II.3. Darsdan tashqari ishlar jarayonida o’quvchilarda “ustoz shogird” munosabatlarini takomillashtirishda Sharq mutafakkirlari ijodidan foydalanish vositalari
Tarbiyaviy jarayon ongli, mas’uliyatli faoliyat hisoblanib, unda o’kituvchi-murabbiy tarbiyalanuvchilarni komil inson qilib etishtirishda har tomonlama, ya’ni pedagogik, psixologik, ma’naviy, ma’rifiy ta’sir ko’rsatishi lozim bo’ladi.
Komil inson g’oyasi-ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo’lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollik— ni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g’oyadir5.
O’qituvchi-murabbiylar o’quv —tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishida o’quvchilarni ma’naviy jihatdan yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalashning turli kirralari, shakl va uslublarini bili — shi, bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi kerak.
O’quv—tarbiyavi tadbirlar deganda — ta’lim muassasalari, jumladan o’rta maxsus, kasb —hunar ta’limi muassasalari, umumiy o’rta ta’lim maktablari, ko’shimcha ta’lim — tarbiya muassasalari, davlat, xususiy, ishlab chiqarish korxonalari, mahalla va jamoatchilik orasida o’quvchilar ishtirokida o’quv rejalari asosida bir necha fanlarga tayangan holda tashkil etilib, o’tkaziladigan ijtimoiy foydali mashg’ulotlar majmui nazarda tutiladi.
Shuningdek, o’quv — tarbiyaviy tadbirlarni tashkil kilish metodikasi ijtimoiy jarayon hisoblanib, u milliy ong va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishga xizmat qiladi hamda o’qituvchi — murabbiy uning quyidagi maqsad va vazifalarini belgilab olishi lozim bo’ladi:
O’kituvchi — murabbiy o’tkaziladigan o’quv — tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyatlardan keng foydalanishi;
o’quvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini o’rganib, unga
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish maxoratiga ega bo’lishi;
o’quv — tarbiyaviy tadbirlar uchun zarur metodlarni tanlab, ko’z-
langan maqsadga erishish chora — tadbirlarini kura bilishi;
Ilg’or tajribalarni kuzatib, taxlil qilib, undan ijodiy foy —
dalanishi;
o’quv — tarbiyaviy tadbirlarni o’quvchilarning ruxiyatiga kanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirishi va takomillashtirishi;
o’quv — tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini oshirishda uz bilimini tarkibiy ravishda boyitib borishi;
o’quvchilarning o’quv fanlaridan olgan nazariy bilimlarini xar tomonlama kengaytirishi va chukurlashtirishi;
o’quvchilarning darslardan olgan nazariy bilimlarini kundalik xaet va ishlab chikarish amaliyoti bilan boglashi;
o’quvchilarni o’quv — tarbiyaviy tadbirlar jarayonida boshka o’quv fanlariga bo’lgan kizikishlarini orttirishi;
o’quvchilarning o’zlarining mustaqil bilimlarini kengaytirishi hamda ularda ko’nikma va malakalar hosil kilishlarida yordam berishi;
o’quvchilar jamoasini o’zaro va kattalarga nisbatan hurmat, kichiklarga izzat ruhida tarbiyalashga xizmat kilishi lozim.
O’quv — tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda pedagogik mahorat
Pedagogik san’at vaziyat bilan bog’lik. Bu erda har gal hamma narsa guyo yangidan sodir bo’lgandek tuyuladi. Binobarin, kishi o’zi-ning har bir kadamini oldindan ko’rishi, rivojlantirishi amalda mumkin bo’lmaydi. Pedagogning mehnati — bu behad izlanish, azob uqubatli kechinmalar, ilhom, betakror ishlar, hafsalaning pir bo’lishi, o’quvchilar bilan birgalikda boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil kilish kabilardir. Pedagogik san’at — bu qandaydir ko’l bilan tutib bo’lmaydigan, fahm —farosat bilan amalga oshiriladigan jarayondir.
Har qanday ijodkorlik, buning ustiga pedagogik ijodkorlik quruq joyda, faqat hissiy kechinmalar asosida boshlanishi mumkin emas. Tarbiya san’atida o’zining pedagogik mahorati, o’zining «bir kolipdagi» mehnat madaniyati borki, ularni bilib olish zarur. Pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish butun tizimi ana shuni bilib olishga karatilishi kerak. Birok, hali hech kim oliy o’quv yurtida o’kib yoki o’qituvchilar malakasini oshirish kursini tamomlagandan keyin usta pedagog bo’lib kolmagan. Pedagogik mehnat ustalari ta’lim muassasalarida vujudga keladi, o’quvchilar bilan muomalada shakllanadi.
Demak, tarbiyaviy tadbirlar jarayonida pedagog pedagogik mahoatga ega bo’lish bilan birga, u o’quvchi qalbini tushunishi, uning qiziqish va moyilliklarini his kilishi kerak. Shunga ko’ra tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishi va o’tkazishi lozim. Albatta, rejalashtirish o’quvchilarning maslahatisiz amalga oshirib bulmaydi. Tarbiyaviy tadbirlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda o’quvchilar faol bo’lishsin, o’qituvchi esa nazoratchi sifatida namoyon bo’lsin. Shundagina ko’zlangan maqsadga anik va tez erishish mumkin.
O’quvchilar bilan tarbiyaviy tadbirlar o’tkazishda o’qituvchining muomala odobi ham juda katta ahamiyatga egadir. O’qituvchining o’quvchilar bilan bevosita yoki bilvosita muomalasi o’tkazilishi lozim bo’lgan tarbiyaviy tadbirlarga tayyorgarlik jarayonida sodir bo’ladi. Mazkur jarayonni o’quvchilarning muomalasiga ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos vositasi deb qarash mumkin.
Muomala — bu ma’lumotlar, axborotlar jarayonidir. Ushbu jarayon ikki yo’nalishda, ya’ni boshqarish sub’ektidan (o’qituvchidan) boshqarish ob’ektiga (o’quvchiga) borishi yoki aksincha — ob’ektdan sub’ektga borishi mumkin. O’qituvchi bevosita shaxslararo muomaladan o’z tarbiyalanuvchilari, umuman jamoa hakida, undagi ichki jarayonlar haqida g’oyat xilma —xil ma’lumotlarga ega bo’ladi va hokazo. O’z navbatida o’qituvchi muomala jarayonida o’z o’quvchilariga ham ustoz va shogird odobi an’analari mavzusiga qaratilgan ma’lumotlarni ma’lum qiladi. Bunda o’qituvchi o’tkazilishi kerak bulgan tarbiyaviy tadbirlar mazmuni, shakli, vositalari haqida o’z tarbiyalanuvchilariga ma’lumot berish bilan birga, ularning ishlash jarayonlari haqida ham tushuncha beradi.
“Ustoz – shogird an’analari” mavzusidagi o’quv -tarbiyaviy tadbirni o’tkazish metodikasi
O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish jarayoni ongli, mas’uliyatli, tashkiliy faoliyat bulib, unda o’qituvchi-murabbiy o’quvchilarni komil inson qilib etishtirishida har tomonlama unga ta’sir etishi lozim bo’ladi. Ular o’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishida usib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy, ma’rifiy jixatdan yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash san’atining kirralarini, shakl va yo’llarini bilishlari lozim.
O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish orqali milliy ong va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishga xizmat qiladi. O’qituvchi-murabbiylar o’quv -tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyatlardan shuningdek, ustoz —shogird odobidan keng foydalanishi hamda o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishga oid bo’lgan metodlarni bilishi kerak.
O’quv — tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishning metodik asoslari ajdodlarimizdan qolgan xalq og’zaki ijodiyoti, yozma yodgorliklar, Markaziy Osiyol mutafakkirlari, ma’rifatparvarlar va olimlarning boy merosidir. Shy bilan birga o’qituvchi uzining pedagogik mahorati va tarbiyachilik san’atiga suyangan holda tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishning sharqona, milliy va o’ziga xos-ma’rifatli, o’z Vatani va xalqining ravnaqi yo’lida fidokorona xizmat qiladigan, bir so’z bilan aytganda, har tomonlama barkamol, hunarmand ustalarni tarbiyalab etkazish borasida mehnat qilmokdalar.
Biz ajdodlarimizning ma’naviy merosi bo’lgan «Ustoz va shogird an’analari» mavzusidagi tarbiyaviy tadbirga yig’ildik. Men pedogogik jamoamiz nomidan, Sizlarga, kelajagimiz yoshlariga, sihat — salomatlik, ulkan zafarlar hamda komil inson bo’lib etishishingizni tilab qolaman».
Boshlovchi navbatdagi so’zni kollej direktoriga beradi. U «Etuk kadrlar taiyorlashda ustoz va shogird an’analari» mavzusida ma’ruza o’kiydi. Shundan so’ng o’quvchilar tomonidan «Ustoz va shogird odobi an’analari» ga bag’ishlangan chiqishlar qilinadi. Chiqishlar guruhlarga bo’lingan holda namoyish etiladi.
Tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
Tadbir stsenariysi yoziladi.
O’quvchilar guruhi: «Donishmandlar hunar haqida» mavzusida
chiqish qiladilar.
«Ustoz va shogird» haqida rivoyatlar 2 ta kichik sahna ko’rinishda tashkil etiladi.
1. Hunar o’rgan, hunarda ko’p sir (rivoyat)
2. Kekkaygan shogird (rivoyat)
3.Ustozlar nasihati (2 o’quvchi o’kib beradi)
4.Ustoz va shogird odobi an’analariga oid maqollar.
5. Guruhlar o’rtasida maqollar bo’yicha musobaka.
6) Maqollar mazmunini aytib berish (bir -biriga aytib)
6. Ustoz va shogird odobi an’analari va uning mezonlar (Bir guruh o’quvchilar (6—10 ta) yoddan aytib beradilar.)
7.o’quvchilar o’zlari tayyorlagan kontsert dasturini namoyish
etadilar.
8.Har bir guruhlarni hay’at a’zolari baholaydilar.
9. G’oliblarga kimmatbaho sovgalar topshiriladi.
Shunday qilib, «Ustoz va shogird an’analari» ga bagishlangan tarbiyaviy tadbir yakunlanadi.
Ushbu tadbirni o’tkazishdan maqsad Prezidentimi: I.A.Karimov aytganlaridek, « —...kelajak avlod hakida qayg’urish sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning xususiyatlarimizdir». Shu fikrga tayangan holda «Ustoz va shogird an’analari»ga bagishlangan tadbir, Milliy istiqlol g’oyalari asosida barkamol avlodni shakllantirish tamoyiliga qaratiladi.
«Ustoz va shogird an’analari» mavzusiga bag’ishlangan o’quv — tarbiyaviy tadbirning o’tkazilish bosqichlari
«Ustoz va shogird odobi an’analari» mavzusida o’quv — tarbiyaviy tadbirining bosqichlari quyidagicha bo’lishi mumkin: tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi:
Tayyorgarlik bosqichida:
tadbir o’tkaziladigan kuni, joyi va vaqti aniqlanadi;
reja va stsenariy tuziladi;
asosiy bosqichga tayyorgarlik ko’riladi;
mehmonlarga taklifnomalar tayyorlanadi va beriladi;
hakamlar hay’atining tarkibi tuziladi;
rag’batlantirish uchun sovgalar tashkil etiladi.
Tayyogarlik bosqichida quyidagilarga amal qilinadi:
— e’lon yoziladi (tadbir o’tkazish kunidan 15 — 20 kun ilgari qatnashayotgan guruhlar; mavzu shartlari; kuni; vaqti; joyi belgilanadi va e’lonlar taxtasiga yozib ko’yiladi);
Mehmonlar taklif qilinadi (ota —onalar, faxriy o’qituvchilar va mexnat axllari; universitet professor — o’qituvchilari; o’quvchilar va boshkalarga tadbirdan 5 — 6 kun oldin taklifnomalar beriladi);
mavzuga oid tarbiyaviy tadbir qat’iy kun tartibi (renglament)ga rioya kilinishi shart;
mikrofon, videokamera, fotoapparat, stol, stul va boshqa shu
kabi kerakli jixozlar tayyorlanadi;
-tadbir o’tkaziladigan joy (zal, saxna, san’at saroyi, kollej hovlisi, sinf va boshkalar) bezaladi (bunda: mavzuga oid stendlar; rasmli devoriy gazetalar; shiorlar; chakiriklar; alloma va muta-fakkirlarni mavzuga oid xikmatli so’zlari, o’gitlaridan namunalar oldindan tayyorlab, chiroyli xarflar bilan yozilib, yogoch, daraxt yoki devorlarga ilib ko’yiladi).
Asosiy bosqichda: bajarilish izchilligi quyidagi shartlar aso¬sida: ifodali o’qish, mustaqil mavzu, nazariy qism, badiiy qism, amaliy mashg’ulot va shu kabilar bo’lishi tavsiya etiladi. Ular badiiy chikishlar bilan uygunlashtirib olib boriladi.
“Ustoz va shogird an’analari” mavzusiga bag’ishlangan o’quv — tabiyaviy tadbirda ishtirokchilar faoliyatini baholash mezonlari va shartlarining mazmuni o’quv — tarbiyaviy tadbirda ishtirokchilar 100 ballik baholash tizimi asosida baholanadilar.
1. bajara olish darajasi. (At)
«Ustoz va shogird odobi an’analari» mavzusidagi rollarni bajara olish darajasini baholash uchun — 20 ball.
2. Ustoz va shogird odobi an’analariga oid bilimini baholash qismi: (A2).
Mavzuga oid tuzilgan test savollariga beriladigan javoblari uchun 16 ball (xar biriga 4 balldan beriladi).
3. “Ustoz va shogird odobi an’analari” ga oid rivoyat va hikoyatlar, hikmatli so’zlar va maqollar aytish uchun (A3) —20 ball.
Har bir rivoyat va hikoyatlar uchun 5 balli mezon asosida baho — lanadi.
Rivoyat uchun — 5 ball;
Hikoyat uchun — 5 ball;
Hikmatli so’zlar uchun — 5 ball
Maqollar uchun — 5 ball.
4. «Ustoz va shogird odobi an’analari» ga oid saxnali ko’rinish
(A4) ni baholash uchun — 25 ball.
Saxnaning bezatilishi — 5 ball.
Ijrochining kiyinishi — 5 ball.
Ijrochining o’zini tuta bilishi — 5 ball.
Mavzuning tanlanishi — 5 ball.
Saxnada kuyilgan maqsadning mukammal yoritib berilishi — 5 ball.
V. Badiiy qism(A5)
Ukuvchilar tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi va baholash uchun — 10 ball ajratildi
ifodali she’r o’kishi uchun — 2,5 ball;
ashula ijro etish uchun — 2,5 ball;
askiya etishi uchun — 2,5 ball;
raqsga tushish uchun — 2,5 ball;
Yuqoridagi qismlarning xar biri aloxida — aloxida baholanib ko’shiladi va uni umumlashtirilgan xolda 5 ga bo’lib, o’rtacha arifme¬tik kiymatini topish orkali g’olib (S) guruh aniklanadi.
“Ustoz va shogird odobi an’analari” ga bag’ishlangan tadbirni o’tkazishning axamiyati shundaki, nafakat guruh g’olibi aniklanadi, balki guruhlarda ishtirok etgan xar bir o’quvchining nazariy va badiiy chiqishlari moddiy va ma’naviy baholanadi hamda rag’batlantiradi.
O’quvchilar o’tkazilinadigan tadbirda kat’iy vaqt taksimoti asosida quyidagi shartlar bo’yicha o’zaro musobakalashadi hamda ularning bilimlari baholanadi.
1— shart: Amaliy mashrulotda har bir ishtirokchi naksh shartini bajaradilar. Mezon AJ berilgan.
2—shart: o’quvchining nazariy bilimlarini baholashda test yoki surovnoma savollaridan foydalaniladi. Har bir ishtirokchi 5 tadan test savollariga javob berishlari mumkin.
So’rovnoma savollariga o’quvchilar og’zaki yoki yozma javob berishlari mumkin. Mezon: to’g’ri javoblar soniga karab baholanadi.
3—shart: Sahna ko’rinishi ijro etiladi. Mezon: ma’nosi, mazmuni, ko’rinishi, mavzuta mosligi, ijro etish mahorati baholanadi.
4—shart: Rivoyat va hikmatli so’zlar aytib beradilar. Mezon: vaqti, ma’nosi, mavzuga mosligi, ijro etilish mahorati.
5—shart: Badiiy qismida tabrik, she’r, ashula, raqs ijro etiladi. Mezon: vaqti, ma’nosi, mavzuga mosligi, ijro etish mahorati baholanadi.
Tadbirdagi har bir bajarilgan shartlar badiiy chikishlar bilan uyg’unlashtirilib olib boriladi.
«Ustoz va shogird an’analari» mavzusida o’tkaziladigan o’quv — tarbiyaviy tadbirlarning senariysi
Maqsad: Ajdodlarimizning «Ustoz va shogird odobi an’analari» orkali o’quvchilarni shaxsiy va kasbiy fazilatlarini shakllanti — rish.
Mavzu: 2016 yil «Sog’lom ona va bola yili» da Navro’z bayramiga bag’ishlab «Ustoz va shogird an’analari» mavzusidagi o’quv — tarbiyaviy tadbiri.
Tayyorgarlik bosqichi:
O’tkazish vaqti: 2016 yil 18 mart.
O’tkazish joyi: Buxoro Pedagogika kolleji.
Mehmonlarni kutib olish va kuzatish: 14°°— 15°°gacha
Vazifa:
Tadbirni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish;
-o’quvchilarni nazariy bilimlarini tayyorlangan test savollari va savolnomalarga javob berish orqali aniqlash.
-o’quvchilarni amaliy bilimlarini sahna ko’rinishlari orqali aniqlash.
Ustoz va shogird, hunarmandlarni madh etuvchi she’r, ashula, rivoyat, hikoyat turli raqslar tayyorlash va ijro etish;
Tadbirga kelgan mehmonlar va g’olib chiqqan guruhlar uchun sovg’alarni tayyorlash va berish.
Ko’rgazma qurollari: Shiorlar, ustoz, shogird hamda hunarmandlar haqida plakatlar.
Albom va bukletlar: «Ustoz — otangdek ulug», «Ustoz va shogird odobi an’analari» ga oid.
Texnik vositalar: mikrofon, magnitafon, fotoapparat, video¬kamera, xontaxta, stol, stul va boshkalar.
Didaktik jiрozlar: Ustoz, ustoz va shogird, hunarmand mavzusidagi videofilmlar;
Milliy va ustozlarni madh etuvchi ashulalar yozilgan lazer dis klar.
Mavzuga oid kitoblar: «Ustoz va shogird odobi an’analari», «Ustoz va shogid an’anasi», «Ma’naviyat asoslari» va boshйalar.
Asosiy bosqich:
1— boshlovchi: Ustoz va shogirdlarni madh etuvchi she’r va tabrik so’zi.
2— boshlovchi: Mavzuga oid she’r va tabrik so’zi.
1—boshlovchi: Aziz mehmonlar, aziz ustozlar, hurmatli o’quvchilar va qadrli ota —onalar. Mana bugun bu o’quv maskanida “Ustoz va shogird an’analari” mavzusidagi o’quv — tabiyaviy tadbir o’tkazi ladi.
2 —boshlovchi: «Ustoz va shogird an’analari» mavzusidagi o’quv tarbiyaviy tadbirimizga tashrif buyurishgan aziz mehmonlarimiz bilan tanishtiramiz:_ _. Bugungi musobakani baholab boruvchi hakamlar hay’ati bilan tanishtiraman. Hakamlar hay’atining raisi — ..... hakam hay’ati a’zolari: rahbarning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha muovini:
1—boshlovchi: Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi xamda tarix fani o’qituvchilarimizdan: va o’quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini baholash bilan birga badiiy chikishlarini ham baholashadi.
2 —boshlovchi: Bizga musika ustozimiz: va guruh o’quvchilari yakindan yordam berishadi. Sizlarni katnashuvchi guruh a’zolari bilan tanishtiraman. Har bir guruhda 10 nafar o’quvchi ishtirok etishadi. Men ularni saxnaga taklif etaman, marhamat.
1 — boshlovchi: zukkolar guruhi qatnashchilari (gulduros qarsaklar ostida kirib kelishadi);
dono guruhi qatnashchilari (gulduros karsaklar ostida kirib kelishadi);
2 —boshlovchi: Sizlarga ushbu guruh a’zolarining o’zaro musobakalashadigan shartlari bilan tanishtiramiz (Ushbu tadbirda kat’iy kun tartibi (renglament) ga rioya kilishlari lozim.): 1—shart: Amaliy mashg’ulot: (Natijasi barcha shartlar tugagandan sung, tadbir oxirida e’lon kilinadi).
1—boshlovchi: 2 —shart: Tabriknoma: Bunda, xar bir guruhning 6 nafar o’quvchilari bir — birlarini bayram bilan tabriklashadi bunda, (tabrik so’zi, maqol, rivoyat, xikmatli so’zlar va boshkalar bo’lishi mumkin) bu jarayon 4 daqiqadan ya’ni 2 guruhning chiqishi 9 dakika davom etishi mumkin.
2 —boshlovchi: 3 —shart: Ifodali o’qish: Ushbu shartda o’quvchilar ustoz va shogirdlarga bag’ishlangan she’rlarni ifodali o’kishi kerak
1— boshlovchi: 4 — shart: Test savollariga javob berish: Ushbu shartda har bir guruhning 6 nafar ishtirokchilari kanashib, 4 tadan test topshirigi savollariga (yozma yoki ogzaki) javob berishadi, har bir test topshirigiga 5 tadan javoblar berilgan, shulardan to’g’ri javobni belgilashadi.
2—boshlovchi: 5 —shart: Mustaqil mavzu: Bunda ustoz va shogird odobi an’analariga oid saxna ko’rinishlari namoyish etiladi (10 daqiqadan davom etishi mumkin).
1 — boshlovchi: Amaliy mashg’ulotga o’quvchilar tayyor bulishsa, marhamat boshlang, vaqt boshlandi. o’quvchilar amaliy mashg’ulotni boshlashadi (60 daqiqa davom etadi).
Navbat «Ustozlar» ashulasiga
2 — boshlovchi: Ikkinchi shart bo’yicha guruhlarni baholash uchun so’z hakamlar hay’atining a’zosiga, marhamat!
Hay’at a’zosi: Mana, xammamiz o’quvchilarni birinchi shart bo’yicha chikishlarini tomosha kildik. Bu erda o’quvchilarning o’zlarini tutishi, mazmunli she’r o’kishi, ashula ijro etishi, sahnali kurinish ko’rsatishi kabilar inobatga olindi (o’quvchilar baholanadi va e’lon kilinadi). Rahmat sizga.
1 — boshlovchi: Endi navbatni uchinchi, ya’ni ifodali o’kish shartiga beraman. Navbat «Zukkolar» guruhiga, guruh a’zolaridan biri
«Ustoz va shogird» she’rini o’kib beradi, marhamat.
Navbat «Ustoz va shogird» she’riga.
2 —boshlovchi: Rahmat. Endi navbat «Dono» guruhining ishtirokchisiga. U bizga «Shogirdlar odobi» she’rini o’kib beradi, marhamat.
Navbat «Shogirdlar odobi» she’riga.
2 —boshlovchi: Navbatdagi to’rtinchi shartimiz «Test savollariga javob berish». Bunda hakamlar hay’ati tomonidan tayyorlangan ustoz va shogird odobi an’analariga oid test savollariga har bir guruhning 6 nafardan ishtirokchilari katnashishadi.
1 — boshlovchi: Marhamat, sahnaga har bir guruhning 6 nafardan ishtirokchisini taklif kilamiz. Ularning har biriga 5 tadan test topshiriklari beriladi.
Ishtirokchilar shulardan bittasini belgilashi kerak. Bu jarayon 2 dakika ichida sodir etilishi lozim. Marhamat, boshlang (o’quvchilar savollarni olishib, belgilab topshirishadi.)
1—boshlovchi: Hakamlar hay’ati baholagunga kadar «Zukko» guruqining ishtirokchilari ijrosida ustoz va shogirdlarni madh etuvchi she’rlar ijro etiladi. Marhamat.
2 —boshlovchi: Hakamlar hay’ati raisi: — Rahmat, mana har bir guruhga 6 tadan ustoz va shogird odobi an’analariga oid test savollari tayyorlab berilgan edi.
II bob bo’yicha xulosalar
Talabalar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishda ko’proq milliylikka, milliy merosimizga e’tiborni qaratish lozim. Istiqlol tufayli buning uchun keng imkoniyatlar ochildi. Vatanimiz kelajagi bo’lgan bo’lajak mutaxasssislarni odobli va olijanob inson qilib tarbiyalashda milliy merosimizning imkoniyati, uning kishilarmizga yaqinligi, ta’sirchanligi bilan xarakterlanadi. Chunki biz istiqlolgacha o’zimiznikini chetga surib qo’yib, rus, Evropa madaniyati va tarbiyasiga bilib-bilmay ergashib, o’zligimizni, o’z tilimizni ham unitayotgan edik. Shuning uchun bugun milliy madaniyatimizni tiklash va uning vositasida yoshlarni tarbiyalash baxtiga muyassar bo’ldik. Shundan foydalanib, ularga zamon, ruhini berib, yangicha mazmun, ma’no berib tarbiya ishiga sharqona ruh berishimiz lozim. Tarbiyada milliylik, bu eng avvalo talaba psixologiyasi bilan bog’liq ichki kechinmalarni,his etish, tashqi o’ziga xos xususiyatlar, talimda uning g’ururini poymol qilmay muomila qilish, sharqona usullardan keng foydalanishni taqozo qiladi.Shu asosda talim tarbiyada dunyo madaniyati xazinasidan munosib o’rin olgan ota-bobolarimizning olijanob merosi asosida o’z milliy tizimimizni tiklaymiz.
«Ustoz-shogird» munosabatlarini takomillashtirishda Sharq mutafakkirlari ijodidan foydalanishni dars jarayoni va darsdan tashqari ishlarda amalga oshirish ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |