Ustoz mavzusida murakkab rejali insho Reja



Download 17,68 Kb.
bet3/3
Sana03.12.2022
Hajmi17,68 Kb.
#878445
1   2   3
Bog'liq
Ustoz mavzusida murakkab rejali insho

Balog‘at onlari
Boshlang‘ich sinfni tamomlab, o‘rta ta’lim davriga qadam qo‘ydik. Hayot o‘sha-o‘sha edi: o‘sha maktab, o‘sha sinf xonasi, tanish chehralar... Ammo, bunda sizning o‘rningizni hech kim, hech narsa bosolmadi. Keyinchalik esa uni qalbdagi shirin xotira va mislsiz sog‘inch to‘ldirdi. Bu sog‘inch shunday sog‘inchki, diydor bilan taskin topmaydi. Diydor damlarida ham diydorga ichikadigan sog‘inch. Bu sog‘inch xotira kitobida “Mening birinchi o‘qituvchim” degan sarlavha bilan muhrlanib qoldi. Yodimda, maktabni bitirish arafasida ustozimiz “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida insho yozib kelishimizni aytdi. Shunda hech ikkilanmay “Ustozim kabi o‘qituvchi bo‘laman” degan fikr xayolimdan o‘tdi. Qo‘limga qalam oldim-u, ammo, sizdek fidoyi, jonkuyar ustoz ta’rifiga munosib so‘z topolmadim.
Men talabaman
Uyqudan voz kechib kechasi bilan kitobga tikilganlarim foyda berib nufuzli oliygoh talabasi bo‘ldim. Talabalikning eng baxtiyor, shirin lahzalari og‘ushida yurganimda sizni uchratdim. O‘sha mehr to‘la nigoh, samimiy so‘zlar. Yurishi, kiyinishi va so‘zlashi bilan shogirdlari qalbida havas uyg‘otgan, ularga ibrat bo‘lgan muallimaning chehrasida yillar tarxi, sochlariga oq oralagan. Shunda o‘zimni aybdordek his qildim. Siz bergan bilim tufayli oliygoh talabasi bo‘libman-u, bir og‘iz “rahmat” aytish, holingizdan xabar olishni xayolimga ham keltirmabman. O‘sha kuni bayramlarda, albatta, uyingizga borishga va’da berib xayrlashdim.
Bugun...
Vaqtim yo‘qligini ro‘kach qilib, men uchun yuragidan joy, umrining to‘rt yilidan imkon bergan insonni sog‘insam-da, borolmayapman. Har safar ustozimni yodga olganimda, soxta taskinlar bilan vijdonimning sanchig‘iga malham qo‘ymoqchi, o‘zimni ovutmoqchi bo‘laman.
Bular mening birinchi o‘qituvchim haqida yuragimdan izlab topgan mayda haqiqatlarim, xolos. Eng buyuk haqiqat shuki, bu inson qo‘llarimga dastgoh qilib qalam emas, baxt tutqazgan. Kelajakka qanot berib parvoz qilishni, to‘siqlarni yengib o‘tishga kuch topishni o‘rgatgan. Maqsadimga erishishda sabr va bilim mening eng yaqin hamrohim ekanligini uqtirgan. Bolalik ho-yu havaslari bilan to‘ymagan qalbimni ma’rifatdan ushatgan rizqi bilan to‘ydirgan
Ortda qolgan yillar kinotasma kabi ko‘z oldimda aylanarkan, “bugun menga hech qanday bahona to‘siq bo‘lolmaydi” dedim-da, do‘kondagi eng chiroyli guldastani bag‘rimga bosganimcha, har bir so‘zi hikmatga aylangan o‘qituvchimning uyi tomon oshiqdim. Uning ostonasida meni beg‘ubor bolaligim kutayotgandi...
Download 17,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish