Ustoz shogird maktabining ustoz o`qituvchilari taqdimoti



Download 25,17 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi25,17 Kb.
#400481
Bog'liq
Pechat doniyor


Ustoz shogird maktabining ustoz o`qituvchilari taqdimoti

Alloh taolo Qur’oni Karimni tushirib, har kim o‘zi o‘qib olaversin, demagan. Balki, Qur’oni Karimni bandalarga o‘rgatish uchun nabiy yuborgan. U zot esa, ummatlariga ustozlik qilib, sahobalarga ta’lim berganlar. Sahobalar tobe’iylarga ta’lim berganlar. Ular esa, o‘zlaridan keyingilarga va shunday tarzda hozirgacha davom etib kelmoqda.
Shu tariqa bugungi kunda ham mustaqil fikrlovchi, ishonch-e’tiqodli shogirdlarni tarbiyalashda va zamon talabiga mos kadrlar yetkazib berishda “Ustoz — shogird” tizimi alohida o‘ringa egadir.
O‘qituvchi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo‘lib, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk o‘qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur. O‘qituvchi yetarli darajada shaxsiy fazilatlar va kasbiy xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim.
O‘qituvchining shaxsiy fazilatlari sirasiga: iymon-e’tiqodi, dunyoqarashining kengligi, faolligi, odob-axloqi, fuqarolik burchini his qilishi, ma’naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat’iyligi va o‘z maqsadlariga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablariga o‘z fikr – mulohazasi bilan faol ishtirok etishi kiradi.
O‘qituvchining kasbiy xususiyatlariga: o‘z kasbini, bolalarni sevishi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik nazokati, tasavvuri, qobiliyati, tashkilotchiligi, notiqlik madaniyati, chukur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma’naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo‘llay olishi, kasbiy ma’lumotni muntazam oshirishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi.
Albatta, bu kabi fazilat va xususiyatlarni chuqur egallashda “Ustoz-shogird” tizimi juda qo‘l keladi. Chunki ustoz o‘z faoliyati davomidagi tajribalariga suyangan holda shogirdiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Avvalambor, “Ustoz-shogird” an’anasi malaka oshirishning uzviy bir shakli sifatida o‘rganilsa, albatta unda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy hayotida azaldan shakllanib kelayotgan “ta’limni-tarbiyadan, tarbiyani-ta’limdan ajratib bo‘lmaydi” – degan sharqona hayot falsafasini ko‘rish mumkin. Qolaversa, “Ustoz-shogird” malaka oshirish usuli ustozning oldiga shunday majburiyat va vazifalarni yuklaydiki, bunda shogirdlarning individual rejasi bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirib borishlarini, individual rejada belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida to‘liq va sifatli bajarilishini, shuningdek, uzluksiz malaka oshirish jarayoni monitoringini olib boradi. Ya’ni, ustoz bevosita shogirdlarining darslarini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy-uslubiy tavsiyalar beradi, zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ularga ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rgatadi va amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashib boradi.
Xo‘sh, “pedagog kadrlarning malakasini oshirish jarayonidagi bir usul sifatida “Ustoz-shogird” an’anasi o‘qituvchilarga nima berishi mumkin? - degan savolga ikkilanmasdan javob berish mumkinki, ushbu usul avvalo barcha o‘qituvchilarning, ayniqsa shogird-o‘qituvchining o‘z mas’uliyatini, mahoratini shakllantirishga, faoliyatining samarali tashkil etilishiga, nihoyat o‘z kasbiga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi. Chunki bu jarayon ta’lim muassasasida uzluksiz malaka oshirish jarayoni sifatida tashkil qilinadi.
Tajribali o‘qituvchilar o‘z shogird-o‘qituvchilariga kunlik darslarga tayyorgarlik ko‘rishda, taqvimiy ish reja, dastur asosida ishchi o‘quv dasturi tayyorlashda, uslubiy qo‘llanma va dars ishlanmasi tayyorlashda, o‘qituvchi papkasida bo‘lishi talab qilingan me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlash hamda maqolalar yozishda amaliy yordam beradi. Shuningdek, doimo taqvoli, tavoze’li, yuksak sabr va matonat egasi bo‘lishlari kerakligi haqida o‘z tavsiyalarini bermog‘i lozim.
O‘z navbatida ular ham o‘quvchi-talabalarga o‘zlarining tavsiyalarini beradilar. Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qilib dedilar: Ilm o‘rganing, ilm uchun sakinat va viqorni ham o‘rganing. Va sizlarga ta’lim berayotganlarga tavoze’ bilan o‘zingizni past tuting!’’ (Imom Tabaroniy rivoyat qilgan). Ustoz va muallimlarga o‘zini past tutib, hokisor bo‘lish najot eshigi, ilm tahsil qilishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Haq yo'lida kim senga bir harf


o'qutmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado oning haqin
yuz ganj ila.
(Alisher Navoiy).
Ustoz – o'qituvchi. Bu ulug' nom, mag'rur jaranglaydi...Ustoz ko'rmagan shogird
har maqomga yo'rg'alar degan xalq maqoli bor.
Demak, jamiyatimizda,hayotimizda,turmushimizda barcha sohaning o'z ustasi,
o'z ustozi,o'z murabbiysi bor deganidir.
"Kunlarning birida Abu Ali ibn Sinoning ustozi bir yumush bilan ularning uyiga
kiribdi.Ota o'g'lining ustozini ichkariga taklif etibdi. Ular uyga kirib o'tirishgach, ota o'g'liga: "O'g'lim tomdan o'tin olib tushib choy qaynatib kelgin", - debdi. Ibn Sino narvondan tepaga chiqayotib ustozi uy ichgarisida o'tirgani esiga tushib qolib,
narvonga o'tirgancha yig'lab o'tiraveribdi. O'g'li yig'lab o'tirganini ko'rgan ota
o'g'lidan so'radi.
- Nima bo'ldi?
O'g'il shunday javob beribdi:
- Ustoz uyda o'tiribdilar, qanday qilib boshlaridan bosib o'tib o'tin olib tushaman".
Ko'rdingizmi azizlar, Ibn Sinoga yumush buyurganda ham ustoz uyda o'tirganlari
uchun otalarining buyurganini ado etmay Ustoz hurmatini ota so'zidan ustun
qo'ydi.Ustozni otadan afzal ko'rdi.Ana shunga aytsalar kerak - da, Ustoz otangdan
ulug',- deb.
Ma'lumki, bobomiz Alisher Navoiyning ustozlari fors-tojik adabiyotining oqsoqoli
Abduraymon Jomiy bo'lgan edi. Bu ezgu niyat faqat ikki buyuk shoirlarni emas,
balki, ikki ulug' xalqni bir-biriga yaqinlashtirgan, do‘stu birodar qilgan. Bu esa
ustozi shogirdlikning betakror namunasidir.
Hayotda shunday ustozlar borki, ular jamiyat oldidagi burchlarini chuqur his
etadilar, kasb - korlari, xizmat vazifalariga katta ma'suliyat bilan qaraydilar. Ular
o'zlarining halol mehnatlari bilan o'z shuhratlarini oshiradilar, zafarlarga da'vat
etuvchi mehnat tufayli hayotda o'z baxtlarini topadilar, o'z shogirdlariga o'rnak
bo'ladilar.
Download 25,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish