Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ob’ekti va predmeti. O’zbek xalqining
bola tarbiyasi tizimida milliy bolalar o’yinlari va u bilan bog’liq an’analar hamda
zamonaviy jarayonlar tadqiqot ob’ekti bo’lib, unda asosiy e’tibor oilaviy hamda
ijtimoiy tarbiya jarayonda o’yinlarning etnik xususiyatlariga qaratilgan. Tadqiqot
uchun Farg’ona vodiysining Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlari tanlab
olindi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining predmeti esa o’zbek milliy bolalar
o’yinlari yosh avlodning oilaviy va ijtimoiy muhitdagi o’rnini tarixiy-etnografik,
etnosotsiologik ma’lumotlar orqali tadqiq etishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |