57
dogmatizm, tafakkurning torligi, eski, qotib qolgan qarashlarga sodiqlik sifatida talqin qilindi.
YAngi davr falsafasi va fanining mazkur tavsifi haqiqatga uncha mos kelmaydi, zero YAngi
davr ilmiy bilimi falsafiy tafakkur tarkibidan uning ajralmas qismi sifatida o‗rin olgan
tushunchalar apparatini yaratdi. Lomonosov – Lavuaze modda va harakatning saqlanishi g‗oyasi;
G.Leybnits ta‘riflab bergan rivojlanish g‗oyasi; Nyuton klassik mexanikasidagi massa,
inersiya
va harakat, markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi kuchlar tushunchalari; tabiatdagi turli-
tuman aloqalarning o‗rganilishi; determinizm tamoyilining asoslanishi; mexanik harakat
dialektikasi; Er evolyusiyasi haqidagi tasavvur; tabiatga nisbatan tarixiy yondashuvning nazariy
ahamiyatini namoyish etgan Quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi Kant – Laplas
gipotezasi; organizm va muhitning birligi tamoyilining asoslanishi – o‗sha davr fani
yutuqlarining to‗liq bo‗lmagan ro‗yxatidir. SHu sababli YAngi davr va Ma‘rifat davri falsafasi
dialektika tamoyillaridan butunlay voz kechish davri emas, balki dialektika rivojlanishining
o‗ziga xos va ancha etuk bosqichi hisoblanadi.
Nemis klassik falsafasining atoqli namoyandasi Immanuil Kant XVII-XVIII asrlar fani
va falsafasining g‗oyalari va kategoriyalarini tizimga solishga ahd qiladi.
SHu maqsadda u
kategoriyalarning uch guruhi: hissiyot, idrok va aql kategoriyalarini farqlaydi. Kant barcha
kategoriyalar aprior (tajribada ko‗rilmagan) xususiyatga ega ekanligini qayd etadi. Bilish
kategoriyalarini Kant tajribaga yo‗l ochadigan dastlabki konstruktiv sxemalar sifatida talqin
qiladi. Kategoriyalar bilayotgan inson hissiy taassurotlar xaosi ustiga «tashlaydigan» va har xil
taassurotlarni tasniflash, ta‘riflash va o‗zaro bog‗lashni amalga oshiradigan tushunchalar
«to‗ri»ga o‗xshatiladi.
Hissiyot kategoriyalari tarkibiga Kant makon va vaqt tushunchalarini kiritadi. Ular
bizning o‗z sezgi organlarimiz ko‗rsatgan narsalarni umumlashtirish
va anglab etish
qobiliyatimizni tavsiflaydi.
Idrok kategoriyalari tarkibiga Kant kategoriyalarning to‗rt turkumi: miqdor, sifat, nisbat
va modallikni kiritadi. U inson idrokining aprior shakllari ob‘ektiv va umumiy mazmunga ega
bo‗ladi, buning natijasida tajriba umumiy va zaruriy ahamiyat kasb etadi, deb qayd etadi.
Aql kategoriyalarini Kant g‗oyalar deb nomlaydi. Kant fikriga ko‗ra, g‗oya mumkin
bo‗lgan tajriba chegarasidan chetga chiquvchi tushunchadir. G‗oyalar bizning amaliy va bilish
faoliyatimizni tartibga keltiruvchi va tizimga soluvchi sxemalarga aylanadi. Ular inson
faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tartibga solish funksiyasini bajaradi.
Kategoriya (yunon. kategoria – ta‘rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm
suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‗zida aks ettiradigan o‗ta keng tushuncha.
SHunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi.
Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy
tasavvurlarga muvofiq
amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa
kategoriyalari farqlanadi.
Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so‗zlar bilan
ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan o‗zlashtiriladi,
ba‘zan ular mazkur hodisani kashf etgan olimning ismi bilan ataladi. Ilgari ma‘lum bo‗lmagan
hodisani ifodalash uchun sun‘iy tarzda yaratilgan so‗zlar – neologizmlar ham ancha ko‗p
uchraydi. Tabiiy tildan farqli o‗laroq, fan tushunchalari va kategoriyalari atamalar (terminlar)
hisoblanadi, ya‘ni erkin talqinga yo‗l qo‗ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega
bo‗ladi.
Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o‗rganar ekan, albatta o‗z kategoriyalar
apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differensial», «integral» kabi kategoriyalar bilan
bog‗liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o‗zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo,
muayyan fanlarning kategoriyalari ma‘lum darajada umumiy bo‗lsa-da, borliqning ayrim
sohalaridagina qo‗llaniladi va mazkur sohalarga xos bo‗lgan aloqalar va munosabatlarni aks
ettiradi
58
Xususiy
ilmiy kategoriyalar
alohida olingan xususiy ilmiy fanlarda qo‗llaniladigan,
mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo‗llanilishi mumkin bo‗lmagan kategoriyalardir.
Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va
munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‗llaniladigan o‗ta keng tushunchalar majmuidir. Ayni
shu sababli falsafiy kategoriyalar hech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari
darajasida soddalashtirilishi mumkin emas.
Tushunchalar sifatida kategoriyalar fikrlashning zaruriy shakllari hisoblanadi. O‗ta keng
tushunchalar sifatida ular universal qo‗llanish va butun olamni tavsiflashga da‘vogar bo‗lishi
mumkin. SHu boisdan falsafiy kategoriyalar dunyoning manzarasini yaratish vositasi bo‗lib
xizmat
qiladiki, bu, umuman olganda, falsafaning bosh vazifasi hisoblanadi. Har qanday
tushunchalar kabi, kategoriyalar instrumental funksiyani bajaradi, fikrlash omili va vositasi
sifatida amal qiladi. SHuningdek falsafiy kategoriyalar insonning turli hodisalarni bilish va
o‗zlashtirish usuli sifatida ham instrumental funksiyani bajaradi. Falsafiy kategoriyalar ilmiy
bilishning muayyan metodologiyasini,
umuman borliqni, ayniqsa inson borlig‗ini tushunish
me‘yorlarini yaratish orqali normativ funksiyani ham bajaradi. Kategoriyalarning ahamiyati va
universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari muqarrar tarzda kategoriyalarda qayd
etiladi, kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. Ular fan tarkibining zaruriy qismi
hisoblanadi. Zero fan ob‘ekti faqat kategoriyalar yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: