Ustoz haqida kino ko`rib



Download 43,5 Kb.
Sana05.04.2022
Hajmi43,5 Kb.
#528896
Bog'liq
Iso at-Termiziy


USTOZ HAQIDA KINO KO`RIB
Ustoz mavzusida so'z ochganimizda avval unga beriladigan ta`riflardan boshlashimiz tabiiy holdir. Garchi mavzuyimiz “Ustoz haqida kino ko`rib” bo`lsa ham biz ushbu kinoni tanladik.Va buning sababini ta'kidlqb o'tamiz. Ushbu maqolaning asl mazmuniga kirishdan oldin ustoz haqidagi ta`riflarga chekinishga jazm qildik.
Ustozlar biz uchun yaratgan tomonidan beriladigan alohida ne'matdir. Aynan ular millatni ulug'likka yetaklaydilar, insonni yetuk qiladilar va dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiradilar. Aynan o'qituvchilar bizga qalam qilichdan muhimroq ekanligini o'rgatadi. Ular jamiyatda hurmatga sazovordir, ular insonlarning turmush darajasini oshiradi. Ular odamni tarbiyalaydi va insoniy fazilaylarni o'rgatadi, yaxshi jamiyat qurishga hissa qo'shadi.
Ustozlar jamiyatga va shogirdlar, o'quvchilar hayotiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ular, shuningdek, ota-ona hayotida katta ahamiyatga ega, chunki ota-onalar o'z farzandlari uchun o'qituvchilardan ko'p narsani kutishadi. Biroq, har bir sohada bo'lgani kabi, yaxshi ham, yomon ham ustozlar bor. Yomon o'qituvchilar unchalik ko'p bo'lmasa-da, ularning soni sezilarli. Yaxshi ustoz yomon ustozda bo'lmagan fazilatlarga ega. Yaxshi ustoz yaxshi jamiyat tuzsa, yomoni o'sha jamiyatni buzadi. Yaxshi ustoz o'quvchini kasbga, ilmga bo'lgan mehrini oshirsa, yomoni uni batamom yo'q qilib yuborishi mumkin.
Yaxshi ustozni topish qiyin emas, lekin qayerga qarash kerakligini bilish zarur. Yaxshi o'qituvchilar ta'lim berish uchun oldindan yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan bo'ladi. Maksimal mahsuldorlikni ta'minlash uchun ular har kuni o'z harakat rejasini tayyorlaydilar. O'qituvchilar hamma narsadan, xususan, ular ixtisoslashgan fanlardan juda ko'p bilimga ega. Yaxshi o'qituvchi o'z bilimini doimiy ravishda kengaytirib boradi va o'z o'quvchilariga yaxshi, zamon talabiga mos ta'lim berishda davom etadi.
Xuddi shunday, yaxshi o'qituvchi har qanday qiyinchilikda bizga yordam beradigan do'stga o'xshaydi. Yaxshi o'qituvchi o'ziga xos va umumiy bo'lmagan individual o'quv jarayonini yaratadi. Bu talabalarni mavzuni yaxshiroq o'rganishga undaydi. Boshqacha qilib aytganda, yaxshi o'qituvchi o'z o'quvchilarining samarali o'qishini va yaxshi baho olishini ta'minlaydi.
Eng muhimi, yaxshi o'qituvchi - bu nafaqat ilmiy ko'rsatkichlarimizga, balki umumiy rivojlanishimizga e'tibor qaratadigan kishi. Shundagina o'quvchi haqiqatan ham o'sishi mumkin. Shunday qilib, yaxshi o'qituvchilar o'z o'quvchilarining muammolarini tushunishadi va ularni to'g'ri hal qilishga harakat qilishadi.
Mening ustoz haqida ko`rgan Abduhalil Mingnarov qalamiga mansub kinoyim “Abu Iso at-Termiziy” hazratlari to`grisidagi kinodir. Bu kinoni tanlashimdan maqsad undagi asosiy syujet ustoz haqida bo`lmasada lekin bu inson butun millat balki butun dunyo musulmonlari ustozi sanaladirlar. U kinodagi Abu Iso at-Termiziy rolini ijro etgan shaxs ustozlik obrazini shu darajada maromiga yetkazib ijro etganlarki ibrat olmasda imkoningiz yo`q.
Kinoning boshlanish qismida Iso at Termiziy hazratlari yonidagi yordamchilari bilan tog` oralab ketayotganlarida xassalari bilan nimanidir qidira boshlaydilar. Shunda:
-taxsirim nima izlayapsiz
-bir paytlar shu yerlarda yo`lovchilarning o`tishga xalaqt beradigan daraxt bor edi.
Shunda yonlaridagi yordamchilari chor atrofga nazar solib:
-yo`l tor, toqqa tutashguncha bironta daraxt ko`rmayapman.
-sen borib qishloq ahlida usha daraxt haqida so`rqab kel.
-Taxsir, kechga qolib ketamiz
-Sen aytganni qil-degan g'amgin iltimosli ohang bilan bir toshga o`tirdilar va quydagi so`zlarni ayttilar:
-Naxotki men adashayotgan bo`lsam. Keksayib zehnim o`tmaslashib borayapti. Hadis yozishni to`xtatishim kerak. Agar bordiyu ushbu hadislarda zarracha xato qilsam Allohning oldida gunohkor bo`laman.
Ushbu oltinga teng so`zlardan olishimiz lozim bo`lgan xulosalar shunday bo`lishi lozim. Ikki olam sarvari Muhammad s.a.v. ning hadisi shariflarini to`plashda Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy kabi muhaddislarning Islom olamidagi o`rni beqiyos. Qarangki ustoz Iso at-Termiziy hadis ilmini o`rganish, o`rgatishda qanday nozik va jiddiy xulosaga keldilar.
Iso at-Termiziyning asli ismlari Muhammad bo`lgan. U kish tengdoshlari bilan ilm olish darslarida juda faol va zehni o`tkir bo`lganlar. Zehnlari shu darajada o`tkir, yod olish qobiliyatlari shu darajada kuchli bo`lganki ustozlari bergan saboqlarini yozmasdan yod olar edilar. Va kunlarning birida ustozlarini hayratga solib hali berilmagan saboqlarning anchasini oldindan aytib beradilar. Muallim bundan hayratlanib qoladi.
Bu millatning ustozi bo`lgan ushbu zotga Alloh taolo o`z karamida tug`ma ite`dod bergan edi. Vallohu a`lam.
Muhammad bilimga juda chanqoq, kitob o`qishga qiziqish juda balabd edi. Otasi savdo karvonidan qayganida olib kitob sotuvchisi uchun olib kelgan kitobni yashirib qo`yadi va otasining ta`kidi bilan uni shahardagi kitobfurushga eltishga yordam beradi. Usha atrofda yashadiganlar Muhamadning bir o`qigan sahifasini yod olishi haqidagi gaplardan xabardor edilar. Muhammad kitobni Abdurazzoq ismli kitob sotuvchisiga kitobni eltayotgan paytda u Muhammaddan usha kitob yod olish haqidagi qobiliyati haqida so`raydi.
-Seni imtihon qilsam uyalib qolmaysanmi?
-Agar imtihoingizda o`ta olsam kutubxonangizdagu kitoblardan foydaklanishga ruxsat berasizmi? Deb so`raydi Muhammad.
Shu kun Abdurazzoq Muhammadni rossa imtihon qiladi.Otalari Muhammadni 6 oylik safardan qaytib kelganlarida yakka ta`limga qo`ymoqchi edi.
Ushbu vaqt oraligida Abdurazzoq otasining ijozati bilan Muhammadni madrasada sinov mashqiga olib bordi. Kichkina Muhammad sinov vaqtida usha yerdagi muhaddislardan xatolarini topibn ularni hayratlantirdi.
Qazoi qadarning hukmi bilan Muhammadning otasi safardan jasadi qaytib keldi, Muhammad tunlari otasi uchun uzoq yiglar edi. Ular bu og`ir judolikdan juda qattiq istirobda edilar.
Muhammad otasining vafotidan so`ng garchi sharoiti juda og`ir bo`lsa ham ilmga chanqoqi to`xtamadi. Abdurazzoqning qistovi bilan o`qishini kata madrasalarda davom etishni davom ettirdi.
Hijriy 3-asr, milodiy 9-asrda ilm, hadis ilmi Movarounnahrda rivojlanayotgan va gullab yashnayotgan davr edi. Keyinchalik ilmlarini barkamol nuqtasiga yetkazish uchun uzoq safarlarfa otlandilar. Uzoq safarlarning birida Iso at-Termiziy Shayx al-Xoraviyni uchratadilar. Hadis yodlash qobiliyatlari bilan ul zotni hayratda qoldiradilar. Shayx al-Xoraviy so`zlab bergan hadislarni birma-bir so`zlab beradilar. Safar davomida ularning karvonlariga hujumlar uyushtirildi. U kishi Allohning karami ila omon qoldilar. Safar davomida bir necha shayxlar va muahddislar oldiga borim hijoz ola boshladilar. Bu usha davr muahaddislarining hadis jamlashidagi bebaho odat edi.
Iso Muhammad Termiziy sayohatdagi qulay fursatdan foydalanib juda ko`p ilmlar o`rganadi. Qiroat ilmi, bayon, fiqh, ta`rix, ayniqsa o`zi yoshlikdan qiziqqan hadis ili bo`yicha usha davrning yirik olimlaridan ta`lim oladi. Termiziy safarda bo`lganida ham, bir joyda muqim bo`lgani da ham ustozlaridan, roviylarda eshtgan hadislarini yozib olar edi. Ularni tartibli ravishta alohida-alohida qayd qilib borar edi. Bu jamlanayotgan ilmlar keyinchalik yoziladigan asarlarga kata zamon edi.
Kunlarning birida U safar qilgan shahrda Imom Buxoriy keldilar. U yerda bo`lgan davra suhbatida Buxoriy qavmnin sinovli savollaridanb hayratlantiriuvchi shakl bilan o`zini namoyon etti. Imom Termiziy ushbu suhbatda cheksiz ilhom oldilar.
Imom Termiziy usha davrning buyuk olim va mutafakkiri bo`lmish Iroqiy bilan ko`rishib to`plagan hadislaridan o`qib berdilar. Muhammadnin zeni va nozik ta`b ilm egasi ekanligi iroqiyni hayratga qoldirdi. Va shuday dedi:
-Ertada madrasad mening o`rnimga ta`lim bera boshlaysiz.
Eroning Nishopur shahrida Imom Buxoriy va Imom Termiziy ko`rishadilar. Imom Termizi Buxoriydan hadis ilmini chuqur o`rganadi.Iso Termiziy Buxoriydan faqat hadisning matnini emas balki uning fazilatini ham o`rganadi.
Imom Buxoriy u kishi bilan bo`lgan hadis to`plash masalasidagi bir kunda shunday deydilar.

  • Siz mendan foyda olganingizdan ko`ra men sizdan ko`proq foyda oldim. Bu so'zlar Qur`oni karimdan keyin turadigan ikkinchi kitob muallifi Imom Buxoriyning so`zlari edi va Termiziyga berilgan kata baho edi. Hadislarni sahihligi bo`yicha boblarga bo`lgan muhaddis bu Abu Iso Termiziydir.

Imom Termiziyning hayoti va ijodi Imom Buxoriy bilan cham barchas bog`liq bo`ladi.
Uzoq yillik safardan so`ng vatanigan qaytgan Termiziy onalari vafot etganini eshttilar. Juda gamga bottilar.
Ushbu ondan boshlab ijod qilishni boshladilar. Yozgan har br asarlarini Iroq, Shom, Hijoz shahrlariga olib borib kata va ilmli mutafakkirlar bilan maslahatlashib ularning ularning to`griliga ishonch hosil qilar edi.
Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. "Al-jomeʼ as-sahih" ("Ishonarli toʻplam"), "ashShamoil annabaviya" yoki "AshShamoil annabiy sallolohu alayhi va sallam" ("Paygʻambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "alIlal filhadis" ("Hadislardagi illatlar"), "Risola filxilof valjadal" ("Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola"), "atTaʼrix" ("Tarix"), "Kitob uzzuhd" ("Zohidlik kitobi"), "Kitob ulasmo valkuno" ("Ismlar va kunyalar kitobi") va boshqa Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, "Al-jomeʼ as-sahih" boʻlib, 6 ta ishonchli hadislar toʻplamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda "Jomeʼ at-Termiziy", "Sahihi Termiziy", "Sunani Termiziy" nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asarlaridan yana biri "ash-Shamoil an-nabaviya" Muhammad (alayhi sallom)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir.
Ushbu ilmlarning to`planishi juda kata mashaqqat va ko`p izlanishlar natijasida bo`lgan. Termiziyning asarlari butun islom ummatiga ustozlik qila oladigan buyuk asarlardir.
Xulosa o`rnida shuni aytishim mumkinki Imom Termiziyni ustozlar ustozi deb ta`rif bersak mubolaga bo`lmaydi. Inson hayotida o`rgatadigan har bir ilmi uztozlikdir. Biz ummat esa bu zotdan qanchalik ilm o`rgandik... . Qanchalik loiq bo`ldik... ?!
Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish