Tayanch tushunchalar: Yoshlar va milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari, mafkuraviy ta`sirlar, ma`naviy tarbiya, milliy g`oyani singdirish texnologiyalari, mafkuraviy xavf.
Mavzuni mustahkamlash bo`yicha savollar.
Yoshlarda milliy g`oya targ`iboti vositalaridan foydalanishni o`ziga xos jihatlari.
Milliy g`oya va milliy g`oya targ`iboti yoshlarni mafkuraviy ta`sirlar va xurujdan himoyalanishdagi o`rni.
Globalizatsiya sharoitida axborat xurujiga qarshi kurashishda milliy g`oya targ`iboti va yoshlarni o`zaro bog`liqligi.
Yoshlar orasida yangi pedogogik texnologiyalar va interfaol usullar asosida amalga oshirishning o`ziga xos jihatlari.
9-mavzu: Milliy istiqlol g`oyasini yoshlar ongiga singdirishning shakl va yo`nalishlari.
Reja:
G`oyaviy tarbiya tushunchasi va uning asosiy mezonlari.
Yoshlarni milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalashning shakl va vositalari.
Aholining turli qatlamlarini g`oyaviy qurollantirish omillari.
G`oyaviy tarbiya tushunchasi va uning asosiy mezonlari.
G’oyaviy tarbiya tushunchasi. Milliy istiklol g’oyasi O’zbekiston xalqining tub manfaatlari, asriy orzu-umidlari, ezgu niyatlari, buyuk maqsadlarini ifoda etib, xalqning o’z maqsad-muddaolariga erishish uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat bo’ladigan poydevordir. Bu jarayon jamiyat a’zolarining tub manfaatlarini ko’zda tutadi, binobarin, har bir fuqaroni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash shu yurtning farzandlari uchun muqaddas burchdir.
Tarbiya iyama? Agar «tarbiya» tushunchasining tub ma’nosiga e’tibor beradigan bo’lsak, bu - insonning o’zi va o’z xulqi haqidagi tasavvurining to’g’ri va xolis bo’lishini ta’minlovchi murakkab jarayondir. Ya’ni, tarbiyalangan odam tarbiyasiz odamdan shunisi bilan farq qiladiki, birinchisi u o’zining kim ekanini, amalga oshirayotgan kundalik xatgi-harakatlari, amallari, o’y-fikrlari o’zi va o’zgalar uchun qanchalik manfaatli, foydali ekanini anglaydi, o’zini noxush harakatlardan tiyadi va nazorat qiladi.Tarbiyasiz odam esa, afsuski, o’z amallari nafaqat o’zgalarga, xattoki, o’ziga ham ziyon, befoyda, bema’ni eqanini bilmaydi. Shundan kelib chiqib, har qanday tarbiyaning bosh mezoni tarbiyalanuvchida o’zi va o’z fazilatlari haqida to’g’ri tasavvurlarni shakllantirishdan iborat deyish mumkin.
Har bir davrning o’ziga xos tarbiyaviy usul va vositalari bo’ladi. Қadim zamonlardan tarbiya yosh avlodning keksa avlod tajribalarini o’zlashtirish shakllaridan biri sifatida qarab kelingan. Tarbiya asosan mehnat faoliyaM (ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik va shu kabi) jarayonida, turli urf-odatlar, marosimlar o’tkazish vaqtida amalga oshirilgan.U asosan jismonan baquvvat bo’lishga qaratilgan.Psixolog D. Elkonin bolalar o’yini tarixini tahlil qilib, taraqqiyotning ma’lum davriga qadar umuman bolalar o’yini kategoriyasining o’zi bo’lmaganini isbot qilgan. Lekin o’sha paytlarda kattalarning bolalarga ta’siri bevosita bo’lib, tarbiya jarayoni hozirgidan farqli sharoitlarda kechgan. Mehnat shaoliyatining ko’pqirrali bo’lgani va murakkablashib borishi bois kattalar bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlarda ro’y bergan o’zgarishlar tufayli o’ziga xos bolalar jamiyati paydo bo’lgan va bu jamiyat a’zolari kattalar tajribasini o’zlashtirishning turli-tuman yo’llarini topib, o’z hayoti va faoliyatini takomillashtirib borgan. Bu birinchi navbatda kasb-hunar turlarining ko’payishi va takomillashib borishi bilan ham bog’liq bo’lgan.
Bola istagan soha bo’yicha ta’lim-tarbiya olib, o’zi xohlagan ixtisoslikni egallashga haqli. Lekin uning xohish bilan jismoniy imkoniyati har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Odatda, ota kasbini, to’g’rirog’i, bobo meros kasbni tutgan yoshlar hayetda ko’proq muvaffaqiyat qozonadi.Chunki bolada otaning qoni, uning layoqati bo’ladi.Demak, kasb tarbiyasi, bolani yoshlikdan el-yurtga foydasi tegadigan mehnat faoliyatiga yo’naltirish ham mafkuraviy ahamiyatga egadir.
G’oyaviy tarbiyavyang mohiyati. Shaxs tarbiyasining muhim yo’nalishi - bu g’oyaviy tarbiyadir. Bu - inson ongi va tushunchalari tizimida hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, oadiiy, kasbiy qarashlarni maqsadli shakllantirish jarasnydir. Har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o’z maqsad va mohiyatiga ko’ra g’oyaviy tarbiyadir. Chunki oilani olamizmi, bolalar bogchasinimi, mahalla, maktab, kollej, litsey, universitet yoki akademiyani olamizmi — hammasida beriladigan ta’lim va tarbiya jarayonlari talaba va tinglovchilar dunyoqarashini kengaytirish, ularning ongini ilmiy asoslangan bilimlar bilan boyitish hamda jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun kerak bo’lgan sifatlarni kamol toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bu ishlar bolaning dunyo haqidagi, olamning rivojlanish qonuniyatlari, insoniy munosabatlar borasidagi o’ziga xosliklar, axloq tamoyillari, I go’zallik haqidagi tushunchalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu — tom ma’noda mafkuraviy tarbiyaning asosi, poydevoridir.Shuning uchun mafkurasiz inson, mafkurasiz guruh, millat, xalq, jamiyat bo’lishi mumkin emas.
Nima uchun bir jamiyat, ijtimoiy guruh (masalan, siyosiy partiya, ijtimoiy harakat) mafkurasini boshqa bir ijtimoiy guruhga majburan singdirish noto’g’ri. Chunki mafkura — muayyan ijtimoiy guruh a’zolariga xos o’zlaridagi mavjud extiyojlar, tilak, orzu, umidlar hamda manfaatlar asosida o’sha guruhning qarashlari, tasavvurlari dunyosi hamda g’oyalarining mahsuli sifatida yaratiladi.Unda boshqalar manfaatlari ifodalanmasligi ham mumkin. Bas, shundai ekan, o’zgalar manfaatini ko’zlovchi mafkurani xalq ongiga zo’rlab singdirib bo’lmaydi. Masalan,
amerik&tiklarning o’z mafkuraviy qarashlari bor, bu qarashlar tizimi har bir amerikalikni yurti bilan faxrlanish, uning kelajagi uchun qayg’urish, bu yo’dda tinimsiz izlanish va mehnat qilishga undashi tabiiy. Lekin bu qarashlarga suyangan va ularni chuqur tahlil qilib o’rgangan holda biz ham faqat shunday qilsak bo’lar ekan, biz ham shu faqat yo’ldan boraylik, deb bo’lmaydi. Chunki har bir jamiyat rivojining o’ziga xos qonuniyatlari mavjudki, o’sha jamiyat a’zolari ularni o’zlarining tub maqsad va manfaatlari asosida shakllantiradi.
G’oyaviy tarbiyanivg maqsadi. Har qanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi - jamiyatning har bir a’zosi va ular timsolida har bir ijtimoiy qatlam, guruhning tarbiyaviy darajasini ta’minlashdir. Bu pirovard natijada o’sha jamiyat rivojiga turtki beruvchi ilg’or g’oyalarning har bir fuqaro tomonidan ongli ravishda o’zlashtirilishini, uning tafakkur va fikrlash tarziga aylantirilishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, milliy istiqlol mafkurasi O’zbekistonda yashab, ijod qilayotgan har bir fuqaro ongi va shuurida asriy milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning bugungi va kelgusidagi manfaatlarini ifodalovchi eng sog’lom g’oyalar va fikrlar tarzida - xalq tafakkuri tarzida o’z ifodasini topishi lozim. Bu jihat mafkurav|sh tarbiyaning bosh xususiyatlaridan biridir.
Xo’sh, mafkuraviy tarbiyaviylik eng avvalo yuksak e’tiqod, iymon, Vatan va xalq oldidagi mas’uliyat, vatanparvarlik, fidoiylik kabi fazilatlarda namoyon bo’ladi.
Yoshlarni goyaviy tarbiyalash. Sog’lom g’oyalar tarbiyasi yuksak dunyoqarash va e’tiqod tarbiyasini anglatadi.Dunyoqarash - tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvur va g’oyalar majmui bo’lib, u shaxsni jamiyatda o’zligini saqlagan holda munosib o’rin egallashga chorlaydi.
Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an’analarga muhabbatni, o’z yaqinlariga mehribonlikni tanlagan yo’li — kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda.tutadi.Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod mahsulidir.
Yeshlik, o’spirinlik davri dunyokarashning shakllanishi, e’tiqodning mustahkamlanishi uchun o’ta sezgir, psixologiya tili bilan aytganda, «senzitiv» bosqich xisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu davr nafaqat shakllanish uchun, balki, agar ma’lum bir qarashlar tizimi mavjud bo’lsa, ularni o’zgartirish uchun ham qulaydir. Shu bois mafkuraviy ta’sirlar bevosita yoshlar auditoriyasiga, ularning qalbi va ongiga qaratilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |