III - bosqich XVIII-XIX asrlarda
materiya inson sezgi a‘zolari orqali idrok etishga
qodir bo‗lgan ob‘ektiv borliq sifatida talqin qilingan. Bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy
fanlarning rivojlanish jarayonida olimlar bilimning muayyan sohalarida aniqlagan belgilar bilan
boyib bordi. Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida xossasi – massa aniqlandi. U
materiyaning eng muhim belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana
boshlandi.
IV - bosqich Hozirgi zamon falsafasida materiya
Ob‘ektiv borliqni ifodalash uchun
mo‗ljallangan falsafiy kategoriya bo‗lib, uni inson o‗z sezgi a‘zolari orqali idrok etadi, uni
tushunishi mumkin va tushunishga harakat qiladi, lekin bunda u insondan qat‘iy nazar
mavjuddir. Bu davrda materiyani tushunishda tabiiy ilmiy jihat emas, balki falsafiy jihat birinchi
o‗ringa qo‗yildi. Bu materiyaga narsalar va hodisalar butun rang-barangligining ichki yagonaligi
zamirida yotuvchi mohiyat – substansiya sifatida yondashuvdir. Bu esa materiyaga ob‘ektiv
borliq sifatida yondoshuv ifodasidir. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatshunoslikda
yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilgan faylasuflar (ularni faqat sobiq marksizm vakillaridan iborat,
deb tushunmaslik lozim), xususan, «materiya» tushunchasidan voz kechish yo‗lidan emas, balki
unga tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish orqali chiqarilgan yangi xulosalarni kiritish
yo‗lidan borishni taklif qildilar. «Materiya» falsafiy kategoriyasining vazifasi amalda mavjud
materiya turlarining butun cheksiz rang-barangligini qamrab olish va uni ong bilan bog‗lash
mumkin emasligiga urg‗u berishdan iborat. Muammoga falsafiy munosabatni uning tabiiy-ilmiy
talqinidan farqlash imkonini beruvchi mazkur yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi, aks
holda mazkur sohadagi tadqiqotlar va bilish imkoniyatlari doirasi asossiz ravishda torayadi.
Bunga, masalan, neopozitivizm yo‗nalishlaridan biri – lingvistik falsafada duch kelishimiz
mumkin. Uning taniqli namoyandalari J.Mur, L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki «materiya»
va «ong» kabi tushunchalarga ilmiy nuqtai nazardan aniq ta‘rif berish mumkin emas ekan,
ulardan voz kechish lozim, deb hisoblaydi.
Materiyaning tarkibiyligi g‗oyasining ildizlari antik falsafaga, xususan, Demokrit, Epikur
va Lukretsiy Karning atomistik ta‘limotiga borib taqalsada, bu g‗oya tabiatshunoslikning
rivojlanishiga kuchli ta‘sir ko‗rsatgan. Hozirgi zamon falsafasida u ancha salmoqli va ilmiy
asoslangan materiyaning tizimli tuzilishi konsepsiyasida mujassamlashgan.
Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari - massa,
energiya, ko‗lam bilan bog‗langan va uning muayyan turlari - modda, atomlar, korpuskulalar va
sh.k. bilan tenglashtirilgan.
Bu masalalarga nisbatan hozirgi yondashuvlar ancha o‗zgargan va materiya haqidagi
tabiiy-ilmiy, masalan, fizik yoki kimyoviy tasavvurlar bilan bir qatorda uni anglab etishning
falsafiy darajasini ham nazarda tutadi. Boshqa hozirgi falsafiy yo‗nalishlarning aksariyatida bu
tushunchalar faol qo‗llaniladi va muhim metodologik rol o‗ynaydi, xususan, uning
42
substansiyalilik, cheksizlik, yo‗q bo‗lmaslik, harakat, makon, vaqt kabi uzviy xossalari
farqlanadi.
Materiyaning tuzilishiga nisbatan kim qanday yondashmasin, u bir qancha alohida va
katta guruhlarga bo‗linadi. Zero, barcha moddiy ob‘ektlar tartibga solingan, izchil ichki
tuzilishga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |