1-rasm. Xususiy kapitalning tashkil topish manbalari3.
Ustav kapitali – ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasida) yig‘indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra belgilanadi va hisobga olinadi.
Korxonaning o’z mablag’larini shakllantirish asosiy manbai bo’lib uning mulkdorlari tomonidan korxonaga qo’yilgan mablag’lar majmui bo’lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis xujjatlari bilan amalga oshiriladi.
Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har biriga mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida sof foyda taqsimlanmaydi va ustav kapitalining miqdorini oshirishga yo‘naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |