«устоз-шогирд» муносабатларини такомиллаштиришда шарқ мутафаккирлари ижодидан фойдаланишнинг педагогик шарт-шароитлари


III BOB. «USTOZ-SHOGIRD» MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI IJODIDAN FOYDALANISHNING TASHKILIY-METODIK ASOSLARI VA SAMARADORLIGI



Download 0,8 Mb.
bet28/39
Sana14.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#365159
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
“USTOZ-SHOGIRD” MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI IJODIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI (Jorayev B)

III BOB. «USTOZ-SHOGIRD» MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI IJODIDAN FOYDALANISHNING TASHKILIY-METODIK ASOSLARI VA SAMARADORLIGI

III.1. «Ustoz-shogird» munosabatlarini takomillashtirishda Sharq mutafakkirlari ijodidan foydalanishni tashkil etish va o’tkazish

Qadimgi Sharqda vujudga kelgan, o’z davrining etakchi ilmiy, irfoniy, ma’naviy, axloqiy fikrlar, qarashlar majmuasini yaxlit tarzda o’zida mujassamlashtirgan ta’limotlarida ilm-fanga munosobat, uni ulug’lash, qo’llab-quvvatlash asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Ta’lim jarayonining samarali kechishi va maqadga erishishi birinchi navbatda jamiyatdagi muhit, shuningdek, bir qator ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar bilan bog’liqdir.

Biz sharqona ustoz va shogird munosabatlarida qo’llanilgan usul va metodlarning hozirgi kunda qo’llash samaradorligini aniqlash va bu g’oyalarning har tomonlama etuk, barkamol shaxni shakllantirish jarayoniga xizmat qilishini e’tiborga olgan holda 2014 va 2016-yillarda Buxoro Pedagogika kolleji, Buxoro engil sanoat va pedagogika kolleji, Buxoro davlat universiteti o’quvchi talabalarining umumiy tushunchalarini muayyan test savollariga javoblari orqali aniqlashga harakat qildik.

“Ustoz va shogird odobi an’analari”ga oid tushunchalar darajasini aniqlash maqsadida tayanch muassasalarda tajriba-sinovlarimizni quyidagi test savollari asosida olib bordik :

1) «Assalomu alaykum» jumlasining ma’nosi nima?
A) Tinchlik

B) Baxtli bo’l

S) Sizga tinchlik va omonlik bo’lsin

D) Omonlik

E) Salomat bo’ling

2) Odob bor erda — nima bor?
A) Tinchlik, shodlik va mukammallik
B) Tinchlik bor

S) Xotirjamlik bor D) Imon bor

E) Go’zallik bor

3) «Bir kun tuz ichgan joyingga
A) Sakkiz yil duo qil.

B) Qirk kun alik ol

S) Qirk kun salom ber

D) Sajda qil

E) A,V,S — javob to’g’ri

4) Eshik ochiq bo’lsa ham...
A) Chopib kir

B) Sekin kir

S) Salom berib kir

D) So’rab kir

E) A, S javob to’g’ri

5) «Odam borki odamlarning naqshidir, odam borki hayvon undan yaxshidir» kim aytgan?

A.A.Avloniy

B.A.Navoiy

S.Ulug’bek
D) Beruniy

E) Tug’ri javob yo’q

6) Odob-...
A) Boylik

B) Zebu —ziynat

S) Go’zallik

D) Buloq

E) Kishining zebu —ziynati

7) «Hunar» deganda nimani tushanasiz?

A) Muayyan tayyorgarlikni talab etib, odatda tirikchilik manbai bo’lgan mehnat faoliyatidir

B) San’at turi

S) Kasbning bir turi

D) Ustachilik

E) S,D — javoblar to’g’ri

8) «Hunarli» deganda nimani tushunasiz

A.Hunarni chala biluvchi

B.Biror hunarni biluvchi

S.Hunar bilan shug’ullanuvchi — usta
D) Ishini yaxshi biluvchi

E) Ustozga shogird tushgan kishi

9) An’ana — nima ?

A.Urf —odatlar

B.Avlodlardan avlodlarga o’tib borayotgan va muayyan jamiyat
ichida saqlangan madaniy meros.

S.Axlokiy normalar

D. G’oyalar va kadr — kimmat

E) V, D — javoblar to’t-ri

10) Hakorat

A)So’kish, maktash, urish

B)Yarim —yalang’och yurish

S)Ustozni g’iybat kilish

D) Kishini uyat so’zlar bilan so’kish, axmoqlik, adabsizlik

E) Birovni urish

11) «Kimni — kim ustodi yo’k, Ham ishin bunyodi — yo’q!
Ma’ni yo’lida g’aribdir, Kishini —kim ustodi yo’q!» Ushbu satrlarni kim aytgan?

A) Beruniy

B) Navoiy

S) Kamoliddin Behzod

D) Husayin Voiz Koshifiy

E) Amir Temur

12) G’iybat deganda nimani tushunasiz?

A)Birovni orkasidan yaxshi va yomon tomonlarini maktab yurish

B)Ko’p so’zlashish

S)Yomon tomonlarini gapirish

D) Birovning orkasidan bo’lmag’ur, asossiz ran yuritish, kir kidirib yurish.

E) A va V — javoblar to’g’ri
13) Kishilarning ongini, bilimini, ma’daniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim —tarbiya— bu

A.Bilim

B.Ma’rifat

S.To’g’ri javob yo’k!
D. Odob

E. Xulq

14) Ustoz — kim?

A.Hunar o’rgatuvchi

B.Sohani o’rgatuvchi

C) O’kitgan, hunar, ilm, tarbiya bergan va fan —hunar
cho’qqilariga etaklagan

D) Odobli inson

E) Vijdonli o’kituvchi

15) Shogird deganda kim tushuniladi?

A.Ustozni yordamchisi

B.O’rganuvchi shaxs

S.Hunar o’rgatuvchi

D. Usta yoki mutaxassisdan hunar yoki ilm o’rganayotgan kishi

E. Ilm o’rganuvchi

16) Vatan uchun, xalqi uchun fidokorona mehnat kiluvchi va zarur bo’lsa, ular uchun jonini ham fido qiluvchi

A.Odobli

B.Bilimli

S.Vatanparvar
D) Baynalminal
E) Insonparvar

17) «Inson zebi — ziynati — bilim va odobidadir.» Bularni
shogirdlariga singdirgan ustozlargina chinakam ustozdir.» Bu
satrlarning muallifi kim?

A.Alisher Navoiy

B.Muxammad Bobur

S.Firdavsiy
D) Ro’dakiy

E) Axmad Yassaviy

18) Odobli deganda nimani tushunasiz?

A.Millatimiz to’plagan barcha ijobiy fazilatlarga ega bo’lish

B.Ustozni hurmat qilish

S.Mehnatsevarlik

D) A va S javoblar turri

E) Axlokli

19) Mustaqil fikr yurita oladigan inson ...

A.Aqlli

B.Sog’lom

S.Mexnatsevar
D) Vatanparvar
E) Insonparvar

20) “Futuvvatnomai sultoniy” asarining muallifi kim?

A. Alisher Navoiy

B.Husayn Voiz Koshifiy

S.Abdurahmon Jomiy

D. Beruniy

Kollej o’quvchilari tomonidan «Assalomu alaykum» jumlasining ma’nosi nima? degan savolga 245 nafar o’quvchidan 135 nafari, 55 % to’g’ri javob berolmadi, 110 nafar, ya’ni 45 % respondent esa to’g’ri javob berdi.



Odob bor erda — nima bor? degan savolga respondentlarning 220 nafari, 89 % to’g’ri, 25 nafari 11 % noto’g’ri javob berdilar.

«Bir kun tuz ichgan joyingga...” degan savolga respondentlarning 130 nafari 53 % noto’g’ri , 115 nafari, 46% to’g’ri javob berdilar.

Eshik ochiq bo’lsa ham...Savoliga 140 nafar, 57 % respondentlar noto’g’ri, 105 nafar, 43 % respondentlar to’g’ri javob berdilar.

«Odam borki odamlarning naqshidir, odam borki hayvon undan yaxshidir» kim aytgan? degan savolga respondentlarning 185 nafari, 75 % noto’g’ri, 60 nafari, 25 % to’g’ri javob berdilar.

Odob-...? degan savolga respondentlarning 157 nafar, 64 % noto’g’ri, 88 nafar, 36 % to’g’ri javob berdilar.

«Hunar» deganda nimani tushanasiz?degan savolga respondentlarning 182 nafari, 74 % noto’g’ri, 63 nafari, 26 % to’g’ri javob berishdi.

«Hunarli» deganda nimani tushunasiz? savoliga respondentlarning 224 nafari, 91 % noto’g’ri, 21 nafari, 9 % to’g’ri javob berdilar.

An’ana — nima ? degan savolga respondentlarning 125 nafari, 51 % noto’g’ri, 120 nafari, 59 % to’g’ri javob berdilar.

Hakorat-… degan savolga talabalarning 178 nafari, 72 % noto’g’ri, 67 nafari, 28 % to’g’ri javob berdilar.

«Kimni — kim ustodi yo’k, Ham ishin bunyodi — yo’q!

Ma’ni yo’lida g’aribdir, Kishini —kim ustodi yo’q!» Ushbu satrlarni kim aytgan? degan savolga respondentlarning 173 nafari, 70 % noto’g’ri, 72 nafari, ya’ni 30 foizi to’g’ri javob berdilar.

G’iybat deganda nimani tushunasiz? degan savolga respondentlarning 162 nafari, 66 % noto’g’ri, 83 nafari, 34 % to’g’ri javob berganlar.

Kishilarning ongini, bilimini, ma’daniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim —tarbiya— bu? degan saolga respondentlarning 180 nafari, 73 % noto’g’ri, 65 nafari, 37 % to’g’ri javob bergan.

Ustoz — kim? savoliga respondentlarning 192 nafari, 78 % noto’g’ri, 53 nafari, 22 % to’g’ri javob berishgan.

Shogird deganda kim tushuniladi? degan savolga respondentlarning 225 nafari , 91 % noto’g’ri, 20 nafari, 9 % to’g’ri javob berdilar.

Vatan uchun, xalqi uchun fidokorona mehnat kiluvchi va zarur bo’lsa, ular uchun jonini ham fido qiluvchi? degan savolga respondentlarning 228 nafari, 93 % noto’g’ri, 17 nafari, 7 % to’g’ri javob berdilar.

«Inson zebi — ziynati — bilim va odobidadir.» Bularni shogirdlariga singdirgan ustozlargina chinakam ustozdir.» Bu satrlarning muallifi kim? degan savolga talabalarning 233 nafari, 95 % noto’g’ri, 12 nafari, 5 % to’g’ri javob berishgan.

Odobli deganda nimani tushunasiz?savoliga respondentlarning 140 nafari, 57 % noto’g’ri, 105 nafari, 43 % to’g’ri javob berdilar.

Mustaqil fikr yurita oladigan inson ... ? degan savolga respondentlarning 228 nafari, 93 % noto’g’ri, 17 nafari, 7 % to’g’ri javob berdilar.

“Futuvvatnomai sultoniy” asarining muallifi kim? degan savolga respondentlarning 197 nafari, 80 % noto’g’ri, 48 nafari, 20 % to’g’ri javob berdilar.



Test savollari yakunida har bir kollej va universitet o’quvchi va talabalari bilan suhbatlar o’tkazdik. Suhbatda ular ajdodlarimizning qadimiy qadriyatlardan hisoblangan ustoz va shogird an’anas, shogird tushish odobi, ustozning shogimrd oldidagi odobi, shogirdning ustoz oldidagi odobi haqida ma’lumotlar kamligini ta’kidlashdi.

Shu o’rinda ta’lim muassasalarida dissertatsiya maqsadi va ishchi ilmiy farazidan kelib chiqib, o’tkazgan tajribalarimiz va beradigan tavsiyalarimizning samaradorligini aniqlash maqsadida, Pedagogika kollejlari uchun mo’ljallangan ba’zi namunaviy fan dasturlari mazmunida sharqona ustoz va shogird munosabatlari haqida qisqa ma’lumotlar, ba’zi dasturlarda esa umuman ma’lumotlar berilmaganligini ham aniqladik.

Biz o’z tadqiqotlarimizda yuqoridagi kollej va universitetdagi pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishlardagi o’qituvchilari bilan hamkorlikda amaliy mashg’ulotlar hamda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish jarayonida, shuningdek ma’rifiy-ma’naviy tadbirlarda: «Ustoz va shogird an’anasi», “Ustoz va shogird an’anasining zamonaviy tendentsiyalari”, “Shogird tushuish odobi”, “Ajdodlarimiz merosida ustoz va shogird munosabatlari talqini kabi mavzularidan foydalanganimiz o’zining ijobiy samaralarini berdi.

Shu ehtiyojdan kelib chiqib kechalar, suhbat, bahs-munozara, intellektual o’yinlar o’tkazilib tajriba guruhidagi 245 nafar talabalar bilan ikkinchi bosqich anketa so’rovlarini o’tkazdik va quyidagi natijalarni olishga erishdik.

Birinchi savolga 245 nafar respondentdan 237 nafari, 96,7 % to’g’ri, 8 nafar, 3,3 % noto’g’ri javob berdi. Ikkinchi savolga 243 nafar talaba, 99 % to’g’ri, 2 nafar, 1 % talabalar noto’g’ri javob berishgan. Uchinchi savolga respondent talabalarning 232 nafari, 94,6 % to’g’ri, 13 nafari, 5,4% noto’g’ri javob berdilar. To’rtinchi savolga respondentlarning 226 nafari , 92 % to’g’ri, 19 nafari, 8 % noto’g’ri javob berishgan. Beshinchi savolga respondentlarning 217 nafari 88,5 % to’g’ri, 28 nafari, 11,5 % noto’g’ri javob berishdi. Oltinchi savolga respondentlarning 236 nafari , 96 % to’g’ri, 9 nafari, 4 % noto’g’ri javob berdilar. Ettinchi savolga respondentlarning 214 nafari, 88 %, to’g’ri, 28 nafari, 12 % noto’g’ri javob berdilar. Sakkizinchi savolga respondentlarning 241 nafari 98 % to’g’ri, 4 nafari, 2 % noto’g’ri javob berdilar. To’qqizinchi savolga respondentlarning 206 nafari 84 % to’g’ri, 39 nafari 16 % noto’g’ri javob berdilar. O’ninchi savolga respondentlarning 211 nafari, 86 %, to’g’ri, 34 nafari, 14 % noto’g’ri javob berdilar. O’n birinchi savolga respondentlarning 209 nafari, 85 % to’g’ri, 36 nafari, 15 % noto’g’ri javob berdilar. O’n ikkinchi savolga respondentlarning 215 nafari , 87,7 % to’g’ri, 30 nafari, 12,3 % noto’g’ri javob berdilar. O’n uchinchi savolga respondentlarning 216 nafari, 88 % to’g’ri, 29 nafari, 12 % noto’g’ri javob berdilar. O’n to’rtinchi savolga respondentlarning 234 nafari, 95,5 % to’g’ri, 11 nafari, 4.5% noto’g’ri javob berdilar. O’n beshinchi savolga respondentlarning 201 tasi, 82 % to’g’ri, 44 nafari, 18 % noto’g’ri javob berdilar. O’n oltinchi savolga respondentlarning 198 tasi, 80 % to’g’ri, 47 nafari, 20 % noto’g’ri javob berdilar. O’n ettinchi savolga respondentlarning 203 nafari, 82,8 % to’g’ri, 42 nafari, 11,2 % noto’g’ri javob berdilar. O’n sakkizinchi savolga respondentlarning 221 nafari, 90 % to’g’ri, 24 nafari, 10 % noto’g’ri javob berdilar. O’n to’qqizinchi savolga respondentlarning 231 nafari, 94 % to’g’ri, 16 nafari, 6 % noto’g’ri javob berdilar. Oxirgi yigirmanchi savolga respondent-talabalarning 217 nafari 88,5 % to’g’ri, 28 nafari. 11,5 % noto’g’ri javob berdilar.

Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, olib borgan tajriba-sinov ishlarimiz davomida biz tomondan berilgan tavsiyalar asosida o’quvchi va talabalarning “Sharq mutafakkirlari ta’limotida ustoz va shogird munosabatlari” haqidagi bilimlari ancha kengaygan.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish