Konstantin XI ning ham do’sti, ham maslahatchisi bo’lgan Georgiy Sfrandzi imperator buyrug’iga ko’ra qamal boshlamasidan oldin Konstantinopolning butun aholisini ro’yhatdan o’tkazib, ular orasidan qurol tutishga qurbi yetadiganlarni ajratib olishni aytadi.Natijada ro’yxat qayg’uli xolatni aks yettiradi; Poytaxtni ximoya qilishga qodir bor yo’g’i 4973 kishi mavjud bo’lib, chetdan yollanma askari taxminan 2000 kishiga yaqin yedi. Katta shahar aholisini tinch holatda saqlab turish uchun bu ma’lumot qattiq sir saqlanadi.
n
Do'stlaringiz bilan baham: |