3. Aholining turli qatlamlarini g`oyaviy qurollantirish omillari
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq milliy qadriyatlarimizni tiklash, tariximizni xolis va chuqur o’rganish, buyuk ajdodlarimiz xotirasini yod etish, boy ilmiy-adabiy merosini o’rganish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish milliy siyosatimizning ustivor yo’nalishlaridan biriga aylandi.Ijtimoiy va siyosiy institutlar -
davlat va nodavlat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, iktidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlovchi jamgarmalarning tashkil etilishi o’ziga xos ijtimoiy muhitni shakllantirdi. Bu esa, o’z navbatida, yoshlarning buyuk kelajak bunyodkori bo’lib voyaga yetishda muhim o’rin tutmoqda.
b) soglom iiiar. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan, xalq tomonidan e’tirof etilgan ilg’or g’oyalar bugungi kunda shunday faol kuchga aylanganki, ular yoshlarning psixologik va ijtimoiy extiyojlariga to’la javob beradi. Zero, Vatanning ravnaqi, yurtning tinchligi, xalq farovonligi, millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik, komil inson tarbiyasi uchun yaratilgan sharoitlar, aynan kelajagimiz bo’lgan yoshlarning manfaati uchun xizmat qiladi. v) siyosiy ong va hukukiy madaniyatning o’snshnsa siyosiy partiyalarning o’rni va ahamiyati katta. Ular o’z faoliyati bilan fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etish g’oyasining amalga oshishiga xizmat qiladi.
O’zbekistondaga har bir partiya o’z dasturiy maqsadlarini ro’yobga chiqarish uchun huquqiy asos va qonuniy kafolatlarga ega. Fuqarolar uchun qaysi siyosiy partiyaning qarashlariga qo’shilish yoki qo’shilmaslik ixtiyoriy bo’lib, bunday erkinlik yoshlarni fikrlashga, o’zicha mustaqil yo’l tanlashga xizmat qiladi. Har bir partiyaning o’z dasturiy g’oyalarini hayotga tatbiq etish jarayonida milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillariga amal qilishi hayotning bosh mezonidir.Chunki xalq manfaatlari, istiqlol g’oyalari, qaysi siyosiy va mafkuraviy kuchga mansubligidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddasdir. Bu aslida tom ma’nodagi siyosiy madaniyatning belgisidir.
Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish chinakam demokratik fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili. Bu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, shaxsning xuquqiy ongi yuksak, bilimi yetarli bo’lishi, lekin unda xuquqiy madaniyat yetishmasligi, u fuqaro sifatida o’z xalqi va Vatani oddidagi burch va mas’uliyatini teran anglamasligi mumkin. Shuning uchun ham fuqarolar, ayniqsa, yoshlarda xuquqiy madaniyatni yuksaltirish mafkuraviy tarbiyaning muhim shartidir.
Xuquqiy madaniyatni shakllantirish omillari quyidagilardir:
huquqiy madaniyatga oid ommabop adabiyotlar; ta’lim muassasatarida huquqiy madaniyatga oid maxsus o’quv kurslari; ijshmoiy muloqotyaing xuqukiy tamoyillari mavzuiga oid tadbirlar; mustaqillikning inson manfaatlariga qaratilgan xuquqiy asoslarini keng xalq ommasi orasida targ’ib etish va boshqalar.
g)yoiiarning bilim darajasi. Ilg’or g’oyalarni amalga oshirishning yana bir muhim sharti ularni o’zlashtirishi lozim bo’lgan ijtimoiy qatlam yoki guruhning bilim saviyasi, ma’lumotlilik darajasidir. O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonun yoshlarning bilim va malakasini oshirishga, qaratilgan tarixiy xujjatlardir, ular har bir yoshning bilimdarajasini oshirishga, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Agar o’smir yoki o’spirinda yoshlikdan kitobga, bilimga mehr shakllanmagan bo’lsa, uning bilimi sayoz, tushunchalari tor bo’lsa, u sog’lom g’oyani zararli g’oyadan, dunyoviylikni dahriylikdan, ziyoni jaholatdan farqlay olmaydi.G’oyaviy sog’lomlik har qanday g’ayritabiiy fikrlarga munosib javob berishni, yot va zararli g’oyalari nisbatan mafkuraviy immunitetni, turli aqidaparastlar bilan asosli va tanqidiy munozara olib borishni, o’z nuqtai nazarigoshg to’g’riligiga ishonch-e’tiqod tuyg’usini kamol toptirishni taqozo etadi.
d) odatiy, an’anaviy fikrlash tarzidsh yangichsh, imor fikrlashga o’tish mafkuraviy yangilanishlar jarayoyaining muhim xususiyatidir. Ta’kidlash lozimki, inson o’zi uchun odatiy bo’lib qolgan fikrlash tarzidan osonlikcha voz kecholmaydi, chunki eskicha fikrlash bir qarashda qulay bo’lib ko’rinadi.Buni arifmetikadagi mantiq bilan algebradagi mantiq qoidasiga qiyoslash mumkin. Arifmetikani o’zlashtirgan bola algebradagi ayniyat, teoremalarni ruhan kiynalib qabul qilgani kabi, inson tafakkuri ham ijtimoiy hayot o’zgarishlarini birdan qabul qilolmaydi. Lekin yangi davr, yangicha islohotlar, demokratiya, bozor munosabatlari aynan tafakkur va fikrdagi o’zgarishlarni taqozo etadi va bu rivojlanishining, taraqqiyotning asosiy shartidir.Shuning uchun milliy istiqlol g’oyasi asosiy tushuncha va tamoyillarining keng omma qalbi va ongiga singishi birdaniga, tez va bir tekisda ro’y bermaydi. Bu — murakkab, bosqichma-bosqich amalga oshadigan jarayon bo’lib, bu jarayonda, boshqa ijtimoiy qatlam vakillaridan farqli o’laroq yoshlar tashabbuskorlik ko’rsatishi va o’z dunyoqarashi va e’tiqodi bilan boshqalarga ta’sir ko’rsatishi kerak.
Oilaviy va mafkuraviy tarbiya. Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e’tiqodiga aloqador ko’nikmatar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda, oila - haqiqiy ma’naviyat o’chog’i, mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar inson qalbi va ongiga avvalo oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi.
Oila, uning asrlar mobaynida saqlanib kelayottan muqaddas an’analari orqali yoshlarda Vatanga muhabbat, iymon e’tiqod, mas’uliyat, vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmga ishtiyoq va madaniyat ko’nikmalari shakllanadi.Zero, har bir fuqaro oilaning jamiyatdagi o’rni va vazifasini, Vatanning ostonadan boshlanishini tushunmasdan turib, o’zini mukammal inson deb his qila olmaydi.
Bolalarda yoshliqdan xalq va yurt taqdiri uchun fidoiylik tuyg’usini shakllantirish mafkuraviy tarbiyada muhim o’rin tutadi. Buning uchun bola hayotining dastlabki yillaridan boshlab, uni narsalar olami bilan tanishtirishning milliy an’analarimizga xos shakllarini qo’llash lozim. Bu jarayonda milliy turmush tarzimizga yot bo’lgan «jangari» o’yinchoqlar, multfilmlar, kinofilmlardan imkon qadar foydalanmaslik. Sharqona odob va bashariyatning ezgu intilishlarini aks ettiruvchi o’yinlar, o’yinchoqlar, rasmli kitobchalar, milliy ertaklar asosida yaratilgan multfilmlar bolatardagi ilk yoshlikdan mafkuraviy qarashlarning to’g’ri shakllanishida qo’l keladi. Masalan, bolalar o’rtasida mashhur bo’lgan «Zumrad va qimmat», «Yoriltosh», «Xo’ja Nasriddinning sarguzashtlari» kabi qator ertaklar orqali bolalarda yaxshilikka muhabbat, yomonlikka nafrat tuyg’ularini tarbiyalash, adolat tantanasiga ishonch hissini uyg’otish mumkin.
Ota-oialar savodxoiligi. Yuqorida tilga olingan tarbiya shakllarini amalga oshirishning eng qulay yo’li - avvalo ota-onalarning manaviy bilim saviyasini oishrish, ularda sog’lom tafakkur va zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu esa ota-onaning farzand oddidagi, el-yurt oldidagi burchini to’g’ri anglashni insonning dunyoga kelishi va kamol topib rivojlanishiga oid qonuniyatlarni puxta bilishini, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat va an’nalarimizni eng nodirlarini turmushga singdirish orqali bolalarda milliy qadriyatlarga mshr-muhabbatni uyg’otishni, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar kilib tarbiyalashni taqazo etadi. Binobarin, ota-onalik shunday mas’uliyatli vazifaki, uning jamiyatimiz manfaatiga mos tarzda amalga oshirilishi uchun inson ham ma’naviy jihatdan, ham psixologik jihatdan tayyor bo’lishi kerak.
Kasbni puxta egallash va fidokorona mehnat qilish uchun ilm qanchalik zarur bo’lsa, fozil farzandlar tarbiyalash va ularni insonlarga nafi tegadigan darajada yetuk qilib tarbiyalash uchun ham bilim shunchalik muhimdir. Shuning uchun o’rta asrning ko’zga ko’ringan iste’dodli shoirlaridan biri Abdibek Sheroziy ota-onaga, ayniqsa, ayol kishiga ilmning zarurati to’g’risida shunday yozgan edi: «Ilm - ayol uchun ziynat. Akdini nodonliqdan xalos etgan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib yetadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo’l qo’yadi».
Bobolar va momolar tarbiyasi. O’zbek oilasida bola ongida sog’lom g’oya va bilimlar shakllanishi jarayonida oilaning kattalari - bobolar, momolar, yaqin qarindosh-urug’lar ham bevosyta ishtirok etadi.Azaliy udumga binoan, bola tarbiyasida ota-onadan ham ko’ra bobo va buvilarning ta’siri kuchliroq bo’ladi. Ular oiladagi ma’naviy muhitning boshqaruvchilari hisoblanadi. Bunday tarbiya an’anasi buyuk ajdodlarimiz taqdirida muhim o’rin tutgan. Masalan, Amir Temurning nevaratari tarbiyasi bilan ularning onalari emas, ulug’ bibilari-buvilari shug’ullangan. Xususan, Shohruh Mirzo, Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug’bek Mirzo singari temuriy shahzodalar Saroymulkxonim qo’lida tarbiya topgan.
Xullas, ota-ona o’z bolasini ahloqi va huquqiy madaniyati uchun jamiyat oldida javobgardir. Ota-onalik burchiga e’tiborsiz qarash fuqarolik mas’uliyatini his etmaslik muhim ijtimoiy burchni bajarmaslik bilan tengdir. Chunki, bolani dunyoga keltirishdan ko’ra, uni jamiyatga nafi tegadigan, sog’lom e’tiqodli, solih farzand qilib tarbiyalash mushkulroqdir.
Mahalla — tarbiyachi. O’zini o’zi boshqarishning milliy modeli bo’lgan mahalla xalqimizning azaliy udumlari, urf-odatlari va an’analariga tayangan holda, ulkan tarbiyaviy vazifani bajaradi. Keksalarning pand-nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatligi misolida odamlar ongiga ezgulik g’oyalari singdirib boriladi.
Mahalla avvato soglom ijtnmoiy mugriyuir. Bu yerda kuchli ta’sirga ega bo’lgan jamoatchyushk fikri maxalla ahtishshg xulq-atvori, o’zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi. Shu ma’noda mahalla, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, haqiqiy demokratiya darsxonasidir.
Mahatlada keng jamoatchilik o’rtasida mafkuraviy ishlarni samarali yo’lga qo’yish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, el-yurt sha’ni uchun kurash kabi fazilatlar kamol topishida mahallaning o’rni beqiyos.Agar biror mahallada o’sgan qiz haqida boshqa bir odam noo’rinroq gap aytganini, o’sha qizning mahalladoshi eshitib qolsa, shu qizning sha’ni uchun kurashadi, uni oqlashga, begona odamni esa tartibga chaqirib qo’yishga xarakat qiladi. Shu ma’noda mahalla hamjihatlik, or-nomus, birodarlik kabi fazilatlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Mahalla doirasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim va savodxonlik kurslarini tashkil etish, an’anaviy bayram va tadbirlar paytida muhtoj oilalarga yordam ko’rsatish, iqtidorli yoshlarni rag’batlantirish, ayollar nufuzini oshirish, har xil adolatsizliklarning oddini olish, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanish, o’zaro diniy muassasalar, machitlar bilan aloqani yaxshilash, xamkorlikda tadbirlar uyushtirish, «Oila dorilfununlari»da ota-onalar savodxonligi va turli avlod vakillari o’rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish yo’l-yo’riqlariga o’rgatish orqali toyaviy targ’ibot o’ziga xos tarzda amalga oshiriladi.Ya’ni, bunda xam ta’sir vositalari sifatida ijtimoiy reklama, turli kurslar tashkil etish, oilalarga psixologik xizmatni yo’lga qo’yish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, otalar choyxonasidan yoshlarni tarbiyalash ishida keng foydalanish, OAV orqali berilayottan ma’lumotlarning psixolingvistik tahlilini amalga oshirish, ijtimoiy fiqrning mahallalar bo’yicha monitoringini olib borishga ahamiyat berish kerak. Shunda mahalla fuqarolarni, birinchi navbatda, yoshlarni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashning xaqiqiy ta’sirchan o’chog’iga aylanadi.
Ikkinchidan, oilaga psixologik yordam ko’rsatish shaxobchalarining tashkil ztilishi ham oilalarda ro’y beradigan turli muammolarning yechimini ijtimoiy uslublar vositasida hal qilish imkonini beradi. Ularning asosiy vazifalaridan biri ota-onalar va farzandlar uchun milliy mafkura ruhidagi tadbirlar va maslahatlar majmuini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.
Ayol, ona - ezgulik timsoli. Mafkuraviy tarbiyada onatng aloxida o’rni va nufuzini hisobga olib, xotin-qizlarning bola tarbiyasi va oilaviy ro’zg’or ishlarini yuritish borasidagi bilimdonliklarini takomillashtirib borish; «onalar maktablari» tashkil etish ham katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Chunki Prezidentimiz, hukumatimiz tomonidan ayollarga biddirilgan yuksak ishonchning zamirida bu mo’’tabar zotlarga xos buyuk onalik mehr-muhabbati, ularning mafkuraviy tarbiyaga qo’shajak kuch-g’ayrati, noyob iste’dodlarining e’tirofi yotadi. Jahon madaniyati va ma’naviyatiga katta hissa qo’shgan Muso-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Ahmad Farg’oniy, Amir Temur, Ulug’bek, Alisher Navoiy, Burhoniddin Marg’iloniylarni dunyoga keltirib, tarbiya bergan momolarimizning vorislari bo’lgan zamonaviy ayollar ham sog’lom fikrlovchi, O’zbekiston taraqqiyoti uchun butun bilim va iqtidorini ayamaydigan yoshlarni tarbiyalab berishiga shubha yo’q. Zero, yurtboshimizning «Har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy barkamolligi ayollarga bo’lgan munosabat bilan belgilanadi», deb ularning bugungi hayotimizdagi o’rniga katta ahamiyat berayotgani bejiz emas.
Aianalar, udumlar, rasm-rusumlar. Asrlar mobaynida shayushangan, avloddan-avlodga bebaho meros sifatida o’tib kelayotgan urf-oddt, marosim va bayramlar ham milliy mafkuraning asosiy g’oyalarini singdirishda muhim omil bo’ladi. Xususan, Mustakillik, Navro’z, o’qituvchilar va murabbiylar, Xotira va qadrlash quni kabi bayram va marosimlarimizning jamiyat hayotiga zamonaviy mazmun baxsh etish yo’lida oqilona foydalanish zarur.
Bugungi kunda milliy an’analarimizni o’rganish, targ’ib etish bilan bir qatorda to’y-ma’rakalarni, odat I va udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofcharchilik va dabdababozlikka yo’l qo’ymaslikka atohida e’tibor qaratish darkor. Bu urf-odat va an’analarning asosiy qismi oilada va oila a’zolarining bevosita ishtirokida o’tkaziladi.Shuning uchun ham har bir oilaviy an’ana va udum mafkuraviy tarbiyaning muhim yo’nalishi hisoblanadi. Masalan, insonparvar, yuksak e’tiqodli, bag’rikeng, mehr-oqibatli odamlarni voyaga yetkazishda keng ma’nodagi tolerantlik, oilaviy munosabatlardagi insoniylik tamoyillari muhim o’rin tutadi. Har bir o’zbek oilasida muqaddas sanaladigan mehmonnavozlik, qiz va o’g’il bolalar tarbiyasi borasida maxsus an’analarning mavjudligi, yil mavsumiga qo’ra barcha oila a’zolari ishtirokida o’tkaziladigan hasharlar, chaqaloqning dunyoga kelishi bilan bog’liq hamma-hammasi ezgulikka, ya’ni sog’lom mafkuraviy muhitni shakllantirishta xizmat qiladi.
Muloqot madaniyati — insonga xos ma’naviy ehtiyoj bo’lib, undagi umumiy madaniy saviyaning muhim ko’rsatgrgchidir. Inson o’zining his-tuyg’ulari, ichki kechinmalari, o’y-fikrlarini bevosita muloqot jarayonida namoyon qiladi. Mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri ham muloqot hisob-lanadi. Chunki inson qalbida ongida shakllandigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniye, gazeta-jurnallar, badiiy hamda ilmiy adabiyotning o’rnini e’tirof ettan holda, shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikr almashuv, insonning yuzi va ko’ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so’z va hissiyotlarning o’rni beqiyos. Shuning uchun ham ota-ona bir gapni aytish lozim bo’lsa, bolasining yuzini o’ziga qaratib olib, zarur yuz qiyofasi va ko’zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday muloqot samarali bo’ladi.Shu bois auditoriyalarda o’qituvchi biyaan o’quvchi, talaba va domla o’rtasidagi muloqotga ta’lim va tarbiya jarayonida katta ahamiyat beriladi.
Oilada ota-ona, qaynona-kelin, qarindosh-urug’lar o’rtasidagi munosabatlarning me’yori, ularning maqsadga muvofiqligi, munosabatlardagi samimiyat darajasi ham yoshlarda sog’lom fikrning, sharm-hayo, mshr-oqibat, iffat, ibo, nazokat, lafz, mas’uliyat kabi ijobiy fazilatlar va intellektual sifatlarning namoyon bo’lishiga zamin hozirlaydi. Xalqimizga xos ustuvor fazilatlar asosan oilaviy muhitda, yaqin qarindoshlarning bevosyta aralashuvida yuz beradi. Bu hol mehnatga to’g’ri munosabat, hadollik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni e’zozlash, ayash, urf-odatlarni muqaddas bilish jarayonida amalga oshadi. Bunday sifatlarni o’zlashtira olgan har bir o’g’il va qizda oilaparvarlik va yurtparvarlik xususiyatlari rivojlanishi muqarrar. Lekin oilaviy nizolar, ajralishlarning sabablari tahlil qilinganda, shu narsa ayon bo’lmoqdaki, oila muhitining nosog’lomligi, oila a’zolari o’rtasidagi kelishmovchiliklar, o’zaro til topa olmaslik kabi holatlar nafaqat o’sha oila, balki qarindosh-urug’lar o’rtasidagi xotirjamlikka ham rahna soladi. Eng achinarlisi — buning oqibatida e’tiqodsiz, diyonatsiz, maqsad-maslaksiz bolalar, hayotda o’z o’rnini topa olmagan insonlarning paydo bo’lishidir.
Ta’lim muassasalari. O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o’zbek xatqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol g’oyalarini yoshlar qalbi va ongiga singdirishning ustivor yo’nalishlaridandir.
Istiqlol mafkurasini odamlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hastining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ’ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanysh taqozo etiladi.
Ta’lim va tarbiya sohalari milliy istiqtol g’oyalarini yoshlar qalbi va ongiga singdirishning ustivor yo’natishlaridandir.
Bunda quyidagi vazifalar ko’zda tutiladi:
ta’lim muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasini singdirishda differensial pedagogik-psixologik dasturni yaratish;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida o’quvchi-talabalar ongida milliy g’oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishlarini uzluksiz tarzda olib borish;
o’quv dasturlari, darslik va qo’llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini teran aks ettirish;
• maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda
mafkuraviy tarbiyani bugungi kun talablari darajasiga ko’tarish;
• pedagogkatsrpagmingmafkugv bsrasid
Ta’lim-tarbiyaning har bir alohida bosqichi o’z navbatida
milliy g’oyalarni yoshlar qalbi va ongiga singdirishning o’ziga xos omillarini nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari. Bu o’rinda xar bir ota-onaning o’z farzandining maktabgacha tarbiyasi uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta’lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanini anglab etishiga erishish zarur. Bunda oilaning maktabgacha ta’lim muassasalari tizimiga izchil uyg’unlashuviga erishishni nazarda tutish kerak. Bu davrdagi barcha maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalari bolalardagi umumiy savodxonlik va maktabdagi ta’lim - tarbiyaga tayyorlash jarayonining muhim va zaruriy bosqichi sifatida qaralishi lozim.
Bevosita ta’lim beruvchi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlari) mafkuratshy tarbiyaning asosiy o’choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida, barcha o’quv qo’llanmalari va darsliklar, qo’shimcha adabiyotlarda quyidagi omillar ustivor ahamiyat kasb etishi lozim:
Vatan tuyg’usini shakllantirish; ona tilimizga muhabbat uyg’otish;
milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish;
ezgulik timsoli bo’lgan ayolni ulug’lash;
oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko’rsatish;
mahallaning demokratiya darsxonasi va o’z-o’zini boshqarish maktabi ekanini tushuntirish;
umuminsoniy qadriyatlarning millatlararo totuvlik, bag’rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg’or madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini uqgirish;
dinning dunyoviylik bilan karama-qarshi emasligini anglatish;
ma’rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi imkoniyatlari kengligini isbotlovchi;
tarixning, mafkuraning falsafiy asosini yaratishdagi ahamiyatini ochib berish;
huquqiy madaniyat sog’lom dunyoqarashning muhim omili ekani to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’paytirish.
Bu ishlar ijtimoiy gumanitar fanlarning ma’no mazmuni va ularni o’qitish texnologiyalarini takomillashtirishni, yoshlarni mustaqil fikrli bo’lishga, ijobiy o’zgarishlarga befarq bo’lmagan, chuqur bilimlarga intilib yashashga o’rgatishni taqozo etadi. Ta’lim jarayonida ijtimoiy trening mashg’ulotlarining milliy mentalitetga mos shakllaridan samarali foydalanish tarixiy va madaniy merosni chuqur o’rganish bilan bir qatorda ilg’or, zamonaviy bilimlar egasi bo’lishga intilishning oshishiga turtki bo’ladi. Ta’lim muassasalarida yaratilgan o’quv qo’llanmalaridan tortib, sinflar va auditoriyalargacha barchasini mafkuraviy ta’lim beruvchi ijtimoiy reklamalar bilan qurollantirish maqsadga muvofiqdir. Yoshlardagi sog’lom dunyoqarash va ilmga ishtiyoqni xar tomonlama qo’llab-quvvatlashda xomiylik va vasiylik tashkilotlari imqoniyatlaridan to’la foydalanish va shu orqali jamiyat keng qatlamlari vakillarini ta’lim-tarbiyani takomillashtirish ishiga safarbar etish zarur.Dunyoviy ilmlarni mukammal bilish dahriylik belgisi emasligini har bir yoshning teran anglab yetishi muqaddas islom dinimizning iymon-e’tiqodga, insof-diyonatga chorlovchi kuchini yanada oshiradi. Eng muhimi - mamlakatimizda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi har tomonlama barkamol, bilimli, malakali yoshlarni voyaga yetkazishning jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan tarixiy hujjati ekanini tushuntirish va uni amalga oshirishga butun kuchni safarbar etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |