II.2. Kasb hunar kollejlarida “Ustoz-shogird” munosabatlarini takomillashtirishda Sharq mutafakkirlari ijodidan foydalanish texnologiyasi
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, o’tmish avlodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho ma’naviy boyliklar xazinasini, madaniy meroslarni chuqur va har tomonlama o’rganib, kelajak avlodga etkazishning keng imkoniyatlari yaratildi.
Kasb —hunar ta’limi tizimida XX asr ilmiy pedagogik tafakkuri natijalari bilan chegaralanib qolmay, balki ajdodlarimizning uzoq o’tmish tarixida to’plangan tajribasi, Sharqning buyuk mutafakkir — faylasuf olimlarining boy merosi kasb —hunar ta’limi mazmuni hamda tizilmasiga singdirilishini davr talab etmoqda.
Ota — bobolarimizning ustoz va shogird odobi haqidagi ma’naviy merosidan etarli darajada to’la foydalana olmayapmiz.
Natijada, kasb — hunar kollejlarida tayyorlayotgan mutaxassislarning shaxsiy va kasbiy fazilatlari etarli darajada deya olmaymiz.
Shularni inobatga olib, Buxoro Pedagogika kollejida “Ustoz va shogird odobi” maxsus kursini tashkil qildek. Maxsus kursning maqsadi, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma’naviy merosidan ijodiy foydalangan holda yuksak ma’naviy, axloqiy fazilatlarga ega yukqori malakali mutaxassislar tayyorlashdir.
Ushbu kurs 14 soatga mo’ljallangan bo’lib, nazariy va amaliy mashg’ulotlardan iborat.
Mazkur dasturda kasb hunarning rivojlanishida ustoz va shogird odobining shakllanish tarixi; ustoz va shogirdni shaxsiy va kasbiy fazilatlari, hunarmand va xaridor o’rtasidagi munosabatlar odobi hamda usta nomini olish odobi mezonlarining mazmuni bayon etilgan.
Dastur uzoq yillik tajribaga ega ustozlar tajribalariga tayanib tuzildi. Dastur avvalgi chop etilgan dasturlardan quyidagi tomonlari bilan farq qiladi:
-dastur tajriba — sinov asosida yozilgan; qadimda, ya’ni o’rta asrda yaratilgan ustoz va shogird nizomlaridan ijodiy foydalanilgan;
-ustoz va shogird odobi va applikatsiya usullaridan, mavzular soddadan — murrakabga qarab uzviy bog’lanib borishi va shu kabilar keltirilgan.
Dastur quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi: kollej talabalariga ustoz-shogird an’anasini o’rganish orqali estetik, etik, falsafiy va ijodiy fikrlashga o’rgatish;
— ustoz va shogird munosabatlarinitining nazariy va amaliy jihatdan o’rgatish;
— kasb — hunar kollejlaridagi o’qitiladigan boshqa fanlar bilan uzviy bog’lab olib borish;
— ustoz va shogird odobini talabalarda shakllantirish;
—talabalarga mehnat tarbiyasini berish, axloqiy, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Bu dastur kursini o’tishda quyidagilarga e’tibor berish kerak;
-talabalarni qiziqishi va qobiliyatini;
-ularning individual xususiyatlarini;
-kasb — hunar kollejlarining moddiy bazasi va boshqalarni hisobga olish.
«Ustoz va shogird» kursi oldiga qo’yilgan quyidagi o’quv — tarbiya masalalarini ijodiy hal qilishda darsdan tashqari ishlar muhim o’rin o’ynaydi, Ular quyidagilardan iborat:
— ajdodlarimiz bizga qoldirgan ma’naviy merosimiz, yani milliy obidalariga va xalq hunarmandlarining oilaviy ustaxonalariga sayohat qilish;
- ustozlar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
- talabalar o’rtasida tanlov va musobaqalar o’tkazish;
- mutaxassislik fanlaridan to’garaklar tashkil etish.
Darsdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlarning reja asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Darslarni samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalaridan, Sharq xalq og’zaki ijodi, usta va shogird odobi an’analaridan, didaktika tamoyillaridan foydalanish bo’lajak raqobatbardosh mutaxassisni tayyorlashda muhim o’rin egallaydi.
“Ustoz va shogird” kursini olib boruvchi o’qituvchi talabalar tayyorligidan kelib chiqib, dasturga tegishli o’zgartirishlar kiritishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |