«Ustoz va shogird odobi» maxsus kursining mavzulari
№
|
MAVZULAR
|
Mashrulot turlari
|
Jami
|
Nazariy
|
Amaliy
|
I.
|
O’rta Osiyoda, hunarmandchilikni rivojlantirishda usta va shogird odobini shakllanishi.
|
1
|
|
1
|
I.I.
|
Shogird tushish odobi.
|
1
|
|
1
|
III.
|
Shogirdning odobi.
|
|
|
|
III. 1.
|
Shogirdning odob qoidasi.
|
1
|
1
|
2
|
III.2.
|
Shogirdning ustoz oldidagi burch va vazifalari.
|
1
|
|
1
|
III.3.
|
Shogirdning eng yaxshi xususiyatlari.
|
1
|
|
1
|
III.4.
|
Shogird ruhiy olamining muhim zamini.
|
1
|
|
1
|
IV.5.
|
Shogirdning bir — birlariga munosabat odobi
|
1
|
|
1
|
IV.
|
Ustoz odobi
|
|
|
|
IV. 1.
|
Ustozning shaxsiy fazilatlari.
|
1
|
1
|
2
|
IV2.
|
Ustozning kasbiy fazilatlari.
|
1
|
|
1
|
IV.3
|
Ustozning shogirdlarini ota — onasiga bo’lgan munosabati. Ota — onaning ustozga bulgan munosabati.
|
1
|
|
1
|
V.
|
«Usta» degan nomni olishning odob qoidalari.
|
1
|
1
|
2
|
|
Jami:
|
11
|
3
|
14
|
«Ustoz va shogird odobi» maxsus kursi dasturining mazmuni
I. O’rta Osiyoda, hunarmandchilikni rivojlantirishda usta va shogird odobini shakllanishi. Hunarmandchilik va uning turlari. Hunarmandchilikning rivojlanish tarixi. Usta va shogird odobini shakllanishida ustoz va shogird ma’naviyatini tarakqiy etishi. Hozirda, kasb — hunar kollejlarida kasb-hunar o’rgatilishi. Hunar o’rgatishda ustoz —shogird odobini o’rgatilishining ahvoli va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish yullari.
II. Hunarmandchilik va shogird tushish odobi
Shogird tushish odobi. Ota — onalarning uz farzandlarini ustozga shogirdlikka berishning o’ziga xos tamoyillari.
III. Shogirdning odobi III. 1 Shogirdning odob qoidasi
Shogird o’z kasbini sevishi, ishiga e’tiqod qo’yishi va o’ta ishonishi. Ustoz oldida xoksor bo’lishi. Kurish lozim bulmagan hamma narsalardan nigohini olib qochish. Eshitish mumkin bo’lmagan barcha narsalarga quloq solmaslik. Noloyiq ishlar qilmaslik. Ustozga zid bo’lgan kishilar bilan muomala qilmaslik.
III.2 Shogirdning ustoz oldidagi burch va vazifalari
Ustozga itoatli bo’lish va ustoz an’analarini davom ettirish. Ustozning pand —nasihatlari. Sabr toqatli va irodalilik. Ustozning yuzini erga qaratmaslik, uning obrusini ko’tarish. Ustozning sha’niga iliq so’zlar olib kelish. Ustozning dushmani bilan do’st tutinmaslik. Ustozning sila a’zolarini xurmat qilish. Ustozning qarindosh — urug’larini xurmat qilish. Ustozning ruxsatisiz xech narsaga qo’l tekkizmaslik. Birovning narsasiga ko’z olaytirmaslik. Ustozga cheksiz xurmat bilan munosabatda bo’lish.
III.3 Shogirdning eng yaxshi xususiyatlari
Ustoz qabuliga kirganda yoki ustozni kurganda birinchi bo’lib salom berish. Ustozning oldida oz gapirish va boshini oldiga egib turish, kuzni har tomonga yugurtirmaslik. Ustoz javob aytganda e’tiroz bildirmaslik. Ustoz oldida boshqalarni g’iybat qilmaslik. O’tirib — turish xurmatini to’liq saklash.
III.4 Shogird ruhiy olamining muhim zamini
Shogirdlar ruhiy olamining muhim zaminlarining asoslari. Vatanparvarlik, do’stlik, hamkorlik, xamjihatlilik, sadoqat, mehr — muruvvat, kasb tanlash imkoniyati, milliy iftixor, insonparvarlik, xushmuomalalik, ozodalik, pokizalik, samimiylik, ziyraklik, tashabbuskorlik, insoflilik, rostgo’ylik, or — nomuslilik, andishalilik, kattalarni xurmat kilish, sof muhabbatni kadrlash, vazminlik, to’g’rilik, millatlarni hurmat qlish, ota —onasini hurmat qilish.
III.5 Shogirdning bir —biriga munosabatlari odobi Shogirdlarning bir —biriga munosabatlaridagi ijobiy va salbiy holatlar. O’zaro kurkam xulq bilan samimiy munosabatda bo’lish. Intizomli bo’lish. Bir —birining aybini inkor kilmaslik. Erinchok va yalkov bo’lmaslik. Do’stlarining omonatiga xiyonat kilmaslik, ziyon —zahmat etkazmaslik. Munofiq va riyokor bulmaslik, adovat, hasad, g’iybat, yolg’on so’zlamaslik, do’stini aldamaslik, bir —biriga yordam berish. Do’stining muvaffakiyatidan kuvonish.
IV. Ustoz odobi
IV. 1 Ustozning shaxsiy fazilatlari Ustozning shaxsiy fazilatlarining o’ziga xos tomonlari: saxiylik, odoblilik, mexr — shafkatlilik, ochik yuzlilik, xushmuomalalilik, sabrlilik, talabchanlik, itoatlilik, kanoatlilik, to’g’ri so’zlilik, poklik, muloyimlik, rostgo’ylik, do’stlik, xamkorlik, xamjixatlilik, sadokatlilik, atanparvarlik, insonparvarlik, samimiylik, ozodalilik, ziyraklilik, tashabbuskorlik, insoflilik, or — nomuslilik, andishalilik, kattalarni hurmat qilishlilik, mehr — muruvvatlilik va boshqalar.
IV.2 Ustozning kasbiy fazilatlari
Oson yo’l bilan murakkab bilimlarni shogirddariga o’rgata olish. Barcha hunar va fan turlari yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo’lish, qisqa daqiqalarda shogirdlarini idrok qila olish. Shogirdlarni uyushtira olish, ixcham, ma’noli, ohangdor nutq. O’zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql — farosatliligi, mustahkam irodasi bilan obru orttirish, o’quvchanlik, muomala va muloqot o’rnata olish. Insonning qiyofasi, harakatlari va qilgan ishlari asosida kelajagini oqilona tasavvur qilish. Bir necha ob’ektlarga bir davrning o’zida shaxsiy munosabatini bildirish.
IV.3. Ustozning shogird ota-onasiga bo’lgan
munosabati va ota- onaning ustozga bo’lgan munosabati.
Ustoz hunar o’rgatish bo’yicha zimmasiga olgan vazifasini bajarish. O’z va’dasidan chikish. Ota-onasiga farzandining kobiliyati, xulq odobi to’g’risida ochiq gapirish.
Ustozga muruvvat ko’rsatish. Ustozning farzandlariga bo’lgan tanbehini tushunish. Farzandiga hunar o’rganishida kerakli narsalarni etkazib berish. Ustozini rozi qilish.
V. «Usta» degan nomni olishning odob koidalari.
«Usta» degan unvonni olish uchun shogirdning etilganlik darajasi. «Usta» nomini berish marosimi. Marosimni o’tkazish odobi. «Usta» degan nomni olish mezoni. «Usta» unvonini olgan shogirdlarning mustaqil ishlashi.
"Ustoz va shogird odobi" maxsus kursi mashg’ulotlari o’tkazish bo’yicha uslubiy tavsiyalar
O’rta Osiyoda, hunarmandchilikni rivojlantirishda usta va shogird odobini shakllanishi
Mashg’ulotning maqsadi:
1. Ta’limiy: Hunarmandchilikni rivojlantirishda usta va shogird odobini shakllantirish tarixini o’rgatish.
Tarbiyaviy: Ustoz va shogird odobi tarixi, ma’naviy merosni o’rgatish orqali ustozga, ota —onaga, o’rtoklariga bulgan munosabatlar odobini o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: Ustoz va shogird tarixini o’rganish orqali talabalarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish
Mashg’ulotning usuli: Ma’ruza, suxbat va boshqalar. Mashg’ulotni jihozlanishi. 1. O’qituvchi uchun
1. Ustoz va shogird odobiga oid videofilm.
2. Ustoz va shogird odobiga oid foto plakatlar.
2.Talabalar uchun:
Daftar, ruchka va boshqalar.
Mashg’ulotning borishi: Mavzuni boshlashdan oldin «Ustoz kim? Shogird deganda nimani tushunasiz? Ustoz va shogird o’rtasidagi munosabatlar haqida nimalarni bilasiz?» kabi savollar bilan aqliy hujum usulida savol — javob qilinadi. Shundan so’ng quyidagi mazmunda talabalarga tushuntirib boriladi.
Xalqimizda hunar o’rganish kadimdan muqaddas sanalgan. Har bir avlod kelajak vorislariga o’zidan qoldirgan takrorlanmas hunarlari bilan qadrlangan. Usta o’tmishda xalq hunarmandlarning eng bilimdoni hisoblangan. Chunki ular madrasada tahsil olib adabiyot, tarix, musiqa, matematika, kimyo fanlarini yaxshi bilganlar. Naqqoshlik texnologiyasi avloddan — avlodga o’tib kelgan. Qadimda naqqoshlar naqsh yaratish sir — asrorlarini yozib qoldirmaganlar, buni faqat shogirdlarga o’rgatganlar. Shogirdlar usta bo’lganidan so’ng bu bilimlarni uz shogirdlariga o’rgatgan. Shunday qilib, naqqoshlik kasbini an’ana tariqasida rivojlantirib kelganlar.
Ustalar shogirdlikka o’z bolalari yoki qarindoshlarini olgan. Ustoz shogirdlari bilan kunduz kuni ishlab, kechqurun savod chiqarish bilan shug’ullangan, Shogirdlar geometriya va kimyoni o’rganganlar.
Dunyoda kanday hunar bo’lmasin albatga, uning ustalari va shogirdlari bo’ladi. Har bir hunarmand ustaning shogirdi bo’ladi. Agar ustaning shogirdi bo’lmasa, uni xuddi mevasiz daraxtga o’xshatish mumkin. Chunki, uz hunarini ustalar avloddan — avlodga an’ana tariqasida utkazib kelganlar. Shuning uchun ham buyuk bobomiz Alisher Navoiy qo’yidagi misralarni yozib koldirgan.
«Hunarni asrabon netkumdir, oxir,
Olib tuproqqamu ketkumdir, oxir''.
Ustoz o’zidan keyin bilimdon, iste’dodli shogird qoldirmasa, uning xayoti, umri bekor o’tadi, deyiladi. Ustoz qanchalik buyuk bo’lmasin, tarixda chuqur iz qoldirgan bo’lmasin, o’z bilimini, hunarini ishonchli odamga meros qilib qoldirmasa, uning ishlari o’zidan so’ng barham topadi.
Qadimda, hunar maktablarda o’rgatilmasdan, balki yakka shogird tartibida berilgan. Masalan:
Usta ko’lida yakka shogird bo’lish:
Ustozning kasbiy fazilatlariga o’z hunariga. kizikishi, o’z hunarini yoshlarga sidkidildan o’rgatish, o’z hunariga yangiliklar kiritishi, shu hunari bo’yicha o’zidan keyin yaxshi, sodiq shogirdlar koldirishi va boshkalar kiradi.
Ustozning eng yaxshi kasbiy fazilatlaridan biri shogirdlar tayyorlashdir. Har bir hunarmand ustaning shogirdi bo’ladi. Agar ustaning shogirdi bo’lmasa, uni xuddi mevasiz daraxtga o’xshatish mumkin. Chunki uz hunarini ustalarimiz avloddan — avlodga an’ana tarikasida o’tkazib kemanlar.
Ustoz shogirdga qiyinchiliklar bilan san’at sirlarini o’rgatdimi, san’at olamiga olib kirdimi, uni shogird chuqur xurmat qilmog’i ham farz ham shartdir. Bu haqda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy shunday yozgan edi:
"Hak yulida kim senga bir xarf o’rgatmish ranj ila, aylamak os on emas xakkin ado ming ganj ila".
Har bir shogird hunar urganish bilan birga ota — onasini, ustozini xurmatini joyiga ko’yib e’zozlasa obro’siga obru ko’shiladi va kam bulmaydi. Ba’zida shogirdlar hunarni puxta o’rganib oldim deb, kekkayib yoki ustozlar bilan maslahatlashmasdan, «o’zlari xon — ko’lankasi maydon» bo’lib ko’p pul topishga tushib ketadilar.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun savollar:
Qadimda qanday hunarmandchilik mahallalari bo’lgan?
"Ustoz va shogird" an’analari asosida hunar o’rgatishning ijobiy tomonlarini tushuntirib bering.
"Ustoz va shogird" odobi xaqida qanday an’analar bo’lgan?
Sharq allomalari ustoz va shogird odobi xaqida qanday falsafiy qarashlarga ega bo’lgan.
Uyga vazifa. Ustoz va shogird haqida insho yoki rivoyat yozib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |