Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Nizom jamg`armasiga
tayanadi. 
Nizom jamg`armasi qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida ta`sischilar 
– davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi. Korxona 
rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad hajmi va boshqa 
moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jamg`armasi ko`paytirilishi 
mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg`armasi korxonaning iqtisodiy 
barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi. 
Korxonani
turli jihatlariga ko`ra tavsiflash mumkin: 
-
ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat 
jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi; 
-
ijtimoiy munosabatlarda korxona – turli kategoriyadagi xodimlar o`rtasida 
ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ; 
-
tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat 
yuritadi; 
-
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – tarmoqning mustaqil bo`g`ini 


183 
bo`lib, o`z-o`zini moliya bilan ta`minlash, o`z-o`zini boshqarish, ya`ni bozor 
munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi. 
Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro`yxatidan o`tganidan 
keyingina huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro`yxatidan o`tish uchun 
birinchi o`rinda quyidagi hujjatlar ahamiyatga ega bo`ladi: ta`sischining arizasi; 
korxonaning Nizomi; korxonani tashkil qilish haqida qaror yoki ta`sischilar 
shartnomasi; davlat bojini to`laganlik haqida kvitantsiya va boshqalar. 
Korxona o`ziga xos bo`lgan ma`lum belgilarga ega: 
birinchidan,
korxona o`ziga tegishli va xo`jalik boshqaruvidagi xususiy 
mulkka ega bo`lib, ushbu mulk uning faoliyatini moddiy-texnikaviy 
imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligini va ishonchliligini ta`minlaydi; 
ikkinchidan,
korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o`zaro munosabat-
lardagi majburiyatlar yuzasidan o`z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega 
bo`ladi; 
uchinchidan,
korxona xo`jalik aylanmasida o`z nomidan harakat qilishi 
mumkin, ya`ni qonunga asosan xo`jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot 
(ish, xizmat) iste`molchilari, xomashyo va asbob-uskuna yetkazib beruvchilar 
hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega; 
to`rtinchidan,
korxona qonunchilikka asosan sudda da`vogar va javobgar 
sifatida qatnashish huquqiga ega; 
beshinchidan,
korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo`lib, ishlab 
chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat 
idoralari tomonidan belgilangan tartibda o`z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi; 
oltinchidan,
korxona o`z nomiga ega bo`lib, unda korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli o`z aksini topadi.
Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va 
muomala jarayonlaridan iborat bo`ladi. Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi 
faoliyati – yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni 
tashkillashtirishda namoyon bo`ladi. qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat – 
ishchi kuchini yo`llash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab 


184 
chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala 
sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta`minotini 
tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab 
chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko`zga ko`rinadi. 
Korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tadqiq etishda uni tashkil 
qiluvchi ikkita tarkibiy qism – tizimning o`zi (korxona) va ushbu tizim faoliyat 
yurituvchi tashqi muhitni ko`rib chiqish lozim. Korxonaning ichki muhiti ishlab 
chiqarish vositalari, pul mablag`lari, axborotlar va inson resurslaridan tashkil 
topadi. 
Ichki muhitning o`zaro aloqalari natijasida tayyor mahsulot paydo bo`ladi, 
ishlar bajariladi va xizmat ko`rsatiladi, ya`ni to`g`ri yo`lga qo`yilgan ishlab 
chiqarish va mehnatga haq to`lash faoliyati yuzaga keladi. 
Korxonalarning tashqi muhit bilan aloqasi ularning tashqi tizimga chiqishida 
ro`y berib (resurslarni jalb qilish, ularning qiymatini aniqlash, xomashyo, material 
va yoqilg`ining o`z vaqtida yetkazib turilishi va hokazo), tashqi muhitga ishlab 
chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimi yordamida ta`sir ko`rsatish jarayonida 
namoyon bo`ladi. 
Korxonalar faoliyati samaradorligini aniqlab beruvchi tashqi muhit – bu, 
birinchi o`rinda mahsulot iste`molchilari, xomashyo va boshqa material yetkazib 
beruvchilar, shuningdek davlat idoralari hamda korxonaga yaqin joyda yashovchi 
aholi hisoblanadi. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitlarida 
korxonalar 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish