Buxoro davlat universiteti M Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim
fakulteti 14-1 BTU-19 guruhida
“Ustozlik sharafi. 1 oktyabr – ustoz va
murabbiylar kuni” mavzusidagi
B A Y O N N O M A S I
Buxoro shahri:
Qatnashdilar: 14-1BTU-19 guruh murabbiysi Yusufzoda Shabnam hamda guruhning 27 nafar talabasi
Kun tartibi:
1.Jamiyatimizda va davlatimizda bo’layotgan siyosiy yangiliklardan talabalarni xabardor qilish.
2. “Ustozlik sharafi. 1 oktyabr – ustoz va murabbiylar kuni” mavzusida talabalar bilan mashg’ulotni o’tkazish.
3. Insoniylik fazilatidan “mehr-oqibat” haqida suhbat.
4. O’tkir Hoshimovning “ Ikki eshik orasi” asaridagi qahramonlarning ijobiiy xislat va fazilatlari haqida suhbat.
Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. Shu sababli mamlakatimizda o‘qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga harakat qilinmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ta`lim tizimini jahon andozalari asosida isloh qilish, yangi ilm maskanlari qurish, ularni zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlash ishlari izchil davom ettirilmoqda. O‘qituvchilik azal-azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoni bilan 1-oktyabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilangan. Mamlakatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning obro‘-e’tiborini yanada oshirish, yoshlarimizning bizdan ko‘ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Haqiqatan ham, o‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir.
Bu haqda fikr yuritar ekanmiz, ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning: “Avlodlaringizga faqat bugunning emas, kelgusi zamonning ilmini o‘rgating”, degan so‘zlari beixtiyor yodimizga tushadi.
Sharqda, xususan, Markaziy osiyoda ustoz maqomi nihoyatda baland. Muayyan kasb, hunar yoxud san’at egasi o‘z sohasining sir-asrorlarini shu sohaning boshqa yetakchi, tajribali bilimdonidan o‘rganadi va xuddi shu joyda ustoz-shogirdlik munosabati shakllanadi.
Ilm jabhasida bu so‘z rasmiy xarakterga ega. Deylik, bir fan nomzodining faqat birgina rasmiy ustozi bo’ladi. Xalqimiz tilidagi mashhur maqolni esga olaylik: Ustoz – otangdan ulug‘. Ushbu maqol shaklini bir oz tahrir bilan «otangdek» deydigan ham bo‘lishdi. Bu uncha to‘g‘ri emas. Unutmaslik kerakki, bu o‘rinda gap «gap» haqida emas, «maqol» haqida ketyapti.
Maqol bu xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos janri — adabiy hodisadir. Adabiyot esa so‘zga, fikru mulohazaga pardoz beradi, oshirib gapirishni taqozo qiladi. Binobarin, maqolga so‘z san’ati mezonlaridan kelib chiqib munosabat bildirish lozim. Maqol tarkibidagi «dan»ni «dek» deb o‘zgartirish uning so‘z san’atiga xos xususiyatini xiyla siyqalashtiradi. Demoqchimanki, adabiy unsur mubolag‘asiz qo‘llansa, maqolning o‘ziga xos tarovatiga putur etadi. Boz ustiga maqol mohiyati ota mavqeini pasaytirishni emas, ustozga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan alohida ehtiromni o‘zida majassamlashtirgan.
Hayotda goho oilaviy sharoitidan, aniqrog‘i otasining noshudligidan aziyat chekkan odamlar ham uchraydi. Ularga shu maqol shakllarini ko‘rsatsangiz, shubhasiz, birinchisini — «otangdan ulug‘» degan muqobilni tanlaydi. Bu yerda boshqa paradoks bor. U o‘z fikrining to‘g‘riligini yetarlicha anglayapti. Ya’ni, u masalaga o‘z hayotidan kelib chiqib munosabat bildiryapti. Shunga qaramay, uning fikri mashhur maqol mohiyatiga to‘la mos
3-reja asosida talaba Hamdamova Xursanoy gapirdi.
4-reja asosida talabalarning fikrlari so’rab suhbat o’tkazildi.
QAROR QILINDI:
1. Barcha aytilgan fikrlar ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mavzuga oid ma`lumotlarni chuqurroq o`rganish va ularga amal qilish guruh talabalari zimmasiga yuklatildi
Guruh murabbiysi: Yusufzoda Shabnam
Kotiba: Azamova Marjona (talaba)
Do'stlaringiz bilan baham: |