3. Listochkali qirqma chontaklarni tikish. Listochkali tepa chontaklarni tikish.
Pidjak, jaket kabi kiyimlarning tepa chontak listochkalariga astar qoyib, astar listochkaning yuqori ziyiga kengligi 0,5 sm agdarma chok solib ulanadi. Bu chok baxyaqator listochkaning ikkala uchigacha 0,7 1 sm yetmasligi kerak. Listochka uchlarini andazada belgilab olib, 0,7 sm kenglikda bukib dazmollanadi. Listochka uchi burchaklaridagi ortiqcha material kesib tashlanadi. Listochka avrasidan uning butun uzunasi boylab 0,2 sm kenglikda kant qilib, ustki ziyini qayirib dazmollanadi.
Yupqa jun kiyimlarning listochkasi yelim uqa, kolenkor yoki flizelin tipidagi notoqima gazlamadan qotirma qoyib tikiladi. Shuningdek, chontak xaltaning ozi listochkaning qotirmasi vazifasini otashi mumkin. Bunda chontak xaltaga listochka astarining ostki ziyini 0,7 sm kenglikda bukib va ustki qirqimini chontak xalta qirqimidan 0,3 sm yuqoriroq chiqarib, bukilgan ziydan 0,1 sm narida bostirma chok bilan tikiladi. Astar bilan chontak xalta yon tomonlari listochkaning tayyor bolgandagi kengligi darajasida qirqiladi.
Korinma 0,7 sm kenglikda chok bilan chontak xaltaga ulanadi. Choklar chontak xalta tomonga qayrilib togrilanadi.
Listochka bilan astarning ong tomoni ichkariga qilib juftlanadi va burchak joylarida avradan 0,2-0,3 sm solqi hosil qilib, astar tomondan listochka uchlariga 0,2 sm dan yetkazmay, kengligi 0,5 sm agdarma chok bilan tikiladi. Burchak joylarida 0,2-0,3 sm chok qoldirib ortiqchasi qirqib tashlanadi. Listochka ongga agdariladi. Burchaklarini toqrirlab, qolipda dazmollanadi yoki avrasidan 0,2 sm kenglikda kant hosil qilib koklanadi va dazmollanadi.
Listochkaning teskarisida ulash chizigi belgilanadi. Old bolakning teskarisiga boylama qoyiladi. Ongi tomondan esa listochka astarini kotarib turib, old bolak bilan listochkadagi belgi chiziqlarning guli yoki yollarini bir-biriga togrilab, listochka old bolakka ulanadi. Listochka ulangan chok listochka bukilgan ziylari qirqimi boylab baxyaqatorga 0,1 sm yetkazmay kesiladi. Kesimlar orasidagi chokni listochka tomonga qayirib, ustiga chontak xalta bilan astarni tushiriladi va ularni old bolakka listochka ulangan chiziqdan 0,1-0,2 sm narida tikiladi. Korinma 0,7 sm kenglikda chok solib old bolakka ulanadi. Bu chokning baxyaqatori listochka old bolakka ulangan baxyaqatorga bort tomondan 0,5 sm yetkazilmaydi, omiz tomonda esa undan 0,2 sm uzaytirib tikiladi.
Baxyaqatorlar orasida old bolak qopqoqli chontaklar tikishdagi kabi qirqiladi. Chontak xalta old tomon teskarisiga agdarib ,otkazib togrilanadi. Korinma old bolakka ulangan chok yorib dazmollanadi.
Listochkani togrilanadi. Old bolak bilan listochka gullari yoki yollarini, listochka ustki ziyi boylab b-biriga toqrirlab, listochka old bolakka maxsus mashinada yoki qolda koklanadi. Listochka uchlari ongi tomondan qolda uzunligi 0,2-0,3 sm yashirin qaviq solinib, burchaklari 3-4 ta qaviq bilan puxtalanib old bolakka tikiladi. Listochka uchlaridan 0,4-0,5 sm narida astar tomondan 2- yashirin qaviq solinadi.
Listochka uchlarini modelga muvofiq bostirma chok bilan mahkamlasa ham boladi.Chontak xalta kengligi1 sm chok solib biriktirib tikiladi. Chontak bitgandan keyin, uni dazmol yoki pressda dazmollanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |