Ajdodlarimiz yaratgan fonologik yozuvga asoslangan alifbolar taraqqiyoti uzoq tarixga ega. So‘nggi yillarda turkiy yozuv va uning tarixiga doir yangi ma’lumotlar va yangicha qarashlar yuzaga kelishi turkiy-run yozuvi haqidagi an’analarga o‘zgarishlar kiritmoqda.
Bunga XX asrning 60-70 yillarida turli tadqiqotlar asosida, xususan, arxeologik izlanishlar tufayli yuzaga kelgan yangi ma’lumotlar sabab bo‘lmoqda. Xususan bunday tarixiy ashyo Olmaotadan 50 kilometr sharqda, Issiq daryosi sohilida, 1970 yilda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan. Bitik tepalikdagi qabrdan chiqqan kumush ko‘zachada yozilgan. Olimlar ushbu bitikni qadimgi turkiy-run yozuviga o‘xshatib, Markaziy Osiyo turkiy-run yozuvi deb qarashgan. Bu yozuvni miloddan avvalgi V-IV asrlarga xos deb, «Issiq yozuvi» yoki «Issiq qo‘rg‘oni yozuvi» nomi bilan atashgan va ilm-fanda shu nomlar bilan mashhur bo‘ldi.
O‘zbek yozuvshunos olimlari Nasimxon Rahmonov, Boqijon Matboboyevlarning «O‘zbekistonning ko‘hna turkiy-run yozuvlari» nomli ilmiy-ommabop risolasida O‘zbekistondan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvidagi matn parchalarining topilishi bilan ularning jahon ilm-faniga ma’lum bo‘lishi, mashhur sharqshunos, yozuvshunos olimlarning diqqatini jalb etishi va ilmiy jihatdan talqin qilinishi haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan.
Bunday bitiklarning O‘rxun-Yenisey yozuviga o‘xshashligi, til xususiyatlarining ilmiy jihatdan asoslab o‘rganilishi natijalariga qarab, turkiy-run yozuvlarining qadimiy vatani bugungi O‘zbekiston ekanligi ta’kidlangan.
Usmon SANAQULOV,
filologiya fanlari doktori, professor
Turkiy-run yozuvlariga tegishli fikr-mulohazalar «Issiq yozuvi»dan oldinroq, 1954 yilda fransuz arxeologi A.Marik tomonidan bir idish parchasida bitilgan yozuv asosida qilgan tadqiqotidan boshlandi. Bu bitik ilk bor «noma’lum yozuv» nomini olgan. 1966 yilda G.A.Pugachenkova ham Xolchayondan noma’lum yozuv lavhasini topadi. Bu yozuv ham ancha vaqtgacha o‘qilmay, noma’lumligicha qoldi. 1967 yilda fransiyalik geolog A.Butner Afg‘oniston hududidagi (Qobuldan 70 kilometr shimoliy-g‘arbda) Dashti Navur qoyasiga o‘yib bitilgan katta hajmdagi noma’lum yozuv namunasini topgan.
1969 yilda J.Fyusman bu bitikni o‘qishga kirishadi. Uning fikricha, bu bitik milodiy birinchi asrga tegishli bo‘lib, u uch tilda, ya’ni yuxaroshta, yunoncha grafika asosidagi baqtarcha va noma’lum tilda yozilgan edi.
Baqtar yozuvi esa 279 yilda bitilganligi ko‘rsatilgan ekan. Sankt-peterburglik olim «noma’lum yozuv» haqida fikr bildirib, uni miloddan avvalgi V-IV asrlarga xos bo‘lgan «Issiq yozuvi»ni o‘zida gavdalantiradi, deb hisoblaydi.
Mashhur tilshunos olim J.Fyusman bu xat o‘ngdan chap tomonga qarab yozilishini, Surx-Kotal va Xolchayon yozuvlari bilan bir ekanligini isbotlaydi. 1972 yilda arxeolog K.Akishev mashhur «Issiq» qo‘rg‘onidan topilgan miloddan avvalgi IV-III asrlarga tegishli kumush kosaga bitilgan yozuvni aniqlaydi. Tilshunoslar esa uni ham «noma’lum yozuv» sirasiga qo‘shadilar. Bu yozuvning bitilgan davri va o‘qilishida mutaxassislar orasida har xil fikrlar bo‘lsa-da, «Issiq» qo‘rg‘oni tarixi miloddan avvalgi III asrdan kam emasligi masalasida ikkilanish bo‘lmadi. «Issiq yozuvi» “noma’lum yozuv” tarqalgan tarixiy-madaniy mintaqalar geografiyasiga ham aniqlik kiritdi. Bu yozuv namunalari janubiy O‘zbekistonning Xotinrabot, Qoratepa, Fayoztepa, To‘qqiztepa, Kampirtepa, Shimoliy Afg‘onistonning Oyxonum bitik yodgorliklarida aks etgan.
«Issiq yozuvi» («noma’lum yozuv») yodgorliklarini akademik E.V.Rtveladze yuechji qabilalari bilan bog‘laydi. V.A.Livhits esa saklarga tegishli, deydi. Shu bilan birga, «Issiq» yozuvi Kushon imperiyasi yozuv tizimining rasmiy shakllaridan biri, degan xulosaga keladi. Keyingi yillarda tadqiqotchilar bu yozuv eng qadimgi turkiy yozuv bo‘lishi kerak, degan farazlarni o‘rtaga tashladi. Masalan, A.S.Osmonjo‘lov «Issiq yozuvi” turkiy yozuv ekanligiga shubha qilmaydi.
E.V.Rtveladze «noma’lum yozuv» tilini aniqlash atributikasiga tuzatishlar kiritadi. Har holda «noma’lum yozuv»ning tarqalish geografiyasi ham uning yuechji nomli turkiy qabilalarga mansubligiga shubha uyg‘otmaydi, deydi. Chunki yuechji qabilalari turkiy bo‘lib, aslida Markaziy Osiyoda (Turkiston va Qang‘, Davan davlatlarida ham) yashaganligi, ularning qarindoshlari xunnlarning siquvi ostida avval Yettisuvga, so‘ng Baqtriyaga kelib qolganligi tarixiy manbalardan ma’lum. E.V.Rtveladzening yozishicha, «noma’lum yozuv»ning asosiy vatani Tohariston bo‘lib, davr jihatidan miloddan avvalgi V-IV asrdan milodiy VII-VIII asrlarni qamrab oladi.
Usmon SANAQULOV,
filologiya fanlari doktori, professor.
***
(Davomi bor).
TelegramFacebookTwitterOdnoklassniki
Kanalga qo'shiling
SO'NGGI YANGILIKLAR
103,5 million dollarga sotilgan Nobel medali puli bolalarga sovg‘a qilindiKECHA, 22:05 XORIJ
Shizofreniya tashxisi qo‘yilgan mashhur kishilarKECHA, 17:42 O'QING, QIZIQ!
Bozorlarimiz nega olov ichida qolyapti?KECHA, 16:48 SAMARQAND
Xizmat itlarining jangovor ko‘nikmalarga tayyorligi sinovdan o‘tkazildiKECHA, 16:38 O‘ZBEKISTON
Oliy sud sudyalari va Sudyalar oliy kengashi vakillari fuqarolarni tingladiKECHA, 14:37 SAMARQAND
Samarqandda dorivor ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadiKECHA, 14:34 JAMIYAT
OMMABOP
Ishtixon tumaniga ham yangi hokim tayinlandi15/06, 11:30 1830
Qo‘shrabot tumaniga hokim tayinlandi15/06, 09:42 1772
Ishtixonda ayolni do‘pposlagan ona va o‘g‘ilga nisbatan jinoyat ishi ochildi16/06, 15:18 1028
Yosh qizcha yiqilib, halok bo‘lgan uyning quruvchilariga chora ko‘riladi15/06, 15:33 907
Farzandini ayovsiz kaltaklagan onaga chora ko‘riladi16/06, 15:45 869
Amerika orzusi: Hashamat uchun qochqinlikni istayotganlar17/06, 15:47 704
ZARNEWS.UZ
«Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati. Muassislar: Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi va viloyat hokimligi.
Tahririyat manzili: 140100, Samarkand shahri, U. Tursunov ko‘chasi, 80-uy.
Telefon: (0 366) 233-91-51, 233-91-52, faks: 233-91-56
E-pochta: info@zarnews.uz
Xato topdingizmi? Xato matnni belgilab CTRL+ENTER tugmasini bosing.
BO'LIMLARSamarqand1153O‘zbekiston256Jamiyat169Mutolaa164Afisha105Dolzarb74Iqtisodiyot72
TEGLAR
UKRAINA PAST DARG‘OM KASB-HUNAR SAYYOR QABUL MUTOLAA SANOAT PAYARIQ FUTBOL NOBEL MUKOFOTI YONG‘IN ICHIMLIK SUVI ROSSIYA
TAHRIRIYAT REKLAMA XABAR JO'NATING ALOQA 18+
© 2012 - 2022 Sayt elektron ommaviy axborot vositasi sifatida O'zbekiston matbuot va axborot agentligidan 2018-yil 12-fevralda 1217-sonli guvohnoma bilan ro'yxatdan o'tgan. Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart!
ActiveMedia Solutions tomonidan ishlab chiqilgan
Samarqand davlat meditsina instituti
Do'stlaringiz bilan baham: |