2.2. Marosim va maishiy turmush tarzi bilan bog’liq bolalar o’yinlari
Shaxsning jismoniy va ruhiy barkamolligi o’zaro uzviy bog’liq ekanligini
teran anglagan ajdodlarimiz qadimdan uni mustahkamlash usullarini aniqlab,
rivojlantirib kelganlar. Bu borada aqliy va jismoniy tarbiyaviy xususiyatga ega
turli musobaqalar, jismoniy mashg’ulotlar, xalq o’yinlariga alohida e’tibor
qaratilgan.
Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz o’zining ma’naviy va madaniy merosini
yana qayta tiklash, uni boyitish imkoniyatiga muyassar bo’ldi. Qator milliy
bayram, an’ana, urf-odatlar ma’lum bir darajada transformatsiyaga uchragan holda
qayta tiklanmoqda. Ya’ni milliylikka–o’zlikka qaytish imkoniyati kengaymoqda.
O’zbeklar milliy merosida bevosita xalq tomonidan ijod etilgan va beqiyos
ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan turli bayramlar, xalq o’yinlari, mavsumiy va
kasb-hunar marosimlari alohida o’rin tutadi.
Bolalar o’yinlari qaysi shakl, mavzu, yo’nalishga ega bo’lmasin, loy-tuproq
bilanmi, yog’ochu kaltakmi, ipu arqon bilanmi, qaysisi bo’lsa ham bolani turmush
ikir-chikirlari, uy-ro’zg’or va xo’jalik ishlari, umuman katta hayotga tayyorlashda
o’ziga xos hunar maktabi rolini o’ynagan
107
.
Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg’ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali
ibn Sino, Alisher Navoiy, Bobur, Zayniddin Vocifiy, Kaykovus singari ulug’
107
Арифханова З., Нозимов О., Жуманазаров Э., Исоқов Б. Соғлом авлод тарбиясида...... – Б. 5.
47
allomalar asarlarida ham bolalar hamda folklor o’yinlariga doir juda ko’p
ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit
turk» asarida qadimiy o’yinlarning tur va yo’nalishlari jumladan, to’piq o’yini
xususida juda qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Bunday to’piq o’yini hozir ham bor.
To’piq o’ynalganda suyak berkituvchi kishi to’piqni hamma vaqt yonida olib
yurishi shart bo’lib, bir necha oydan keyin bo’lsa ham, hammomga o’xshash nozik
joyda bo’lsa ham, so’ralgan vaqtning o’zidayoq «mana» deb, ko’rsatib bersa,
yutadi. Shuning uchun to’piq osib yurish odat bo’lgan bo’lishi mumkin
108
.
Sh. Shomaqsudov va Sh. Shorahmedovning “Hikmatnoma” kitobida:
“To’piq o’yini – to’piq suyagini o’yinchilardan biriga, so’ralganda darhol
ko’rsatish, aks holda o’ynovchilarning istaklarini bajarish (masalan, ziyofat qilib
berish) sharti bilan o’ynaladigan pisandali o’yin” sifatida izohlangan
109
.
Ajdodlardan meros ma’naviy boyliklar, qadriyatlar orasida bolalar o’yinlari
o’ziga xosligi, bugungi davrga mosligi bilan alohida ajralib turadi. Milliy o’yinlar
zamonlar charxpalagida charxlanib, ma’lum bir tarixiy-badiiy va transformatsion
jarayonlarni bosib o’tadi. Har qanday o’yin ma’lum bir muhitda, sharoitda
o’zgaradi yoki rivojlanadi, lekin uning asl mazmun-mohiyati esa saqlanib
qolaveradi.
Turli etnoslarning bir shakl, mazmundagi o’yinlari odatda turlicha nomlanadi.
Masalan, ruslarning ot ustida bajaradigan o’yinlari “Козлодрание”, qozoqlarda
“Kokpar”, qirg’izlarda “Ulaktaro’sh”, o’zbeklarda “Uloq”, tojiklarda “Buzkashi”
deb ataladi
110
. Har qanday o’yin, jumladan ko’pkari ham ko’ngli bo’sh odamlarni
yoqtirmaydi. Raqibingga shafqat qildingmi, u seni yanchib o’tadi. Qadimdan
hayotning azaliy qonuni ham «sotsial darvinizm», ya’ni kuchlilar yutib chiqadi,
degan qoidaga asoslangan.
Ko’pkarida chavandozning biror joyi sinadimi, uziladimi, tuyoqlar ostida
qoladimi yo u o’ladimi bunga hech kim jovob bermaydi. Ko’pkari – ko’k par –
ko’k bo’ri ma’nosini anglatadigan bu qadimiy o’yinning qizig’i, shuhrati, fojeasi
108
Қошғарий М. Девону луғотит турк.... – Б. 198.
109
Ҳикматнома. Ўзбек мақолларининг изоҳли луғати..... – Б. 333.
110
Былеева Л. В., Григорьев В. М. Игры народов СССР… – С. 7.
48
ham shunda. Shu boisdan ham bolalar ushbu mardlik, shijoatga chorlovchi o’yinni
qiziqib tomosha qilib, uning qonun-qoidalarini jiddiy o’rganib borganlar.
“At ustundo oynoo” – qadim zamonlardan beri qirg’iz xalqi orasida keng
tarqalgan. Bu o’yin katta bayramlarda, odamlar ko’p yig’iladigan, tekis joylarda
o’tkazilgan. Otliq tezkorlik bilan o’z oti yordamida murakkab gimnastik
mashqlarni bajargan
111
. Axborotchilar ma’lumotlariga ko’ra, “At chabo’sh”, “Ulaq
tarto’sh”, “Bayge”, “Kok boru”, “Oodaro’sh” kabi qirg’iz xalq o’yinlari katta
mahorat bilan ijro etilgan
112
.
“Oodaro’sh” o’yini juda mashhur bo’lgan bo’lgan. Bu o’yin raqibini otdan
og’darishdan iborat edi. Bu o’yinda kuchli, epchil erkaklar va ba’zan ayollar ham
qatnashgan
113
. Sunnat to’yidan bir kun avval qirg’izlarda “Ulaq tarto’sh”,
“Oodaro’sh” o’yinlari o’tkazilgan
114
.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, o’zbeklarning milliy sport va xalq
o’yinlari aholining yashash sharoitiga bog’liq ravishda xilma-xil bo’lgan. Ular
orqali yoshlar faol, sermahsul faoliyatga tayyorlab borilgan. Bunday o’yinlarni
o’rganish hamda mohiyatini ochib berish va yosh avlodga ko’proq targ’ib-tashviq
etish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qiladi,
g’oyaviy, tarbiyaviy faoliyat mazmunini chuqurlashtiradi.
Nemis psixologi Karl Gross o’yinlar ahamiyati borasidagi fikrlarini
muxtasar qilib, shunday yozgandi: “Kelajakda hayotiy vazifalar uchun odatlarni
o’stirish bolaligimizning asosiy maqsadini tashkil etadi. Biz hech ikkilanmay
aytishimiz mumkinki, bunda asosiy rol o’yinga tushadi. Biz bola bo’lganimiz
uchun o’ynamaymiz, aksincha, bolalik biz o’ynay olishimiz uchun berilgan”
115
.
“O’yin o’zi nima degani?” degan savolga aniq javob topilgan taqdirdagina
muammoni yoritish va tahlil etish, taklif va tavsiyalar berish jarayoni osonlashadi.
Psixologiya tarixida bola faolligining bunday turiga doir ko’plab tushunchalar
berilgan. Psixologlarning bir guruhi, o’yin bu iste’dodning instinktiv rivojlanishi,
111
Касен А. Кыргызские игры и развлечения…. – С. 15–16.
112
Dala yozuvlari: Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Nov qishlog’i. 2018- yil.
113
Ильясов С. И. История Киргизской ССР. Т. 2. – Фрунзе, 1986. – С. 233.
114
Dala yozuvlari. Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Nov qishlog’i. 2018- yil.
115
Эльконин Д. Б. Психология игры. 2-е изд. – М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 1999. – С. 72.
49
kelgusi jiddiy funksiyalarining anglanmagan mashg’ulotlari, deb hisoblaydilar
Boshqalari o’yinni xursandchilikka yetishish bilan bog’laydilar, uchinchi guruh
esa uni qizg’inlikni tushirish usuli sifatida baholaydilar. To’rtinchi guruh
tadqiqotchilar bo’lsa, o’yin paytida olingan ma’lumotlarni tashlab yuborish
jarayoni kechadi, deb hisoblaydilar. Bularning bari to’g’ri. o’yin – bu bolaning
narsalar olami va odamlar munosabatini anglash negizida yotgan narsalar
faoliyatining o’zgacha turi ekanligi ham ayni haqiqat. Agar ikki va undan kattaroq
yoshdagi bola o’yinni sevmasa, o’ynay olmasa bu kichkintoy rivojlanishida
ma’lum bir nuqson mavjudligining ko’rsatkichidir. Bolaning kasalmand holati
uning o’z atrofidagi odamlar bilan muloqoti nochorligi belgisidir.
Muammoning yechimi: Psixologlar 5–6 yoshdagi bolalar bilan quyidagi
tajribani o’tkazganlar: mutlaqo bo’sh (hatto mebelsiz) xonalarga o’yinga o’rgatil-
gan va o’rgatilmagan bolalar joylashtirilgan. Shundan so’ng ularni o’ynashga chor-
lab, o’zlari yashirin kuzatish o’tkazganlar. Aniqlanishicha, o’yinga o’rgatilmagan
bolalar xonada bekor yurganlar yoki umuman harakat qilmaganlar. O’yinga
o’rgatilganlari esa, o’z navbatida nafaqat narsalar, hatto biror o’yinchoq yo’qligiga
qaramay yolg’ondakam telefon orqali suhbatlashar, kasha qaynatishar, toshoyna
oldida o’zlariga oro berishar, o’zlaricha samolyot, mashina haydashardi va hokazo.
Bundan shunday xulosa chiqaramiz: bolalarni turli o’yinlar o’ynashga albatta
o’rgatish kerak.
Bir yoshidan boshlab har qanday o’g’il yoki qiz bola hayotining ko’p vaqtini
o’yinlarga sarflaydi. Dastlabki paytlarda yolg’iz o’zi o’ynaydi, keyinchalik u
kimningdir o’yinga sherik bo’lishini talab qila boshlaydi. O’yin jarayonida bola
o’z harakatlarini muvofiqlashtirishni va kattalar olamini o’rgana boradi. Bola
yangi ko’nikmalarni egallash bilan birga kattalarga taqlid qila boshlaydi. Endi
bolalar boshqalarning faoliyatiga aralashmay, ulardan nusxa ko’chira boshlaydilar.
Keyinchalik, taxminan uch yoshdan boshlab bolalar ko’proq assotsiativ o’yinga
qo’shib o’z harakatlarini boshqalarniki bilan moslashtira boshlaydilar. Har bir bola
haliyam o’zi xohlagandek harakat qilaveradi, lekin shu bilan birga boshqalarning
harakatlariga e’tibor bera boshlaydi. Keyinroq, to’rt yoshda bolalar kooperativ
50
o’yinlarni o’zlashtirishga kirishadilar, bu o’yinlarda har bir bola boshqalar bilan
hamkorlik qilishi kerak (masalan, «ota va ona», «xola-xola», «mehmon kutish»
o’yinlaridagi kabi)
116
.
Bu borada Birinchi Prezidentimizning “Fanda ilmiy asoslangan shunday
tushuncha borki, inson butun umri davomida oladigan axborot hajmini yuz foiz
deb hisoblasak, olti-yetti yoshgacha olgan informatsiyasi uning ellik foizidan
ko’prog’ini tashkil qilar ekan. Shu haqiqatni har bir oilaga, har bir ota-onaga
tushuntirib bera olsak, juda katta ishni amalga oshirgan bo’lamiz”
117
kabi ta’kidlari
ham o’rinlidir.
Didaktik o’yinlarning xususiyati shundaki, u bolalarning faolligi,
tashabbuskorligini oshiradi, ularni mustaqillikka, o’z kuchiga ishonishga o’rgatadi.
Shuningdek, o’yinda bolaning iroda va xarakteri shakllana boradi. Bola
rostgo’ylik, to’g’rilikka o’rganadi. Jamoa bo’lib ishlashga, harakat qilishga
odatlanadi. Shunday qilib, didaktik o’yinning ham aqliy, ham axloqiy tarbiyadagi
tutgan o’rni benihoyadir
118
.
O’yin bola shaxsining hamma sifatlariga teng ta’sir etadi, uning qiziqishlari,
tevarak-atrof to’g’risidagi tasavvurini, kattalarga va o’rtoqlariga bo’lgan
munosabatini namoyon etadi.
Bolaning kelajakdagi tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun
jihatdan boy yangi ijodiy o’yinlar yaratilishi lozim. Buning uchun esa o’z
navbatida yaxshi uyushtirilgan bolalar jamoasini shakllantirish zarur. Kuzatishlar-
ning ko’rsatishicha, o’yinda yosh organizmga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar
qoniqtirilib, hayotiy faollik ortadi, ko’tarinki kayfiyat, emotsionallik tarbiyalanadi
va boshqariladi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy va ruhiy tarbiyalash
jarayonida o’yin, ayniqsa, rejalashtirilgan ijodiy va milliy o’yinlarning ahamiyati
tobora ortib bormoqda.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xayoliy tasavvurlari ancha kuchli
bo’ladi. Bolalarning ijodiy o’yin vaqtida yaratayotgan timsollari, ularning
116
Гидденс Энтони. Социология. / Н. Маматов ва Ж. Бегматов таржимаси. – Т.: Шарқ, 2002. – Б. 88.
117
Каримов И .А. Соғлом авлод тарбияси – барчамизнинг муқаддас инсоний бурчимиз / Озод ва обод Ватан,
эркин ва фаровон ҳаёт-пировард мақсадимиз. 8-жилд. – Т.: Ўзбекистон, 2000. – Б. 435.
118
Даминова М., Адамбекова Т. Ўйин машғулотлари. – Т.: Ўқитувчи, 1993. – Б. 24.
51
hikoyalari va ertaklaridagi ramzlar yorqin, jo’shqin obrazlar bo’ladi. Bu obrazlar
idrokka yaqinlashib qoladi deyish mumkin. Chunonchi, yog’ochni “ot” qilib
chopib borayotgan bola o’zini xuddi chinakam otda chopib borayotgandek his
qiladi. Bolalar o’yin qoidasining buzilishiga biror katta, o’ta ahamiyatli ishning
buzilishi sifatida qaraydilar
119
.
Ijodiy o’yinlar eng muhimi bilim egallash jarayoni bo’lib, bu bolaning aqliy
kuchi, tafakkuri, xayoli, diqqati, xotirasini yanada takomillashtiradi. Bola bu
jarayonda vazifani oson hal etish, o’ylagan narsasini amalga oshirish uchun
osonroq yo’l qidiradi, o’z bilimlari zaxirasidan foydalanishga va uni so’z bilan
ifodalashga o’rganadi. Ijodiy rejalashtirilgan o’yinlar bola shaxsining shakllani-
shida muhim ahamiyat kasb etishini e’tiborga olsak, ta’lim va tarbiya jarayonidan
ko’zlangan etnos taraqqiyotiga mos samaraga erishgan bo’lar edi.
119
Иванов П. И. Психология… – Б. 180.
52
XULOSA
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 1995- yil 17- fevraldagi O’zbekis-
ton Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida o’rtaga
tashlangan “Bolalarimizga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va
uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o’rgatishimiz, chuqur anglatishi-
miz kerak?” degan o’rinli savollari bola shaxsini rivojlantirishda uning faoliyatini
va faolligini oshirishni nazarda tutadi. Kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom,
barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir.
Sog’lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashning turli yo’l-yo’riqlari, usullari
mavjuddir. Ayniqsa, bolalar bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etishda, turli milliy
harakatli o’yinlarni o’rgatish juda muhimdir. Bola tarbiyasining bu tomoni ham
davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masaladir. Yurtboshimiz shu muammoni davr
talabi asosida hal qilishga alohida e’tibor, o’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkil
etishning, shu jumladan, ommaviy sport va jismoniy tarbiya shakllarini qayta
tiklash hamda amaliyotda joriy etish, ayniqsa, milliy sport o’yinlari haqida
ma’lumotlar yig’ish, ularni boyitish va ular asosida yoshlarimiz o’rtasida keng
tashviqot olib borish kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri ekani haqidagi fikrni
ilgari surdi.
Sport inshootlarini qurganda, biron-bir sport turini rivojlantirishni o’ylaganda,
albatta, mahalliy shart-sharoitni, odamlarning qiziqishini e’tiborga olish lozim.
Misol uchun, tog’li joylarda odamlar ko’proq ot minishga qiziqadi. Shunday
joylarda balki ot sportini rivojlantirish kerak. Zero, milliy harakatli o’yinlar, sport
turlari ham xalq qadriyatlariga daxldor bo’lib, ularni yig’ish, boyitish va bolalarga
taqdim etish sog’lom avlodni tarbiyalashning muhim vazifalaridan biridir. Ayni
maqsadlarni amalga oshirishda ko’zga ko’rinarli ishlar qilinmoqda. Jumladan, Oliy
Majlisning 1999- yil 27- maydagi “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori muhim ahamiyatga
egadir.
Iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda bo’lgani kabi madaniy jabxada ham olib borilgan
tenglashtirish siyosati ko’p qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Masalan, O’zbekiston
53
Madaniyat vazirligining topshirig’iga binoan o’tgan asrning 80- yillarida respubli-
kaning barcha hududlarida milliy qadryatlarni tiklash maqsadida xalq og’zaki
ijodini rivojlantirish vazifasi belgilandi. Unga asosan, askiyachilik, xalq o’yinlari,
baxshilarining aytishuvlari, musobaqalarini rivojlantirish, an’ana, urf-odatlarni
tiklash lozim edi. Ammo, madaniy merosimizni, aynan bolalar o’yinlarini targ’ib
qilishda sustkashlikka yo’l qo’yganliklari va shu tariqa milliy o’yinlarni davlat
dasturiga kiritilmaganligi sababli bu davrga kelib milliy o’yinlar unitila boshlandi.
Folklor materiallarini to’plashda o’qituvchilar, talabalar, o’quvchilar yordam
berishlari zarur. Magistrlik ishini yozish mobaynida milliy o’yinlarni to’plashda
juda ko’p keksa kishilar, axborotchilar, talaba yoshlar bilan ishlandi.
Demak, sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan milliy o’yinlarni halq orasidan
yig’ib olish, ularni tahlil va tadqiq etib, mukammal holga keltirib, eng saralarini
yosh avlodga tavsiya etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari,
yurtimizning barcha hududlari va jamoalarida milliy sport o’yinlari bo’yicha
musobaqalarni tashkil etish yo’li bilan ularning ma’naviy va jismoniy
kamolotlarini takomillashtirishda namunali tadbirlar o’tkazish lozimdir. Bunday
tadbirlar jismoniy madaniyat va sport to’g’risidagi qonun va qarorlarni amalga
oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
1991- yilda tashkil etilgan “Xalq milliy o’yinlari Assotsiatsiyasi”ning asosiy
vazifasi, xalq orasida keng qo’llanib kelinayotgan milliy o’yinlarni o’rganish,
o’yinlarning tarbiyaviy jihatlarini targ’ib etish va ommaviy tadbirlar o’tkazib
borishdir.
Birinchi yurtboshimiz I. A. Karimovning bu haqda: “Men g’arb falsafasida
ham barcha muammolar yechilgan, demoqchi emasman. Biz ko’p masalalarda
g’arb faylasuflarining fikrlari bilan, ayniqsa, individualizm, egoizm qarashlari
ilohiylashtirish bilan kelishmasligimiz mumkin. Lekin, ularni hisobga olishimiz,
keraksizini inkor etishimiz zarur” degan o’rinli fikrni bildirganlar.
Odatda, jamoa bo’lib tashkil etilgan o’yinlarda, uning barcha a’zolari
o’rtasida o’zaro ijtimoiy hamkorlik munosabatlari o’rnatiladi. Demak, o’zbek xalq
o’yinlari yordamida, yuqoridagi illatlarga qarshi kurasha olishimiz mumkin ekan.
54
Bu bolalarni o’zgalar fikrini hurmat qilishga hamda o’zining mustaqil fikriga ega
bo’lishga o’rgatadi.
Milliy bolalar o’yinlari yosh avlodning jismonan va ma’nan sog’lom o’sishi
uchun xizmat qiladi va natijada kelajak avlod uchun zamin hozirlanadi. Bolalar
o’yinlari umumiylik bilan birga lokal o’ziga xoslikka ham ega. Shu sababdan ham,
o’yinlarning tarixiy ildizlarini o’rganish, xalqimiz o’tmishi, turmush tarzini xolis,
ilmiy tahlil qilishga imkon beradi. Bu esa etnologiya fanining dolzarb
muammolaridan biri hisoblanadi.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |