham tinmaymiz, baribir terganimiz “norma”ga yetmaydi. Kechqurun “shtab”da uyalib qolmaslik uchun qancha harakat qilsak ham, ko‘p terishning uddasidan chiqolmasdik. Talabalarning asosiy qismi qizlar bo‘lgani uchun kam teradiganlar ancha edi. Yormat aka mana shunday hollarda har birimizga “ona qizim” deb murojaat qilib, ruhiy dalda berardilar. Shtab boshlig‘i bo‘lsalar-da, birovni qattiq urishganlarini eslay olmayman. Ertalabki umumiy yig‘ilishlarda qancha paxta terilgani, kimlar intizomni buzgani aytilardi, lekin ko‘pchilik oldida hech kim izza qilinmasdi. Yormat akaning boshqaruvchilik qobiliyatiga o‘shanda tan berganmiz. Keyingi yillarda ham aynan shu domla paxta terimiga rahbar bo‘ldilar. Besh yillik oltin davrimizning eng esda qolarli kunlari aynan paxta terimi kunlari edi, desam, yanglishmayman. “Brigada kunlari”, “Qizlar kuni”, “Yigitlar kuni” kabi bayramlarimiz, urf-odatlarimizni sahnalashtirib, tomoshalar uyushtirish hammaning jon-u dili edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, keyingi yillarda “Paxtaga ketarkanmiz” degan xabarni orziqib kutardik. Yormat akadek fidoyi ustozlarimiz ikki yuz chog‘li talabalar hayoti uchun qanchalik jon kuydirishganini keyinroq his etganmiz, albatta.
O‘qishlar boshlanib ketgach, fakultet ilmiy muhitga qaytdi. Yormat akaning nafaqat mohir rahbar, balki ilmiy salohiyati juda yuqori olim ekanligiga guvoh bo‘ldik. Nafaqat talabalar auyditoriyasida, balki keyinchalik o‘qituvchilarning malaka oshirish kurslarida ham ustozning ma’ruzalarini eshitganmiz. Bu saboqlarda kitoblarda uchramaydigan qiziqarli va muammoli faktlar o‘rtaga tashlanardi hamda qizg‘in muhokama boshlanardi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, dars tugaganini ham sezmay qolardik.
Ilmiy ish yozish niyatida yurganimda yaqin dugonam Gulchehraning Yormat aka rahbarligida dissertatsiya yozayotganini bilganimdan keyin bir qarorga kelib, domlaga uchrashdim. Domlaning maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan uch oyga qolmasdan ilmiy ish yozildi. Himoya ham juda chiroyli o‘tdi…
Domlaning nafaqat ilmiy salohiyat, rahbarlik qobiliyati, balki insoniylik bobidagi madaniyati ham ibratli edi. Safdoshlarining to‘y-ma’rakalarida hamisha o‘sha xonadonga borib, yonlarida turar edilar. Hamkasb sifatida emas, bir aka yo ukadek, otadek yordamlarini ayamas edilar.
Domlaning g‘ayratiga havas qilmay iloj yo‘q. Umrining so‘nggi kunlarigacha saboq berib o‘tgan, ilmiy ishlarga rahbarlik qilgan bu olim O‘zbekiston Milliy universitetida, Gulistonda malaka oshirish kurslarida ilm xazinasini ulashishga harakat qildilar. Xullas, domlaning sermazmun umri ilm ahli uchun katta hayot maktabi bo‘lib qoldi…
Albatta, domla haqida aytilayotgan bu gaplar xamir uchidan patir, xolos. Ularning biz bilmagan qancha qirralari bor. Ustozning minglab shogirdlarga qoldirgan ilm ganjinasi zavol bilmaydi. Alloh domlamizni rahmatiga olsin. Xonadonlarida USTOZ chirog‘i hech qachon o‘chmasin.


Dilfuza Shodiyeva,
filologiya fanlari nomzodi.
Download 17,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish