Listochkali qirqma yon chontaklar tikish. Listochkali qirqma yon chontaklar tikishda, chontak xalta listochka astariga yoki ostki listochkaga 0,7 sm kenglikda chok bilan ulanadi. Old bolakdagi belgi chiziqlar boylab listochka old bolakka ulanadi. Chontak xaltaning 2- qismi listochka ulangan chokdan 1sm narida old bolakka ulanadi.
Old bolakni qopqoqli chontak tikkandagi kabi qirqiladi. Listochka choki ikki tomondan qirqilib, yorib dazmollanadi va yorma chok solib tikiladi, yoki ostki listichka bilan chontak xalta listochka chokiga tikiladi,chontak xalta 1 sm kenglikda chok solib biriktirib tikiladi.
Listochka uchlari, uning astari tomondan 0,4-0,5 sm kenglikda chok solib ulab, keyin ongi tomondan ikkita baxyaqator yuritib tikiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |