Uslubiy tavsiyasi



Download 29,25 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi29,25 Kb.
#395866
Bog'liq
metodik tavsiya




Andijon viloyati Jalaquduq tumani XTBga qarashli 4- umumta’lim maktabining

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Ergasheva Mahfuzaxonning

O’quvchining yozma nutqini o’stirishda yozma ishlarning ahamiyati” mavzusidagi




USLUBIY TAVSIYASI


Andijon viloyati Jalaquduq tumani XTBga qarashli 4- umumta’lim maktabining

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Ergasheva Mahfuzaxonning

O’quvchining yozma nutqini o’stirishda yozma ishlarning ahamiyati” mavzusidagi uslubiy tavsiyasi



O’quvchilarning yozma nutqini o’stirishda yozma ishlarning ahamiyati

( Insholardan namunalar)

( 8- sinf ona tili fani mavzulari asosida)

Jamiyat hayotida jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan tub islohotlar inson va uning manfaatini ko’zlab amalga oshirilayotgani bugungi kunda o’zining mazmun – mohiyati bilan yaqqol isbotini topib turibdi. Yoshlarimizning keng qamrovli bilim olishlarini ta’minlash, ularni zamon talablariga mos yetuk mutaxassislar qilib shakllantirishda prezidentimiz tomonidan ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlikning o’rni beqiyosdir.

Xalq ta’limi bo’limi muassasalarida ertangi kunimizning vorislari ta’lim –tarbiya olmoqdalar. Ularni yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimli, vatanparvar, keng mushohadali, buyuk davlatni barpo etish yo’lida ijodkor va faol qillib tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Buning uchun,eng avvalo, amaldagi uslublar bilan birgalikda ta’lim oluvchilarga ta’lim berish va tarbiyalashning eng samarali shakl va uslublarini ishlab chiqish, uni hayotga joriy etishdir. Bu esa ta’lim muassasalariga, pedagog va mutaxassis kadrlar sifatiga alohida talab qo’yadi. Shuning uchun ham hozirgi davrda har bir pedagog o’z ish vazifasiga sidqidildan yondashishini, butun kuch- mahoratini ta’lim samardorligini oshirishga qaratishini taqozo qiladi. Nemis pedagogi A. Disterbergning ta’biri bilan aytganda, “Yomon o’qituvchi tayyor haqiqatni beradi, yaxshi oqituvchi esa uni topish yo’lini o’rgatadi”.

O’quvchilarga mustaqil ishlash jarayonida amaliy ko’mak berish hamda ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ushbu ijodiy ishlardan namunalar taqdim etishga qaror qildik. Insholardan namunalar uzoq yillik kuzatuvlar asosida o’quvchining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tayyorlandi.

Pedagogik kuzatuvlar shuni ko’rsatmoqdaki, ko’pgina o’quvchilar insho yozish jarayonida qiynaladilar, ular unsho yozish texnikasidan unchalik xabardor emaslar. Iqtidorli o’quvchilar o’z ustida ishlagani uchun insho yozish jarayoni ularga qiyinchilik tug’dirmaydi. Past o’zlashtiruvchi o’quvchi o’z – o’zidan shakllanib qolmaydi. Ularga bir qancha omillar ta’sir ko’rsatadi:

- oilaviy muhit;

- maktabda dars mashg’ulotlarini qoldirish;

- shaxsning psixologik xususiyatlari.

Bularni eng asosiy omillar deb baholasak xato bo’lmaydi.

Oilaviy muhit boshqa omillarning rivojlanishi uchun zamin tayyorlaydi. Psixologiyadan ma’lumki, shaxsning psixologik xususiyatlari biologik faktorlar bilan bog’liq. Bu tabiiy hol. Lekin, oilaviy muhit nosog’lom bo’lsa, bevosita o’quvchining bilim olishiga o’zining sezilarli ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Shuning uchun ham hozirgi kunda maktab, oila, mahalla hamkorligiga alohida e’tibor qaratilib, faoliyat jarayoni tashkil etilmoqda. Bulardan tashqari, yana boshqa omillar ham mavjudki, bular haqida ham aytib o’tishni joiz topdik. Umumta’lim maktablarida o’tkazilgan dars tahlili jarayonlaridan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ayrim pedagoglarning faol o’quvchilarga doimiy e’tibor qaratib, nofaol o’quvchilarga e’tiborning sustligi ham past o’zlashtiruvchi o’quvchining shakllanishi uchun zamin tayyorlaydi.

Shulardan kelib chiqqan holda, takror ta’kidlash zarurki, pedagog o’z kasbini sevsagina, ta’lim samadadorligi yo’lida o’zining munosib hissasini qo’sha oladi, deb ayta olamiz.

Yozma nutqning rivojlanishi og’zaki nutqqa bog’liqdir. Og’zaki va yozma nutqning rivojlanishi uchun badiiy asarlarni ko’proq mutoalaa qilish darkor. O’quvchi qanchalik ko’p o’qisa, imlo qoidalaridan shunchalik xabardor bo’ladi,chunki so’zlarning qay tartibda yozilishi xotirada saqlanib qoladi. Bu bevosita inshoni bexato yozishga olib keladi. Bugina emas, ijodiy fikrlash jarayonida ham o’quvchiga eng yaxshi yordamchi, albatta, uning o’qigan badiiy asarlari bo’ladi. Lekin, hozirgi axborot texnologiyalari jadal rivojlangan davrda o’quvchilarni badiiy asar o’qitishga qanday jalb qilishimiz lozim. Bu eng qiyin masala hisoblanib, buni keng jamoa ishtirokisiz hal qilib bo’lmaydi. Bu masalada eng og’ir vazifa, albatta, pedagoglar zimmasiga tushadi.

Quyida o’quvchilarning yozma nutqini o’stirish bo’yicha insholardan namunalar berdik.

Erkin mavzudagi insho

Mavzu: Biz- korrupsiyaga qarshimiz!

Reja:


1. Men “ korrupsiya” atamasini qanday tushunaman?

2 .Korrupsiya – inson va jamiyat hayotiga xavf soluvchi illat.

3. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurash.

Ertalab ostona hatlab o’qishga, ishga otlanganimizda onalarimiz-u momolarimiz qo’llarini duoga ochib: “Iloyo o’qishlaring, ishlaring o’ngidan kelsin, doimo xonadonimizga, mahalla- ko’yimizga va yurtimizga tinchlik – omonlik bersin,” – deya Yaratgandan yaxshi tilaklar tilaydilar. Bunda nihoyatda hikmat ko’p. Inson hayotda yashar ekan, yaxshi yashash uchun harakat qiladi.Kimdir bu yo’da ezgulik amallarini tanlasa, kimdir qing’ir yo’llarga kirib,manzilga osonlik bilan borishni istaydi.

Esimda,qachonlardir bir hikoyatni o’qigan edim.

Mimg yil umr ko’rgan Nuh payg’ambardan sorabdilar: Tiriklikni nimaga o’xshatding? Ikki eshikli uyga o’xshaydi, biridan kirdim, ikkinchisidan chiqdim. Yaxshi odam shu uyga o’zining ezgu amallari bilan g’isht qo’yib ketsa, yomon odam shu imoratdan g’ishtni ko’chirib ketar ekan. Taniqli yozuvchi O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari ham mazmun- mohiyati bilan shu asosga qurilganligini har bir o’quvchi ichi – ichidan sezadi. Beixtiyor o’ylanaman. Men bu umr yo’llarida qaysi yo’ldan boraman?!

Men hozirgi davrda XXI asrni tahlikaga solgan korrupsiyani vijdoniga qarshi borib,shaxshiy manfaatini el manfaatidan yuqori qo’yib, ishini yengillik bilan bitirib, pora olib, pora berish kabi salbiy holatlarni tushunaman. Hazrat Alisher Navoiy bundan qariyb olti yuz oldin:

Ming jafo qilsa menga bir qatla faryod aylaram,

Elga qilsa bir jafo ming qatla faryod aylaram.

Men korrupsiyani hazrat Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, elga zulm qilish , deb baholayman.

Korrupsiya inson va jamiyat hayotini izdan chiqarib, jamiyatning rivojiga rahna soluvchi, illat ekanligini har bir vijdonli odam sezadi. Negaki, pul berish orqali bilimi yo’q talaba oily o’quv yurtida mutaxassislik diplomini oladi, pul orqali inson tanish – bilish orqali ishga kiradi. Bularni sanayversak, sanog’iga yetolmaymiz. Tasavvur qiling. Pul bilan o’qigan talaba o’qituvchi bo’ldi. U bir emas, minglab, millionlab o’quvchilarning qalbiga bilim urug’ini emas, savodsizlik urug’ini sepdi. U yillar o’tib hosilini berdi. Jamiyatda bir emas, minglab , millionlab hech narsani his qilmaydigan hamda oila va jamiyat hayotini yaxshilash uchun harakat qilmaydigan insonlar ko’paydi. Buni ongli odam ich- ichiga sig’dira olmaydi. Yoinki haydovchini olaylik. U o’qimasa, yo’ harakati qoidalarini bilmasa, yo’l harakati hodisalari ko’payib,insonlar hayoti xavf ostida qoladi. Bu haqiqatdan hazrat Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, elga zulm –ku!

Biz bu umr yo’llarida qaysi yo’ldan boramiz?! Hozirgi davrda korrupsiya deb atalmish balo- ofatlardan qanday himoyalanib, unga qarshi kurash olib boramiz? Inson bu yo’lda ishonch bilan o’z e’tiqodi asosida Baxtimiz Qomusi – Konstitutsiyamiz belgilab bergan qonun- qoidalarga rioya etgandagina, albatta, to’g’ri yo’lda borishi, shubhasiz.

Biz baxtiyor ona yurt - O’zbekiston tuprog’ida yashayotganimizdan g’urur- iftixor bilan faxrlanamiz!

Avliyolar, daholarning beshigisan,

Naqshbandlar topgan jannat eshigisan.

Tiriklikning parvozi ham qo’shig’isan.

Sen azizsan, muqaddassan,ey sajdagoh,

O’zbekiston, ota- makon, ona tuproq!

Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev hozirhi kunda korrupsiyaga qarshi qattiq kurash olib bormoqda. Buni har kuni ommaviy axborot vositalari orqali ko’rib, o’qib bormoqdamiz. Oliy o’quv yurtlariga talabalarni qabul qilish mazkur yilda xolislik, oshkoralik, shaffoflik ruhida o’tkazildi.

Korrupsiya- bu jinoyat! Jinoyatchi ozodlikdan mahrum degani. Biz ozodlikni tanlaymiz. Siz-chi?! Aziz tengdoshim! Qo’lni qo’lga berib, jamiyat rivojiga o’z hissamizni qo’shaylik! Mimglab, millionlab insonlar bizga qo’shilsin. Korrupsiyasiz jamiyat sari!

Adabiy mavzudagi inshoga namuna

Alimardon timsoliga tavsif

Reja:

I. Kirish:



1. O’tkir Hoshimov - o’zbek adabiyotining zabardast vakili.

II.Asosiy qism:

1.Alimardon - “Bahor qaytmaydi” asarining bosh qahramoni.

2.Alimardon - do’sti va oilasiga vafosiz, xiyonatkor inson.

3.Kibr- u havoga berilish insonni halokatga yetaklovchi illat ekanligi

Alimardon timsolida ochib berilishi.

III.Xulosa:

O’trir Hoshimov asarlarini sevib o’qiyman.

“Tuprog’ bo’lgil, seni bosib o’tsinlar.”

( A. Yassaviy)

O’zining berakror asarlari bilan kitobxonlar qalbini zabt etgan O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov o’zbek adabiyotiga o’zining munosib hissasini qo’sha olgan adib sifaida e’zoslanadi, ardoqlanadi. Uning mavzu doirasida bir - birini takrorlamagan hikoya, qissa va romanlari har bir o’zbek xonadoniga kirib borgan. U qaysi mavzuda qalam tebratmasin, avvalo, inson, uning icki kechinmalari, o’y - fikrlari, shodligi-yu g’amlarini hikoya qilish asnosida inson o’zining nomiga also dog’ tushirmasligi, insonga berilgan bir marotabalik umrni HAZRATI INSON bo’lib yashab o’tishligi zarurligi har bir asarida yaqqol sezilib tuiradi.

Yozuvchining ta’biri bilan aytganda, “Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa kitob yozsangki,uni o’qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asarni o’qib bo’lgan kuni kechasi bilan uxlolmay, to’lg’onib chiqsa. Oradan yillar o’tib asarni qaytadan qo’liga olganida tag’in hayajonlansa...” Yozuvchi bu orzusiga tamomila yetishdi, deb ichonch bilan ayta olamiz. Chunki uning qalamiga mansub Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” romanlari, onasiga bag’ishlangan “Dunyoninmg ishlari” yoki “Bahor qaytmaydi” qissalarini o’qiymizmi, yoinki “Urushning so’nggi qurboni” hikoyasini o’qiylikmi, hamma - hammasida inson, uning taqdiri kitobxonni befarq qoldirmaydi, yillar o’tsada, ularning qismati haqida o’ylash, achinish kitobxonning doimiy hamrohiga aylanadi.

“Bahor qaytmaydi” qissasi yozuvchinig boshqa asarlaridan tubdan farq qiladi, chunki har bir asarni o’qiganimizda asarning bosh qahramoni timsolida ijobiy tomonlarni ko’rsak, Alimardon timsolida o’z maylining istaklariga bo’ysungan, o’z manfaati yo’lida hech narsadan qaytmaydigan shaxs timsolini ko’ramiz. Inso'n onadan yovuz bo’lib tug’ilmaydi. Uni muhit, insonning nafsi yomonlikka undaydi. Alimardon ham onadan yomon bo’lib tug’ilmagan. Unda ham ijobiy xislatlar talaygina. U voqealar rivojida iste’dodli xonanda, izlanuvchan, yuqori martabalarga erishish yo’lida tinmay mehnat qiluvchi shaxs sifatida kitobxonda iliq kayfiyat uyg’otadi. Ammo bora - bora undagi salbiy xislatlami ko’rib boramiz.

Alimardon oily o’quv yurtini bitirib, diplomni olganda onasi vafot etgan, uning quvonchini ko’ra olmagan edi. Asarda shunday satrlarni o’qiymiz: “Bo’ston qishlog’iga og’ir - vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi... Odamlar qilichini ko’tarib kelayotgan qishdan cho’chiganday shosha - pisha harakatga tushdilar. Kimdir chorbog’idan o’tin arraladi, kimdir qo’shnisining tom suvog’iga hasharga chiqa boshladi. Hamma yagona bir tashvish bilan - kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan yotadigan bo’ldi. Faqat bir hovlida - qishloq chekkasida, shundoqqina anhor yoqasida joylashgan hovlida sukunat hukm surar, faqat bir kishi yolg’iz o’z tashvishi bilan band edi.” U faqat o’zini o’ylovchi, boshqalarning tashvishi uni qiziqtirmaydi, hattoki eng yaqin do’sti Anvarga xiyonat qiladi, uning sevgan qizi Muqaddamga uylanib oladi. Muqaddamga ham yulanib olgandan keyin, oilasiga ham xiyonat qiladi, olilaning muqaddasligi uning uchin ahamiyatsiz. Onasi uni yolg’izqo’llik bilan boqqan,unga bor- yo’qini bergan,uning uchun o’zini o’tga - cho’qqa urgan, yarim ko’ngil bilan o’stirgan edi. Alimardon hech qachon onasini o’ylamagan edi. Unga onasini, hatto odamlarni o’ylash, ular haqida qayg’rish yot, begona edi. Negaki shon- shuhrat uni kibr- havoga berilishiga sabab bo’lgan edi. Shon - shuhratga erishmay turib, undagi kibr-u havo do’stiga munosabatida yaqqol ko’rinadi. Alimardon betob bo’lib yotib qolganda, bir kuni “Anvar ham kelmabdi, nomard! - pichirladi u g’ijinib. Alimardon betob bo’lib qolganidan beri goh Anvar, goh onasi har kuni kelib, uning holidan xabar oiib turishardi. Bugun kelmabdi. “Birovning go’riga birov tusharmidi! Anvarning men bilan nima ishi bor!” Bu satrlar Alimardonning do’stiga munosabatini yaqqol ifodalaydi.

Alimardon insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to’lab bo’lmas qarz ekanligi, onalarning hayotdagi o’rni beqiyos ekanligi, ular bizni dunyoga

keltirishi, oq sut berib boqishi, uzoq tunlar beshigimizni tebratib, atrofimizda parvona bo’lishi, parvarishlab voyaga yetkazishi kabi oddiy haqiqatni anglamaydi.Chunlci u hech kimni yaxshi ko’rmaydi. Agar yaxshi ko’rganda onasini biror marta eslagan, do’stiga, oilasiga xiyonat qilmagan bo’lardi. Mutalning otasi yozib qoldirgan xatda, “Dunyoda odamlarni yaxshi ko’rishdan ham ortiqroq baxt yo’q”, degan satrlar Alimardonga aytilganday jaranglaydi. U umrinig oxirlarida bu haqiqatni tushunib yetadi. Onasi, olilasi, do’st- birodarlari uning uchun eng aziz insonlar ekanligini, ammo vaqt o’tgan edi. Kibr-u havoga berilish uni halokatga yetakladi, uni oilasidan, do’st-u birodarlaridan, hattoki sevgan kasbidan , shon - shuhratidan judo qildi. “Alimardon qancha may ichganining, qancha ayollar bilan ulfatchilik qilganining hisobiga yetmadi... Endi u telvizorda kam ko’rinar, konsertlarda onda - sonda chiqib qolar,odamlar o’zini olqishlamayotganini ko’rib jinni quvishar, lekin odamlar ham endi unga zor emas edi! ” Alimardon uchun hamma narsa tugaydi, uning suyanchig’i - o’g’li ham undan yuz o’giradi, chunki o’zi ham qachondir bolasidan tongan edi. Har yili bahor keladi, tabiat yashnaydi, ammo Alimardon uchun bahor qaytmaydi.

Men o’zbek adabiyoti prozasiga o’zining hikoyalari, qissalari va romanlari bilan benazir hissasini qo’sha olgan adib O’trir Hoshimov asarlarini sevib o’qiyman. Uning asarlari O’zbekistondagina emas, balki chet ellarda ham sevib o’qiladi. Uning bir - biridan ajoyib hikoya, qissa va romanlari o’quvchini o’ylashga, mushohada etishga majbur etadi, asar qahramonlarining taqdiri kitobxonni larzaga soladi, eng avvalo, inson hayotda qanday yashash kerakligi haqida bot - bot eslatib turadi. Uning “Ikki eshik orasi” romani urushdan keyingi davriar hayotini qalamga olsa-da, urushning dahshati necha yillar davomida oilalarga o’zining ta’sirini ko’rsatib kelganligi hayotda yashab o’tgan Muzaffar, Ra’no, Munavvar va boshqa timsollar misolida ochib beriladi. “Tushda kechgan umrlar” romanida ham ayanchli qismat haqida - Afg’oniston urushi ham o’zbek xalqi boshiga keltirgan kulfatlari haqida hikoya qiladi.

Yozuvchining bir - biridan go’zal asarlarini o’qir ekanman, doim bir haqiqatni tuyaman. Yozuvchi insonlarga qarata: “Umr o’tkinchi, mana shu umrda


faqat yaxshiliklar qilishga ulgur, dunyo ikki eshikli uy ekan undagi g’ishtni buzib ketishga urinma,balki savob ishlaring bilan birorta g’ishtni qo’yib ketishga harakat qil, - deganday bo’ladi.
Download 29,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish