Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   359
Bog'liq
falsafa

Demografik muammo.
Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari 
orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko‗payishiga sabab 
bo‗layotgan aholining nazoratsiz o‗sishi qayd etiladi. Ayrim mutaxassislarning baholashlariga 
ko‗ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar Erda faqat bir 
milliardga yaqin kishi («oltin milliard») munosib hayot kechirishini ta‘minlashi mumkin. 
Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar ko‗paydi va bugungi 
kunda 6 milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o‗sish sur‘atlari 
ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko‗payish 700 yil ichida, ikkinchisi – 150 
yil ichida, uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi. 
1
Печчеи А. Человеческие качества. – М.: 1980. – С.7 


115 
SHuni aytishning o‗zi kifoyaki, 1956 yil Erda 2,8 milliard kishi yashagan bo‗lsa, XX asr oxiriga 
kelib bu raqam 6 milliardga etdi.
XX asrda er kurrasi aholisining «demografik portlash» deb nomlangan mislsiz darajada 
o‗sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy rivojlanish va insoniyat katta 
mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bo‗ldi. 
Bu avvalo rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo‗lib, ularga jahon aholisi o‗sishining o‗ndan 
to‗qqiz qismidan ko‗prog‗i to‗g‗ri keladi. Bu erdagi vaziyat rivojlangan mamlakatlarga XX asr 
boshidayoq xos bo‗lgan o‗lim darajasining yuqoriligi va butun insoniyatga XVIII asrga xos 
bo‗lgan tug‗ilish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda mehnat unumdorligi 
darajasi va aholi jon boshiga olinadigan daromad miqdoriga, qishloq xo‗jalik ekinlarining 
hosildorlik darajasi va qishloq xo‗jaligining samaradorligiga, aholining savodxonlik darajasi va 
umumiy madaniy saviyasiga ko‗ra bu mamlakatlar xalqlarining aksariyati hali XIX asrda 
yashamoqda.
Demografik muammolar juda murakkab va o‗ta turg‗un bo‗lib, ularni tez bartaraf etish 
mumkin emas. Ularni echish kechga surilgani sari, yanada murakkabroq va chigalroq tus oladi. 
SHu sababli rivojlanayotgan mamlakatlarda barcha hukumatlar tug‗ilish darajasini pasaytirishga 
qaratilgan demografik siyosatni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Jumladan O‗zbekistonda 
1995 yilda ―Oilani rejalashtirish‖ davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir oilada farzand 
tug‗ilishini rejalashtirishning ona va bola sog‗ligini asrashga yo‗naltirilgan sa‘y harakatlardan 
biri bo‗lishi bilan bir qatorda, mamlakatda demografik portlashning oldini olish vazifasini 
bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‗zda tutilgan. Bu borada barcha viloyatlarda, qishloq va 
ovullarda reproduktiv salomatlik bo‗yicha targ‗ibot ishlari olib borilmoqda. 
Mazkur muammo rivojlangan mamlakatlarda ham keskinlashdi, lekin bu erda uning aks 
ko‗rinishiga duch kelish mumkin. Umr uzunligining va keksa odamlar sonining o‗sishi 
jarayonida hatto aholining oddiy ko‗payishini ham ta‘minlamaydigan tug‗ilish darajasining 
pasayishi kuzatilmoqda. Ayni holda depopulyasiya, ya‘ni aholi sonining kamayishi to‗g‗risida 
so‗z yuritiladiki, (Rossiya aholisi o‗rtacha 54 yoshni tashkil qiladi,)bu ham milliy manfaatlar, 
ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, pensiya ta‘minoti va shu kabilarga tegishli qo‗shimcha 
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Rossiyadagi so‗nggi 20 yillikdagi demografik jarayonlar bunga 
yorqin misol bo‗ladi. Biroq, keyingi besh yilda bu masalada ijobiy o‗zgarishlar kuzatilmoqda. 
Jumladan aholi soni ortishi va o‗rtacha umrguzaronlik 4 yilga oshdi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish