Javob: 1) qo'riq yerlarni o'zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluvchilarni rag'batlantirish siyosatini yuritdi;
2) sug'orish inshootlari tizimini takomillashtirdi;
3) yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo'yishni taqiqlovchi qonun chiqardi.
18. Zamonaviy ko’rinishdagi ilk bank qaysi?
Javob: Genuyadagi Avliyo Georgiy banki
19.Yaponiyada hukumat qaysi masalaga Yaponiyani uning ichki ishlariga chet davlatlar aralashuvi xavfidan himoya qiluvchi asosiy omil deb qaradi?
Javob: ishlab chiqarishni sanoatlashtirish
20.Yaponiyada Meydzi islohotlaridastlab qaysi sohada boshlandi?
Javob: Agrar
21. XVI asrning oxirigacha qul savdosi bilan faqat kimlar shug'ullangan?
Javob: portugallar
22. Yevropada reformatsiya davrida qaysi davlat papa boshliq katolik reaksiyaning barcha dahshatini o'zida his qildi?
Javob: Italiya
23.Yevropada yuz bergan reformatsiya natijasida bo’lgan o’zgarishlarni belgilang
Javob : 1)milliy cherkovlar paydo bo’ldi ;
2) dunyoviy hokimiyat mustahkamlandi;
3) millatlarning shakllanishi va milliу
davlatlarning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratdi;
4) industrial sivilizatsiyaning qaror topishini tezlashtirdi;
5) shaxsning erkinligi va tashabbuskorligiga keng yo’l ochiilib,
mokratik qadriyatlar shakllandi.
24. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo'llarining ochilishi natijasida qaysi davlat shaharlari o'zlarining avvalgi ahamiyatini yo'qotdi?
Javob: Italiya
25. XVI asrda ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o'rtasida raqobat paydo bo'lishiga qanday omil sabab bo’lgan?
Javob: bozorlarda mahsulotning ko'payishi
26. Yevropalik olimlar orasida birinchi bo'lib osmon jismlarini teleskop yordamida kim kuzatgan?
Javob: Galileo Galiley
27. Qaysi hukmdor davrida yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo'yishni taqiqlovchi qonun chiqardi?
Javob: Yosimune
28.Kimlar XVII asrning o'rtalarida Avstraliya qirg'oqlarini tadqiq eta boshladilar.
Javob: gollandiyaliklar
29. Avstraliya qachon kashf etilgan/
Javob: 1606-yilda
30. Volta va Niger daryolari oralig'i nima deb atalgan?
Javob: qul qirg'og'i
31.Yaponiyada viloyatlarni nazorat qiladigan feodallar nima deb atalgan?
Javob: daymyolar
32. XVIII asr boshlariga Hindistonda imperiya zaiflashuvidan foydalanib. Kimlar Hindistonga bostirib kirib, mamlakatni taladi?
Javob: avval eronliklar, so'ngra afg'onlar
33. Xolisa yer egaligi qaysi davlatda bo’lgan?
Javob: Hindistonda
34. Qaysi hind hukmdori davrida soliq tizimi isloh qilinib, imperiya hududida yagona savdo solig'i joriy etildi?
Javob: Akbarshox
35. “Qrimurushi “ davrida Rossiya imperatori kim bo’lgan?
Javob: Nikolay I
36.Yaponiyada Meyzi davrida qaysi davlatdan harbiy mutaxassislar taklif etilgan?
Javob: Fransiyadan
37. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo'llarining ochilishi muhim savdo yo'llarining yo'nalishini o'zgartirib, bir qator shaharlarning jadal rivojlanishiga olib keldi. Dastlab qaysi shaharlar jadal rivojlandi?
Javob: Lissabon va Sevilya
38. XVII asrda Tayvan orollarining bir qismi kimlar tomonidan bosib olingan?
Javob: gollandlar (Izoh: Ispaniya Filippinni, . Inglizlar Guanchjou egallab olgan)
39.Rossiyida krepostnoy huquqlari bekor qilingan vaqtda . dehqonlarga berilgan yer nima deb atalgan?
Javob: chek yerlar
40. XVII asr Germaniyada gegemonlik uchun kurashi davrida gabsburglar sulolasi qayerni boshqarar edi?
Javob: Avstriyani
41. Osiyoning qaysi davlatida huddi Yevropa dvoryanlariga monand oliyhimmat ritsarlar va knyazlar mavjud bo'lgan?
Javob: Yaponiya
davomi bor..
Do'stlaringiz bilan baham: |